Oqsil va oqsil-energetik taqchillik (yetishmovchilik sabablari, oqibatlari va oldini olish yo‘llari)
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Oqsil va oqsil-energetik taqchillik (yetishmovchilik sabablari,
Azot balansi. Ovqatda azotning birdan- bir manbai oqsil bo‘lganligi tufayli
oqsil almashinishini azot almashinishi bo‘yicha tekshirish mumkin. Organizmga ovqat bilan tushadigan va axlat, ter bilan ajraladigan azot miqdori nisbati nisbatlanish deyiladi. Har jihatdan sog’lom o‘smirlar organizmidan chiqariladigan azot miqdori, qabul qilingan azot miqdoriga teng bo‘ladi. Bu azot muvozanati deyiladi. Agar kishi ovqat bilan ko‘p miqdorda azot iste’mol qilsa, organizmdan chiqariladigan azot miqdori ham ortadi, azot muvozanati yuqori pog’onada saqlanadi. Organizmda azot zahirasi deyarli yo‘q. Keragidan ortiqcha iste’mol qilingan oqsillar energiya manbai bo‘lib saqlanadi. Oqsil yetishmovchiligi, oqsillarni o’zlashtira olmaslik, manfiy azot muvozanatiga olib keladi. 16 Organizmdagi muhim moddalardan biri bo‘lgan oqsillarga bo‘lgan talab odamning yoshi, jinsi, kasbi, turar joyining ob-havosi va boshqa omillarga bog‘liq. Chet ellarda o‘tkazilgan tadqiqotlar katta odamlar kuniga 55-60 g oqsil iste’mol qilganda organizmda azot muvozanati saqlanishi mumkinligini ko‘rsatdi. Shu miqdorda oqsil iste’mol qilishni Jahon Sog’likni Saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari xavfsiz miqdor deb hisoblashadi. Ammo stress (iztirob chekish) holatida, bemorlikda, og’ir jismoniy ish qilganda, 55-60 g oqsil iste’mol qilinganida ham organizmning ehtiyojini qondira olmasligi mumkin. Biz o’z sharoitimizni inobatga oladigan bo‘lsak, bunda oqsillarga bo‘lgan ehtiyoj yana ham o’zgacharoq bo‘ladi. Ya’ni issiq iqlim, shu bilan ekologik nomutanosiblik sharoiti, turli aqliy va jismoniy yo‘qlamalar va boshqalar oqsilga bo‘lgan ehtiyojni oshirib yuboradi. Atrof muhitimizda mavjud bo‘lgan har xil ekstremal omillar organizmdagi oqsillarning parchalanishiga olib keladi. Ana shu tariqa organizmning oqsillarga bo‘lgan ehtiyoji oshib ketadi. Shuning uchun eng ma'qul miqdor kuniga 85-90 g bo‘lishi kerak. Iste’mol qilinadigan oqsillarning 55 foizini hayvon oqsillari tashkil qilishi kerak. Umuman olganda demak, oqsillar to‘la sifatli ovqatlanishning asosini tashkil etadi. Organizmning oqsilga bo‘lgan ehtiyojining 50 foizini o‘simliklardan olinadigan oziq-ovqatlar, non, yorma, sabzavotlar, dukkakli o‘simliklar, asosan kartoshka, ho’l meva hisobiga ta’minlanadi. Hozirgi zamon nutritsiologiya ilmining (ovqatlanish haqidagi fan) ta'kidlashicha, odam organizmining me'yoriy o‘sishi, rivojlanishi va turli-tuman ishlarni bajarishi uchun doimiy sur'atda tashqi muhitdan ovqat bilan tegishli miqdorda karbonsuvlar, oqsillar va yog’lar qabul qilib turishi kerak. Bu oziq moddalardan karbonsuvlar va yog’lar tanaga energiya (quvvat) berib tursa, oqsillar zarurat tug’ilganda energetik manba bo‘lishidan tashqari ko‘pincha “qurilish” (plastik) materiali bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni ular hisobidan yangi hujayra va to‘qimalar (qon, muskul va nerv hujayralari) hamda bir qator biologik faol suyo‘qliklar (gormonlar, fermentlar va boshqalar) hosil bo‘ladi. Tanada hech bir 17 a'zo yo‘qki, undagi hujayralar va to‘qimalar to’xtovsiz yangilanib turmasa. Yosh organizmlarda esa buning ustiga bevosita o‘sish ham asosan mana shu oqsillar hisobidan bo‘ladi. Shuning uchun ham yosh o‘suvchi organizmlarda oqsilga bo‘lgan sutkalik ehtiyoj katta odamlarnikiga qaraganda bir necha barobar ziyod, agar o’rtacha odam bir kecha-kunduz davomida har bir kg tana og’irligiga nisbatan 1,0 - 1,2 g oqsil talab qilsa, bu ko‘rsatkich o‘smirlarda 1,5 - 4,0 g gacha, ba'zan esa bundan ham yuqori bo‘ladi. O‘smir organizmining o‘sishi, undagi a'zolarning shakllanishi qancha jadal bo‘lsa, uning oqsilga bo‘lgan ehtiyoji ham shuncha yuqori bo‘ladi. Ma'lumki, odam tanasining o‘sishi asosan 25-30 yoshgacha davom etadi, shuning uchun bu davrda kishining oqsilli ovqatga bo‘lgan ehtiyoji qolgan davrlarga nisbatan doim o‘sib boradi. Bizning organizmimiz uchun zarur bo‘lgan oqsillarni biz ikki xil oziq- ovqat, ya’ni hayvon va o‘simlik mahsulotlari bilan olamiz. Ovqat bilan iste’mol qilinadigan oqsillarning shunday