Hozirgi vao’tda qishloq xo’jalik texnikasini etkazib berish va unga servis
xizmatlarini bajarish ishlarining hammasi «O’zselxozmashxolding» ixtiyoriga o’tkazildi. Bunday qarorni qabul qilinishiga xorijiy ishlab chiqaruvchi firmalar va diller xizmat qo’rsatishidagi dunyo amaliyoti tajribalari asos bo’ladi.
1996 yildan boshlab tarmoqda tuzilgan regional texnik markazlar qishloq xo’jaligi mashinalarini ishlab chiqaruvchilar uchun to’liq hajmda texnikaviy servis ishlarini bajaradigan bo’ldilar. Ularning ta’sischilari bo’lib korxonalar va xolding – kompaniyaning o’zi hisoblanadi.
Respublikamizda 2003 yili 13 ta regional markazlar ishlab turgan. Ular tarkibiga 98 ta bo’limlar va firmalarga xizmat qo’rsatish uchun 20 ta mayda ulgurji dqkonlar kiradi.
Agar 1996 y. O’zbekiston agrarchilariga 39 mln. so’mlik mahsulot sotilib, texnikaviy servis xizmati qo’rsatilgan bo’lsa, 2001 yili 5,4 mlrd. so’mlik shunday ishlar bajarildi. Texnikaviy markazlar hozirgi vao’tda o’z iste’molchilari uchun taklif etadigan
xizmat turlari nihoyatda ko’payib ketgan…
Masalan, “Agromashxolding” tarkibiga Rossiya, Ukraina va Kozog’istondagi korxonalar kiradi; ularda 22 ming kishi mexnat qiladi.
“Agromashxolding” ochiq xissadorlik jamiyati 5 ta mashinasozlik korxonalarini, birlashtiradi. Bular: “Krasnoyarsk kombaynlar zavodining ishlab chiqarish birlashmasi” bo’lgan OXJ, “Nazarov mashinasozlik zavodi” OXJ, “Altaydizel” OXJ, Kustanay dizel zavodi. Xoldingning filiallari shoxobchasi mustaqil davlatlar hamdqstligi sanoati rivojlangan asosiy rayonlarini qamrab olgan. “Agromashxolding” OXJ bugun hamdo’stlik mamlakatlarida 35 tadan ko’p servis Markazlarini tashkil etgan.
Servis markazlari qishloq xo’jalik texnikasini ehtiyot qismlar bilan ta’minlaydi. Kafolatli ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi, mexanizatorlar va xizmatdagi xodimlarni o’qitadilar, va shuningdek texnikalarni 5 yil muddat bilan lizingga topshiradilar.
Barcha ishlab chiqariladigan kombaynlarning umumiy xajmida xoldingning mustaqil davlatlar xamdo’stligi (MDX) mamlakatlariga sotadigan mahsulot salmog’i 45 foizni tashkil etadi. “Agromashxolding” OXJning 2003 yildagi sotgan maxsuloti xajmi 240 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. (“Biznes-vestnik Vostoka” 20 noyabr 2003 y. N47.
s. 8)
Yaqin yillarda “Agromashxolding” OXJ O’zbekistonda o’zining servis-markazini ochishni rejalashtirgan.
Xolding kompaniyasi don yig’uvchi “Enisey-950”, “Enisey 1200-1 NM”
(Krasnoyarskda ishlab chiqariladi) sholi yig’uvchi “Enisey 1200 RM” kombaynlarini ishlab chiqarmoqda. O’zbekiston dexkonlari uchun esa “VT-100” va “VT-150” dizelli traktorlarni yangi avlodini taklif etmoqda.
Korparatsiya (aktsionerlik jamiyati) – aktsiya, obligatsiyalar chiqarish yo’li bilan ko’pgina xususiy kapitallarni birlash-tirish natijasida kapital yaratadigan korxonalarni tashkil etish shaklidir. Har bir fuqaro uchun qanday huquqlar berilgan bo’lsa, korparatsiyalar ham shunday huquqlar berilgan yuridik shaxsdir. Ular o’z mulkiga egalik qilish huquqi, ssuda olish, mulkni garovga qo’yish va uni tugatish, sudga murojat qilish huquqini oladi. Korparatsiya qonun oldida javob beradi, shuning uchun ularni sud hukmiga topshirish mumkin.
Masalan, «O’zkurilishma-teriallari» aktsionerlik kompaniyasi 100 dan ortiq korxonalarni (shu jumladan 53 ta aktsionerlik uyushmalarni) o’zida tqplagan. Ular yiliga 40 mlrd. so’mga yaqin tovar mahsuloti beradi. Ayniqsa ular tarkibida tsement sanoati muxim o’rin tutadi. Bugungi kunda O’zbekistonda 6 ta tsement zavodi bo’lib, ulardan eng yirigi «Qizilqumtsement» aktsionerlik jamiyatidir. Uning quvvati yiliga 3300 ming tonna tsement ishlab chiqarishdir. O’zbekiston tsement zavodlarining yillik quvvati 6830 ming tonna.
Do'stlaringiz bilan baham: |