O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan


Barcha turdagi korxona va firmalar, tarmoqlar o’zlarining quyidagi xususiyatlariga egadirlar


Download 0.59 Mb.
bet9/123
Sana05.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1275370
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   123
Bog'liq
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev

Barcha turdagi korxona va firmalar, tarmoqlar o’zlarining quyidagi xususiyatlariga egadirlar:
  • Ishlab chiqaradigan mahsuloti yoki xizmat ishlarining iqtisodiy yqnalishi.

  • Boshqacha qilib aytsak yaratiladigan mahsulot qaerda va qanday maqsadlarda ishlatiladi.
  • Ishlab chiqarish texnika va texnologiyasi.
  • Ishlatiladigan xom ashyo va materiallari.
  • Mehnat sharoitlari.
  • Kadrlarning tarkibi, kasbi.

  • Bu belgilar bir xil bo’lsa korxonalar qxshash korxona hisoblanadi va aksincha belgilarning xar hilligi bilan korxonalar, firmalar va tarmoqlar bir birlaridan ajratiladi.
    Korxona va tarmoq xususiyatlarini yaxshi bilish muhim iqtisodiy ahamiyatga
    ega…


2.2. Korxona va firmalar tavsifi va ularni turlarga ajratilishi
Iqtisodiy faoliyatning xillari - bu iste’mol va ishlab chiqarishdir. Odatda ishlab chiqarishning foydali, qimmatga ega bo’lgan natijalari iste’mol qilinadi. Bunday ne’matlar foydali, ratsional xatti – harakatlar mahsulidir. O’z navbatida nimalarni iste’mol qilish zarurligini ishlab chiqarish hal etadi. Nimani iste’mol qilish zarur bo’lsa qshanday ne’matlar ishlab chiqariladi. Bunday iqtisodiy vazifalar uy xo’jaliklari, korxonalar va firmalar darajasida talab va taklif, raqobat kabi bozor qonunlari va resurslarning foydali taqsimlanishi asosida bajariladi.
Bozor iqtisodiyotida korxona ishlab chiqarish ob’ektidir, ya’ni tadbirkorlik faoliyati uchun ishlatiladigan mulkchilik majmuasidir. Korxona -tadbirkorlik ob’ekti; xalq xo’jaligining eng quyi yoki dastlabki hal qiluvchi ishlab chiqarish bo’g’inidir.
Korxona - mehnatkashlar jamoasi mulkidan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqarib, uni iste’molchiga sotadigan yoki sanoat harakteridagi turli xizmat ishlarini bajaradigan yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan mustaqil xo’jalik sub’ektidir.
Korxona ishlab chiqarishni kengaytirish va takomillashtirish, mehnat jamoasini
ijtimoiy rivojlantirish maqsadlarida qimmatli qog’ozlar chiqarish hamda sotish yo’li bilan yuridik va jismoniy shaxslarning qo’shimcha pul mablag’larini jalb etish huquqiga ham egadir.
O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi tomonidan (1995 yil 21 dekabr №163- 1; 1996 yil 29 avgust №256-1) tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasining

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling