1.2.Fanning vazifalari va uni o’rganish usullari
Korxona iqtisodiyoti fanining vazifalari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishning ob’ektiv sharoitlari va xukumatimiz iqtisodiy siyosatining asosiy yqnalishlari bilan belgilanadi. Ulardan eng muximlari quyidagilardan iborat:
- O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy siyosatining mohiyati va maqsadini tushungan holda sanoat tarmoqlari hamda uning korxonalarida ishlab chiqarishning holatini va rivojlanish xususiyatlarini taxlil etish, uning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash;
- Barcha turdagi korxonalarda ishlab chiqarishni boshqarish va rejalashtirishning ilmiy va amaliy asoslarini aniqlash, boshqarish usullarini takomillashtirish, fan-texnika taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va mohiyatini taxlil qilish, texnika va texnologiyani rivojlantirish va ularning iqtisodiy samaradorligini aniqlash usullarini o’rganish;
- Sanoat va qishloq xo’jaligi sohalarida ishlab chiqarishni oqilona tashkil etishning shakllari darajasini ifoda etuvchi qo’rsatkichlar tizimini aniqlash, ularni taxlil qilish va ishlab chiqarishni xududlar bo’yicha joylashtirish printsiplarini (tamoillarini) o’rganish;
- Resurslardan foydalanish darajasini aniqlash, uni oshirish, yaxshilash yo’llarini, usullarini qo’rsatish;
- Mehnat unumdorligini oshirib borish va mehnat haqi to’lovlarini tashkil etish asoslari haqida ma’lumot berishdan iborat;
- Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish asosida yuqori natijalarga erishish yo’llarini o’rganish. Masalan, mahsulot hajmini, daromad va foyda miqdorini oshirish va x.k.lar.
- Kelajakda iqtisodiyotning turli xil sohalaridagi ishlab chiqarish va xizmat ishlarida faoliyat qo’rsatuvchi xodimlarni, mutaxassislarni korxona iqtisodiyoti bilimlari bilan qurollantirishdan iborat.
Fanni o’rganish uslubi (metodalogiyasi) deganda, uni o’rganish faoliyatining shakllari, usullari va ularning bog’liqligi tushuniladi. Ushbu fan bo’yicha masalani o’rtaga qo’yish, tadqiqot mavzuini va ilmiy nazariyani shakllantirish, shuningdek aniqlangan natijani haqiqiyligi, ya’ni o’rganilayotgan ob’ektga muvofiqligi jixatidan tekshirish metodologiyani qo’llashning eng muhim tomoni hisoblanadi. Iqtisodiy xodisa va jarayonlarni o’rganish uslubi – tadqiqot yoki bilim, anglash yo’li, voqelikni amaliy yoki nazariy o’zlashtirish usullari yig’indisidir.
Korxonalar iqtisodiyoti fanining nazariy va uslubiy asosini iqtisodiy nazariya, tarixiy materializmning dialektik usullari tashkil etadi.
Ishlab chiqarishning barcha muammolari ana shu usullar yordamida o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |