O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan


Download 0.59 Mb.
bet14/123
Sana05.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1275370
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   123
Bog'liq
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev

-mexanik jarayonlar ko’proq o’rin egallagan;
-kimyoviy jarayonlar ko’proq o’rin egallagan korxonalar.
  • Mahsulotining iqtisodiy yqnalishi bo’yicha:

  • -ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi;
    -iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish korxonalari.
  • Mehnat qurollarini mehnat buyumlariga ta’sir etish xususiyati bo’yicha:

  • -qazib chiqarish sanoati korxonalari;
    -qayta ishlash sanoati korxonalariga ajratiladi.
    Bozorga o’tish davrida korxona va firmalarning asosiy vazifasi - bozor talabini qondiradigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni ko’paytirish va maksimal foyda olishdir.
    Korxonalar ixtiyoriy ravishda o’z mustaqilligini, yuridik shaxs maqomini saqlab qolgan xolda turli xil birlashmalarga kirishlari mumkin. Masalan, kontsern,
    xolding kompaniyalari, aktsionerlik uyushmalari, tarmoq va xududiy birlashmalari tarkibida bo’ladilar. Masalan, «O’zbekengilsanoat», «DAK» kompaniyasi, 22 ta korxonada 235 xildagi xalq iste’mol mahsuloti turlarini ishlab chiqaradi,
    «O’zbekcharmpoyabzal» uyushmasi 18 ta korxonadan iborat bo’lib, 331 xil mahsulot ishlab chiqaradi, «O’zbekipagi» uyushmasi 4 ta korxonadan iborat bo’lib, 685 xildagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi, bulardan tashqari «Fayzxolding» kompaniyasi, «Yog’- moy tamaki sanoati», «O’zbek go’sht-sut sanoati», «O’zbekmevasabzavotsanoat- xolding», «O’zbeksavdo», «O’zbekbirlashuv aktsionerlik kompaniyasi»,
    «O’zpaxtasanoat», xududiy aktsiyadorlik birlashmasi va boshqalar. 2003 yili respublikamizda 4,5 ming aktsioner jamiyatlari bor edi*.
    O’zbekistonda kontsernlar 1992y o’rtalaridan boshlab tashkil etila boshlandi. Ular masalan, “Uzbekneftgaz”, “Uzsuvkurilish”, “Uzqurilishmateriallari”, “Uzoziq-ovqat sanoati” kontsernlari. 1993 yildan kontsernlar korparatsiyalarga aylana boshlandi. Ulardan biri - Toshkent-Davlat Qurilish Korparatsiyasi (“Toshkent qurilish”).

    * Rinok tsennix bumag. ¹5, 2003 g. str. - 6.
    Kontsernga misol sifatida AQSHning “Djenerol mators” birlashmasini qo’rsatishimiz mumkin. Bu kontsern AQSHning 126 ta, Kanadada 13-ta avtomabil zavodlarini va shuningdek 36 mamlakatda ishlab chiqarish va sotuv markazlarini tashkil etgan. Uning mahsuloti 15-ta firmalar orqali realizatsiya qilinadi.
    Konglomerat - o’z faoliyati yuzasidan bog’liq bo’lmagan ko’pgina kompaniyalarni birlashib ketishi asosida tashkil topadigan kontserndir. Konglomerat o’z foydasini ko’pini ishlab chiqarish sohasidan emas, balki qimmatli qog’ozlar ishlab chiqarish yo’li bilan topadi. Bunday xolat ularni masalan, investitsiya fondlari bilan yaqinlashtiradi. Konglomerat odatdagi kontserndan farq qilgan holda ishlab chiqarishni ko’proq diversifikatsiya qilish ko’lami va moliyaviy operatsiyalar bilan shug’ullanadi.

    Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   123




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling