O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan


Xolding kompaniyasi - bu korxonalarni birlashtirish emas balki o’z moliya fondlarini, kapitallarini birlashishidir


Download 0.59 Mb.
bet15/123
Sana05.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1275370
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   123
Bog'liq
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev

Xolding kompaniyasi - bu korxonalarni birlashtirish emas balki o’z moliya fondlarini, kapitallarini birlashishidir. Uning farq qiluvchi tomoni shundaki, u boshqa
“shu’ba” kompaniyalarni aktsiyalar paketini sotib oladilar, aktsionerlar kapitallariga egalik qilib, ularning har qanday faoliyatiga aralashishlari mumkin. Xolding - alohida
korxonalar kuchi etmagan moliyaviy resurslarni birlashtirish usullariga egadir…
Aktsiyalar paketini yo’lga kiritishi tufayli xolding-kompaniya, boshqacha qilib aytsak - korporatsiya ularga bog’liq bo’lib qolgan firmalarga:
  • rahbarlik qiladi;
  • moliyaviy yordam qo’rsatadi;
  • investitsiyalar strategiyasini belgilaydi;
  • bosh, etakchi jamiyatning maqsad va vazifalariga qarab ularni rivojlanish yqnalishlarini qo’rsatadi.

  • Xolding kompaniyaning boshqa firmalarning aktsionerlik kapitalida ishtirok etishi ularni o’zlarining qimmatli qog’ozlarini sotib olishiga majbur qiladi. SHunday qilib bog’lanib qolgan firma asosiy bo’lgan xolding kompaniyaning, ya’ni korporatsiyaning aktsionerlik kapitalining ishtirokchisiga aylanib qoladi. Undan keyingi boshqa kichik korxonalar, kompaniyalar ham etakchi, boshchi (“ona”) bo’lgan kompaniyaning aktsiyalarini sotib olishga majbur bo’ladilar.
    Demak, bunday kompaniyalar (“ona”, “bola”, “navara”, “avara”) yig’indisi korparatsiya deb yuritiladi.
    O’zbekistonda bir necha 10 yillar davomida butun Markaziy Osiyo regioni
    uchun qishloq xo’jaligi texnikasini etkazib beruvchi korxonalar yaratilgan edi. Ular hozirgi vao’tda «O’zselxozmashxolding» kompaniyasi tarkibiga kirib qishloq xo’jaligi texnikalarini ishlab chiqarish, uni iste’molchiga etkazish va shuningdek barcha ekspluatatsiya qilish mobaynida unga to’liq xizmat qilish kabi bir qancha masalalarni xal etadigan bo’ldi. Bular yirik aktsionarlik jamiyati bo’lgan «Toshkent traktor zavodi»,
    «O’zbekselmash», «CHirchiqselmash», «O’zagromash-servis assotsiatsyasi» (avvalgi
    «O’zselxoztexnika»). «Toshkent traktor zavodi» lizing bo’yicha 8 xil modifikatsiyadagi traktorlarni etkazib beradi. «O’zbekselmash» seyalkalar va em- xashak yig’uvchi texnikani, «CHirchiqselmash» esa pluglar, chizel mashinasi, paxta kqsagini teruvchi mashinasini va boshqa xil mahsulotlarni ishlab chiqaradi, ularning jami 20 xil.
    Ular ichki bozor uchun mahsulot ishlab chiqarib avvalgi darajasiga asta-sekin chiqmoqda.

    Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling