Oqsil va polipeptto unumli gormonal

Download 29.54 Kb.
bet4/5
Sana23.12.2022
Hajmi29.54 Kb.
#1049532
1   2   3   4   5
Bog'liq
OQSIL VA POLIPEPTTO UNUMLI GORMONAL

Glyukagon oshqozon osti bezining Langergans orolchalarini a
— hujayralarida hosil bo'ladi; jigarda glyukoneogenez jarayonlarini,
qonda glyukoza miqdorini oshiradi, yurakka musbat — inotrop ta’sir
ko'rsatadi, atrioventrikulyar o'tkazuvchanlikni, buyrak usti bezdan
adrenalinni ajralishini oshiradi. Glyukagon asosan insulin miqdori
oshgandagi gipoglikemik holatlarida, yurak yetishmovchiligida,
kardiogen shokda qo'llanadi. Homilador ayollarga o'ta zarur bo'lgan
hollarda ehtiyolkorlik bilan qoilaniladi. Emizikli ayollarga qo'llash
man etiladi.
Qandli diabetni davolash uchun og'iz orqali buyuriladigan
moddalar sintez yo'li bilan olinadi, ularga sulfonamid unumlari va
biguanidlar kiradi. Sulfonamid birikmalari — butamid,
xlorpropamidning gipoglikemik ta’sir mexanizmi, oshqozon osti
bezining P-hujayralariga ta ’sir yetib, glyukagon ajralishini
kamaytiradi, shu tufayli neoglyukogenez jarayonlari chegaralanadi,
insulin retseptorlarining miqdori, faolligi, endogen va ekzogen
insulinni ta’siri oshadi. Langergans orolchalarining (3-hujayralari
atrofiyaga uchragan bo'lsa, moddalar gipoglikemik ta’sir qilmaydi.
Xlorpropamidning gipoglikemik ta ’siri 2-4 soatlardan keyin
boshlanib, 10-12 soat davom etadi.
Ichish uchun tayinlanadigan diabetga qarshi moddalarning
kimyoviy tuzilishi
X lo r p r o p a m id Pfizer firmasi tomonidan g lib e n e z nom bilan
chiqariladi.
Glibenklamid maniiil ham sulfonamid unumlaridan butamid,
xlorpropamidlardan faolroq, qonga tezda so'riladi, ta’siri 8-12 soat
davom etadi. Maniiil gipoglikemik ta’sir ko‘rsatibgina qolmay,
gipoxolesterinemik hamda qonni suyultirish xususiyatiga ega.
Biguanidlar glibutamidning (adebit) gipoglikemik ta ’sir
mexanizmi batafsil aniqlanmagan, tajribalarga ko'ra, bu modda
hujayralarda, to'qimalarda glyukozaning o'zlashtirilishiga ijobiy ta’sir
ko'rsatadi, glyukoneogenez jarayonlarini kamaytiradi, oqsil, yog'
almashinuviga ham ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Gipoglikemik ta’siri
butamidlarga nisbatan kamroq, moddalar qandli diabetning yengil,
o'rtacha og'ir turlarida, ayrim holatlarida insulin bilan birga yoki
almashtirilib qo'llanadi.
Ichishga buyuriladigan antidiabetik moddalarning salbiy
ta’sirlari: dispeptik o'zgarishlar yuz berishi — bemoming ko'ngli
aynishi, qusishi, ichi ketishi, jigar hamda buyrak faoliyatiga noxush
ta’sir ko'rsatishi mumkin. Atsidoz holatlarida biguanidlami qo'llab
bo'lmaydi.
Bolalarda uchraydigan qandli diabetda asosan insulin moddalari
qo'llanadi. Kasallikning boshlang'ich davrida tez va qisqa ta’sir
etuvchi oddiy insulin qo'llanadi, chunki bolalarda qandning qondagi
miqdori o'zgaruvchan hamda ular insulinga birmuncha sezuvchan
bo'ladi.
Triyodtironin gidroxlorid, tireoidin, kalsitrin
Endokrin kasalliklar qalqonsimon bez faoliyati o'zgarishi oqibatida
kelib chiqadi. Bu kasalliklar qalqonsimon bez gormonlarining
yetishmovchiligi va ulaming oshishiga bog‘liq. Gipertireoz, ayniqsa,
bolalar o'rtasida ko'p uchraydi, bunda antitireoid moddalar qoilanadi.
Qalqonsimon bez ikki turdagi gormonlami hosil qiladi: tarkibida yod
tutadigan gormonlar va kalsitoninlar.
Qalqonsimon bezning yod tutadigan gormonlarining hosil boiishi
uchun yod kerak boiadi. Yod organizmga suv, oziq-ovqat bilan tushadi
va tanlab qalqonsimon bezga o‘tadi, u yerda tirozin bilan bogianib,
mono-diyodtirozin hosil qiladi. Ulardan tireoid gormonlar — tiroksin va
triyodtironin hosil boiadi tireoglobulin oqsili tarkibida qalqonsimon
bez follikulalarida to'planadi. Proteolitik fermentlar ta ’sirida
tireoglobulindan tiroksin ajralib, qonga o'tadi. Bu jarayonlami gipofiz
old boiimining tireotropin gormoni boshqaradi.
Qalqonsimon bez gonnonlari asosiy moddalar almashinuvini,
kislorodning to'qimalarda o'zlashtirilishini, oqsillar, yog'lar va uglevodlar
almashinuvini boshqaradi. Siydikda azotli mahsulotlar, siydik kislota,
ammiak va kreatinin miqdori ortib boradi, jigarda glikogen, qonda
xolesterin kamayib boradi. Gormonlar yosh organizmning o'sish va
ulg'ayish jarayonlarini, nerv sistemasi qo'zg'aluvchanligini, adrenalin
va adrenopozitiv moddalarga nisbatan sezuvchanligini oshiradi, puls
tezlashadi, ko'p terlanadi, qon bosim ko'tariladi, miya, buyrak, teri
tomirlarida qon aylanishi oshib boradi. Gormonlar miya, suyak to'qimalari
va boshqa a’zolaming tiklanishiga ta’sir ko'rsatadi. Bolalarda gormonlar
yetishmovchiligida kretinizm, kattalar da moddalar almashinuvi susayadi,
to'qimalarda shishlar paydo bo'ladi, yurak faoliyati o'zgaradi, miksedema
holati ro'y beradi. Triyodtironin va tireoidin o'rinbosar davo uchun
bolalar kretinizmida, kattalar miksedemasida qoilanadi. Tireoidin asosiy
modda almashinuvi susayganda va semizlikda qoilanadi. Moddalar
miqdori oshganda bemor qo‘zg‘aluvchan bo'lib qoladi, ko'p terlaydi,
ozib ketadi, taxikardiya, tremor paydo boiadi.
Agar suvda, ovqatda yod miqdori kamayib ketsa, oddiy yoki endemik
bo‘qoq paydo boiadi. Gormonlar yetishmovchiligi tufayli qalqonsimon
bez o'z faoliyatini oshiradi, to'qimalar gipertrofiyaga uchraydi, bez hatto
20-30-50 barobar kattalashib boradi. O'zbekistonda endemik o'choqlar
Farg'ona vodiysida, Qo'qonda ko'p tarqalgan, bu yerdagi suvda yod kam
boigan. Katta ekspiditsiya ishlari, ommaviy profilaktika tadbirlari tufayli
(ichimlik suviga, tuzga yod qo'shilgan) endemik o'choqlar, bo'qoq
kasalligi ancha kamaygan.
21.1.3. Qalqonsimon bezning gormonal moddalariTriyodtironin gidroxlorid, tireoidin, kalsitrin

Qalqonsimon bezning gormonal moddalari

Download 29.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling