Oqsil va polipeptto unumli gormonal
Download 29.54 Kb.
|
OQSIL VA POLIPEPTTO UNUMLI GORMONAL
Desmopressin vazopressinga o'xshash, kuchli antidiuretik ta’sirga
ega, qandsiz diabetni, gipofizda o'tkazilgan jarrohlikdan keyin hosil bo'ladigan poliuriya, polidipsiyalar, tungi siydik tutolmagan holatlami davolashda qoilanadi, dori kattalarga ikki tomchi, bolalarga bir tomchi miqdorda burunga tomiziladi. Ko'p miqdorda qo'llanganda bosh og'rishi, ko'ngil aynashi, rinit, qon bosimining bir oz ko'tarilishi, ichakda og'riq paydo bo'lishi mumkin. Paraqalqonsimon bezlarning gormon moddasi — paratireoidin kalsiy va fosfor almashinuviga ta’sir ko'rsatadi, qonda kalsiy miqdorini, uning me’da-ichakdan so'rilishini, buyrak kanalchalaridan qayta so'rilishini oshiradi, suyaklarda kalsiy miqdorini kamaytiradi. Qalqonsimon bez gormoni kalsitoninga qarshi ta’sir ko'rsatadi. Paratireoidin qonda fosfor miqdorini kamaytiradi, chunki buyrak kanalchalaridan uning qayta so'rilishi kamayib ketadi, modda o'rinbosar davo uchun gipoparatireozlarda, spazmofiliya, tetaniyaning oldini olish va davolash uchun qoilanadi. Ta’siri sezilarli bo'lishi uchun paratireodin kalsiy moddalari — kalsiy xlorid, kalsiy glyukonat bilan birga qoilanadi. . Oshqozon osti bezining gormonal moddalari Bunday gormonal moddalar qatoriga insulin moddalari insulin, amorfli suspenziya rux-insulin, protamin-insulin, suspenziya protamin rux-insulin, kristallik suspenziya rux-insulin hamda diabetga qarshi moddalar: butamid, xlorpropamid, glubutid (adebit) kiritiladi. Insulin moddalari o'rinbosar davo uchun organizmda oshqozon osti bezining Langergans orolchalarining (3 - hujayralarida hosil bo'ladigan insulin gormoni yetishmovchiligida (qandli diabetda) qo'llanadi. Insulin uglevod almashinuviga ta’sir ko'rsatadi, qonda glyukozani glyukoza - 6 fosfatga aylantiradi, uning hujayralar, to'qimalarga o'tishini, o'zlashtirilishini, glikogenga aylanishini amalga oshiradi, qonda, siydikda glyukoza miqdori, tashnalik, diurez kamayadi, uglevod almashinuvini me’yorlashtiradi. Insulin oqsil hamda yog' almashinuviga ijobiy ta’sir ko'rsatadi: siydikda azot birikmalari, qon va siydikda keton moddalari — atseton, atsetosirka, oksimoy kislotalar kamayib boradi, bemor ozadi, organizmda yog'laming parchalanishi, oqsillarning glyukozaga aylanishi kamayadi. Insulin qoramol, cho'chqalaming oshqozon osti bezidan biologik yo'l bilan olinadi. Polipeptid oqsillardan tuzilgan bo'lgani uchun insulin organizmga faqat parenteral yo'l bilan — teri ostiga, mushaklar orasiga, venaga yuboriladi. Mushaklar orasiga yuborilganda insulinning gipoglikemik ta’siri 20-30 minutdan keyin boshlanib, 4- 6 soat davom etadi. In’eksiyalar sonini kamaytirish uchun moddaning ta’sir muddati uzaytirilgan turlari ishlab chiqilgan. Ular tarkibiga oqsilprotamin, rux, buferlar kiritilgan, bular insulin ta ’sirining boshlanishiga (kechroq boshlanadi), cho'qqiga chiqish vaqti va muddati (uzaytiriladi) ta ’sir ko'rsatadi. Davomli ta’sir etuvchi insulinlami yuborish o'rtasida ko'proq vaqt o'tadi, bulaming pH yuqori bo'lgani uchun yuborilgan joyi kamroq og'riydi, lekin ko'pchilik bemorlar oddiy insulinni qo'llashni afzal ko'radilar. Insulin moddalari qon, siydikdagi qand miqdoriga, bemorning umumiy ahvoliga, moddaning xususiyatiga qarab tanlanadi. Insulin bilan davolangan bemor albatta o'z vaqtida ovqatlanishi lozim, aks holda, qand miqdori tushishi tufayli gipoglikemik holat, agar insulinnig miqdori oshib ketsa — gipoglikemik koma ro'y beradi, bunda bemor hushidan ketib, qon bosimi tushib ketadi, bunday holatda venaga glyukoza, adrenalin yuborib, qonda qand miqdorini oshirish kerak. Insulinni o'tkir gepatitda, jigar sirrozi, gemolitik sariqlik, pankreatit, nefrit, buyraklar amiloidozi, oshqozon, 12 barmoqli ichak yarasida, dekompensirlangan yurak poroklarida qo'llash man etiladi. Qandli diabetda bemorlarda ikki xil koma ro'y berishi mumkin. Birinchisi, giperglikemik — qonda qandning miqdori oshib ketganda ro'y beradigan koma, bu holatda oddiy insulinni venaga yuborish kerak. Ikkinchi koma insulin miqdori oshib ketgandan kelib chiqadigan yuqorida keltirilgan gipoglikemik komadir. Qandli diabet ko'pgina a’zolami, ayniqsa, qon tomirlarini shikastlaydi, shuning uchun bemoming ko'zida diabetik retinopatiya, oyoqda obliteratsiyali endoarterit— mudhish qora son kasalligi ro'y berishi mumkin. Qandli diabetda gipertoniya, miokard infarkti, ateroskleroz, miya tomirlari trombozi ko'proq uchraydi va og'irroq o'tadi. 1982-yilda Qo'shma Shtatlarda gen injeneriya yo'li bilan birinchi bor odam insulini — ximulin kashf etilgan, modda ampulalarda va patronchalarda chiqariladi, insulinga qaram qandli diabetda, giperglikemik komada teri ostiga, ba’zida venalarga yuboriladi. Download 29.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling