Korxona javobgarligi qonuniy va me’yoriy hujjatlarda qo’rsatilgan. Demak, haridorlar ham ishlab chiqaruvchilar ham, xom ashyo sotuvchilar ham o’z faoliyatlarida erkindirlar. SHunday ekan, nima uchun iqtisodiyot betartib rivojlanib ketmaydi degan savol tug’iladi. Bunga sabab bozor qonunlarini amal qilishidir: talab va taklif qonuni, raqobat, pul muomalasi, tovarlarning qimmati, foydaliligi va boshqalar.
Korxona ustav asosida ish olib boradi. Ustavni korxonani ta’sis etuvchi (yoki ta’sis etuvchilar) tasdiqlaydi. Korxona ustavida quyidagilar belgilab qo’yiladi: korxonaning nomi, uning qaerda joylashganligi, faoliyat turi va maqsadlari uning nazorat organlari, ularning vakolati, korxona mol-mulkini tashkil etish va foydani (daromadni) taqsimlash tartibi, korxonani qaytadan tashkil etish va uning faoliyatini tqxtatish shartlari.
Korxona pasporti - bu korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlari, resurslari va undan foydalanish darajasi, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, korxonaning umumiy texnik
- iqtisodiy qo’rsatkichlarini ifoda etuvchi hujjatdir. Korxona pasporti haqida mahsus qo’llanma ham bo’lishi zarur. Qo’llanma korxona pasportini tuzish uchun qo’rsatmalar beradi.
Texnik - iqtisodiy hisoblash ishlarini olib borish uchun faqat pasportdagi axboratlar kifoya qilmaydi, balki ular bilan bog’liq bo’lgan norma va normativlar, yillik hisobot ma’lumotlari, bahoni belgilash, biznes-reja ma’lumotlari ham zarur bo’ladi.
Pasport ma’lumotlari yordamida ishlab chiqarishning muhim xolatlari, yo’qotilgan imkoniyatlar, quvvatning etishmasligi kabilarni hisobga olinadi va yuzaga chiqariladi. Bozor iqtisodiyoti qonunining talablari esa bunday hujjatni korxonada bo’lishini ob’ektiv zaruriyat qilib qo’yadi.
Korxona turlari
Mulk shakllarining yangilanishiga yarasha turli xildagi korxonalar tashkil topdi. I. Mulk shakllariga qo’ra korxonalar quyidagi turlarga bo’linadi:
1-jadval
Mulk shakllari bo’yicha korxona turlari
Do'stlaringiz bilan baham: |