xususiyati borki, ular tanada yog’ va uglevodlar singari zahira saqlanmaydi, qancha yeyilsa ham tegishli qismi hujayra va to‘qimalarning yangilanishi uchun sarf bo‘lib, qolgan qismi esa parchalanib organizmdan tashqariga chiqarib yuboriladi. Ta'kidlab o‘tganimizdek, yuqorida aytganimizdek, oqsillar faqatgina qurilish materiali bo‘lish bilan birga, qisman energetik manba sifatida ham muhimdir. Agar odam yeydigan ovqatning kaloriyasi yetarli bo‘lmasa, ya’ni uning tarkibida oqsildan tashqari vitamin, uglevod va yog’larning nisbati kam bo‘lsa, unda oqsillar birinchi galda organizmning energetik ehtiyoji uchun sarflanib, plastik maqsadlarda foydalanilmay qoladi, bu esa o’ziga xos kasalliklarga olib kelishi mumkin. Ratsionda karbonsuvlar bilan yog’lar bo‘lmasa, azot muvozanatiga erishish uchun oqsillar 5 marta ko‘proq talab qilinadi. Chunki moddalar almashinuvi jarayonida oqsillardan yog’lar va karbonsuvlar sintezlanadi. Ovqatlanishning qabul qilingan fiziologik me'yorlarida umumiy quvvatning o’rtacha 14 foizi oqsillar hisobiga qoplanishi lozim. Oqsillar shuningdek, biriktiruvchi to‘qimaning ham asosiy qurilish materialidir, keratin, kollagen, 18 elastin ana shular jumlasidan. Lekin oqsillar hujayra skeleti, xromosomalar, membrana, ribosomalar, retseptorlar tarkibida boshqa moddalar bilan birgalikda qatnashadilar. Bu ko‘rsatib o‘tilgan funksiyalardan tashqari, oqsillar yana juda ko‘p biologik faol strukturalarning tuzilishida va funksiyasida ishtirok etadilar. Masalan, hayvon zaharlarining aksari ham oqsil tabiatiga ega, ko‘rish pigmenti rodopsin, informatsiyani hujayra ichiga uzatadigan membrana yuzasidagi maxsus tuzilma retseptorlar oqsillarni boshqa molekulalar bilan bergan kompleksidir, qon oqsili fibrinogen qon ivishida qatnashadi. Shuning uchun oqsillar bir necha ichki sekretsiya bezlari ishlab chiqaradigan gormonlarning asosiy qismini tashkil etadi. Masalan, insulin, o‘sish gormonlari va boshqalar. Yana shu narsani ham qayd qilish lozimki, oqsillar energetik manba bo‘lib xizmat qiladi. Lekin ularning bu xususiyati plastik material sifatida qo’llanilishidan keyin turadi. Boshqacha qilib aytganda, oqsillarning energetik sifati odam va hayvonlar organizmida boshqa energiya beruvchi oziq moddalar (karbonsuvlar va yog’lar) nihoyatda kamayib qolganida kuzatiladi. Oqsillar ham karbonsuvlar kabi quvvatga ega bo‘lib, 1 g oqsil parchalanganda o’rtacha 4,1 kkal energiya ajraladi. Oqsillarning energetik quvvati deganda, tana ko‘ndalang-targ’il muskullarida qisqarish tufayli ma'lum bir ish bajarish tasavvur qilinadi, lekin bunda muskullar tarkibida bo‘ladgan sarkolemma va miozin, aktin tolalarining qisqarib ish bajarishi asosan adenozintrifosfat kislotasi hisobidan bo‘ladi (ATF → ADF + energiya). Olimlar tomonidan har xil hayvonlar va odamlar ustida olib borilgan bir qator kuzatishlar shu narsani tasdiqlaydiki, odam uzoq vaqt surunkali och qolsa, uning tanasidagi asosiy va umumiy almashinuv uchun birinchi navbatda karbonsuvlar, keyin yog’lar va bu energetik manbalar nihoyasiga yetganidan keyin tanadagi muskullar tegishli energiya hosil qilish uchun parchalana boshlaydi. Tanadagi oqsillarning energiya berish nuqtai nazaridan parchalanishi shu bilan harakterlanadiki, bunday biokimyoviy jarayon ko‘pincha organizm uchun zaharli moddalar sifatida ta’sir qiladigan birikmalar hosil bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun ham surunkali och qolish natijasida inson va hayvonlar organizmining halok 19 bo‘lishi, quvvat beradigan manbaning tamoman tugashidan emas, balki zaharlanishi oqibatida ro’y beradi. Oqsillarning energetik xizmati haqida fikr yuritilganda, xalq orasida keng tarqalgan tushuncha, ya’ni go‘shtli ovqatning energiyaga boy deb aytilishi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Aslida sergo‘sht ovqatning qiymati uning tarkibidagi umumiy energiya bilan emas, balki almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalari bilan, to‘la qiymatli oqsillari bilan o’lchanadi. Chunki oqsillardagi potensial- kimyoviy energiya miqdor jihatidan uglevodlardagi energiya bilan bir-biriga teng, boshqacha aytganda, 100 g non energetik nuqtai nazardan bemlol 100 g son go‘shtining o’rnini bosa oladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling