O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan


-jadval Korxonaning mehnat haqi to’lovlari (so’m hisobida)


Download 0.59 Mb.
bet114/123
Sana05.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1275370
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   123
Bog'liq
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev

11-jadval
Korxonaning mehnat haqi to’lovlari (so’m hisobida)



Qatorlar

Qo’rsatkichlar

Stavka

Summasi

1

2+6

Ajratilgan ish haqi

145500

2

3+5

Jismoniy shaxslarning ish haqidan soliq va vznoslarning olingan miqdori

45343

3

Jismoniy shaxslardan daro-mad solig’i
– 13-32%

27,7%

40250

4

Jismoniy shaxslardan kasaba uyushmasi vznosi – 1%

1%

1455

5

Jismonish shaxslarning ish haqidan majburiy sug’urta vznoslari (nafaqa fondi uchun) – 2,5%

2,5%

3638

6

1-2

Soliq va vznoslarni to’lagan-dan keyingi haqiqiy oladigan ish haqi

100157

7

8+10

Mehnat haqining qo’shimcha to’lovlari

54127

8

Nafaqa fondiga ajratmalar

35%

50925

9

Bandlik fondiga ajratmalar

1,5%

2183

10

Korxonalarni kasaba uyushmasi vznoslari

0,7%

1019

11

1+7

Korxona hisobidan mehnat haqi to’lovlari uchun ajratilgan pul miqdori

199627

Asosiy iboralar va tushunchalar
  • Mehnat unumdorligi – bu vao’t birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi yoki bir-birlik mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan vao’t miqdoridir.
  • Mehnat resurslari – aqliy va jismoniy mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan kishilardir, ularning mehnat qobiliyatlaridir.
  • «Mutaxassis» tushunchasi - kadrlar kasbi doirasidagi mehnat taqsimoti ta’sirida yuzaga keladi. Mutaxassis deganda kishining tor doirada ish bajarish usuli, bilimlari va mahoratlari yig’indisini tushunish lozim.
  • «Malaka» - qandaydir kasb, mutaxassislik ishlarni bajarish uchun zarur bo’lgan bilimlar va mehnat mahoratlari darajasidir.
  • Ish haqi – bu bir-birlik mehnatdan foydalanish uchun to’lanadigan haqdir, mehnat birligining bahosidir.

  • Nazorat savollari
  • Mehnat resurslari va mehnat unumdorligi to’g’risida tushuncha.
  • Ish vao’ti balansi, uning mohiyati va zaruriyati.
  • Mehnat unumdorligi va uni hisoblash usullari.
  • Ish haqi to’lovlarini tashkil etish tartibi.
  • Jurnal «Ekonomicheskoe obozrenie» ¹2; 2004 y. 18 bet.


XI-BOB. ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI VA KORXONA FOYDASI
11.1. Ishlab chiqarish harajatlari va ularning tarkibi
Rivojlangan bozor munosabatlarini shakllanib borishi, kamyoblikni, ayrim ishlab chiqaruvchilar yakka hokimligini tugatilishi bilan korxona foydasini oshrishining faqat bitta yo’li qoladi - mahsulot hajmini oshirish va uni ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish.
Bozor munosbatalari sharoitida turli xildagi korxonalar, xo’jaliklar samaradorlikni ifodalovchi juda ko’p xildagi «Qo’rsatkichlar tizimi»ga mos holda, ularni ta’minlashga intilib ishlay olmaydi. Korxona faoliyatini baholashning optimal mezonlari
xalq xo’jaligini shunday baholash mezonlariga mos kelishini talab qilish ma’qul emasx).
Hozirgi davrda korxonalar yuqori foyda va rentabellikka erishishi uchun tavakkal qilib, tashabbus qo’rsatib, mustaqil ravishda ishlashiga to’g’ri kelmoqda. SHuning uchun foyda qo’rsatkichini mahsulot tannarxini kamayishi natijasida olingan foyda salmog’i bilan to’ldrish lozim. Bu qo’rsatkich korxonani ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga bo’lgan qiziqishini oshiradi. Korxona foydasi mahsulot bahosiga va uni ishlab chiqarish harajatlariga bog’liq. Erkin raqobat sharoitida mahsulo bahosi ishlab chiqaruvchining yoki iste’molchining hohishiga qarab yuqori yoki past darajada bo’la olmaydi. Mahsulot bahosi bozorda talab va taklifning nisbatiga qarab tashkil topadi. Baho mahsulot qiymatiga kamdan-kam mos keladi. Bugungi kunda baho nazariyasining asoschisi hisoblangan ingliz iqtisodchisi Alfred Marshall (1842-1924) ta’limotiga binoan baho bir tomondan foydalilik, ikkinchi tomondan ishlab chiqarish harajatlari asosida shakllanadi. Ishlab chiqarish harajatalri iste’mol qilinadigan mehnat va moddiy resurslar texnika, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish, tabiiy boyliklar ularni qazib chiqarish shart-sharoitlari, usullari kabi omillar darajasiga bog’liqdir. Harajatlarsiz foydaga erishib bo’lmaydi. Korxonaning qiymat birligidagi mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bo’yicha barcha harajatlari mahsulot tannarxi deb ataladi. Mahsulot tannarxi harajatlar elementlari va moddalari bo’yicha guruhlarga bo’linadi. Harajatlarning iqtisodiy elementlari harajatlarni iqtisodiy jihatdan o’xshashligini, yqnalishini ifodalaydi. Ular quyidagilar:
  • hom-ashyo va asosiy materiallar
  • yordamchi materiallar
  • chetdan olingan yoqilg’i
  • chetdan keltirilgan energiya (ular hammasi moddiy harajatlardir)
  • ish haqi to’lovlari
  • ijtimoiy sug’urta ajratmalari
  • asosiy fondlar amortizatsiyasi
  • boshqa moliyaviy harajatlar

  • Harajatlarning elementlari ishlab chiqarish harajatlari bo’lib, harajatlar smetasini tuzishda zarur bo’ladi. boshqa moliyaviy harajatlarga quyidagilar kiradi:
  • soliqlar, yig’imlar, nobyudjet fondlar va byudjetga ajratmalar. Ular mahsulot tannarxiga qo’shiladi.
  • korxona mulkini majburiy sug’urta to’lovlari, bankning qisqa muddatli ssudalari uchun foiz to’lovlari;

x) Ekonomika predpriyatiya. Uchebnik pod red. prof. V.Ya. Gorfinkelya, prof. V.A. SHvandara YuNITI. Moskva-2001 s 135-136

  • mahsulot tannarxiga kiruvchi aloqa xizmatlari uchun to’lovlar, yong’inni oldini olish va qorovullik uchun to’lovlar xodimlarni tayyorlash, ixtiro va kashfiyotlar uchun mukofotlar, reklama harajatlari va h.k.

  • Mashinasozlik sanoati korxonalarida mahsulot tannarxining moddalari quyidagi qismlardan iborat:
  • Xoma ashyo va materiallar;
  • Sotib olinadigan buyumlar va yarim fabrikatlar va boshqa xizmatlar qiymati;
  • Qaytariladigan chiqindilar;
  • Texnologik maqsadlar uchun yoqilg’i va energiyalar;
  • Ishlab chiqarishdagi ishchilarning asosiy ish haqi;
  • Ishlab chiqarishdagi ishchilarning qo’shimcha ish haqi;
  • Mehnat haqi mablag’laridan byudjetga va nobyudjet fondlarga ajratmalar;
  • Ishlab chiqarishni tayyorlash va o’zlashtirish harajatlari;
  • Ma’lum maqsadlardagi asbob-anjomlar emirilishi va boshqa maxsus fondlar.
  • Dastgohlarni saqlash va undan foydalanish harajatlari


  • Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling