Oqsil va polipeptto unumli gormonal
Download 29.54 Kb.
|
OQSIL VA POLIPEPTTO UNUMLI GORMONAL
somatostatin ajraladi. Somatostatin, laktogen gormoni, somatotropin,
insulin, glyukagon, serotoninlar ajralishini ingibitsiya qiladi, akromegaliyani, endokrin o‘smalami, o‘tkir pankreatitlami davolashda qo'llaniladi. Tirotropin qalqonsimon bez hujayralarida adenilatsiklaza fermentini, siklik AMF ni oshirib, tiroksin hosil bo'lishi uchun kerak bo'lgan fermentni faollashtiradi. Gipotireozni aniqlash uchun hamda tireodin bilan birga qalqonsimon bez yetishmovchiligida qo'llanadi. Menopauzali gonadotropin ayollar tuxumdonida follikulalaming rivojlanishiga, estrogenlarning hosil bo'lishiga, erkakiarda spermatogenezga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Modda menopauza davrini boshidan kechirayotgan ayollar siydigidan olinadi va ayollarda follikulalar yetishmovchiligida, estrogenlar kamayib ketganda, erkakiarda spermatogenez yetishmovchiligida qoilanadi. Xorionik gonadotropin tuxumdonda ovulyatsiya va sariq tana, urug'donda testosteron hosil boiish jarayonini kuchaytiradi. Menopauzali va xorionik gonadotropin birgalikda erkak va ayollar bepushtligini davolashda qoilanadi. Gonadotropinlaming aksi danazol moddasi gonadotropinlar sekretsiyasini oshishi bilan bog'liq bo'lgan kasalliklami (endometrioz, ginekomastiya) davolash uchun qo'llaniladi. Laktotrop gormon — prolaktin bola tug'ilgandan keyin onada sut bezlarini faoliyatini oshirish uchun qoilanadi. Gipofizning o'rta qismidan olinadigan intermedin moddasi ko'z quvvatini oshiradi, ko'zning qorong'ilikka moslashishiga yordam beradi. Asosan ko'z kasalliklarida: ko'zni to'r pardasida degenerativ o'zgarishlar paydo boiganda, gemeralopiyada, pigmentli retinitda qoilanadi. Gipofizning orqa qismi gormon moddalari: oksitotsin, vazopressin, pituitrin, adiurekrindir. Vazopressin diurezga qarshi ta’sir etadi: buyrak kanalchalarida suv, natriyning qayta so'rilishiga ta’sir ko'rsatadi. Organizmda vazopressin yetishmovchiligidan kelib chiqqan kasallikda — qandsiz diabetda qoilanadi. Qandsiz diabetda bemor juda tashna bo'ladi, suvni ko'p ichadi, ko'p siyadi. Vazopressin qo'llanganda og'iz qurishi, tasfanalik, diurez kamayadi, kanalchalarda qayta so'rilishi me’yorga keladi. Vazopressin mayda qon tomirlar, ichak, siydik pufagi tonusini, peristaltikasini, qon bosimini oshiradi. Oksitotsin homilador bachadonga tanlab ta’sir qiladi, bachadon hujayralari membranalarining kaliy ionlariga nisbatan o'tkazuvchanligini oshiradi, ularni potensiali kamayib, qo‘zg‘aluvchanligi oshadi. Oksitotsin gipofiz laktogen gormonining hosil bo'lishini, sut bezlari sekretsiyasini oshiradi. Modda tug'ish jarayoni susayib ketganda hamda bachadon qisqarishini kuchaytirish uchun (gipotonik qon ketishda) qoilanadi. Pituitrin gipofizning orqa qismidan olingan, vazopressin va oksitotsindan iborat. Tarkibida oksitotsin miqdori ko'p boigan pituitrin M yoki gifototsin modda sifatida ishlab chiqariladi, asosan akusherlik amaliyotida tugish jarayoni susayib ketganda, homiladorlik muddati o‘tib ketganda, bachadonda gipotonik qon ketishida qoilaniladi. Tarkibida vazopressin ko'proq boigan boshqa modda pituitrin P deb ataladi, qandsiz diabetda davo sifatida qoilanadi. Qandsiz diabetda kattalar va bolalarga pituitrin teri ostiga yuboriladi, surunkali kasallik boigani uchun pituitrinni har kuni in’eksiya orqali qoilash bemorga og‘irlik qiladi, shuning uchun ham quruq pituitrin - adiurekrin moddasi ishlab chiqarilgan, u asosan vazopressindan iborat, poroshok, malham shaklida burun shilligiga qo'yiladi. Qandsiz diabetning yengil, o'rta, og'ir turlarida hamda bolalar kechasi siydik tutolmagan hollarda (enurezda) qoilanadi, modda og'iz qurishini, chanqovni kamaytiradi. Adiurekrinni nafas yo'llari (burun shilliq pardalari) kasalliklarida qoilash man etiladi. Download 29.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling