6. Himoyalovchi (qo‘riqlash) funksiyasi. Bu oqsillar organizmni boshqa bir
organizmlar (zararli) ta‟sirida zararlanishidan saqlaydi.
Barcha anti tanalar
oqsillardir. Ular organizmga kirgan bakteryalarni, Yog„ va oqsillarni yuksak
spetsifiklik bilan bog„laydilar, parchalaydilar, zararsizlantiradilar. Qon tarkibidagi
immunnoglobulin oqsili qonga kirgan
virus va bakteriyalarni sezadi, ularni
aniqlaydi va zararsizlantiradi. Shu oqsillar etishmasligi esa SPID kasalligiga olib
keladi.
7. Tartibga soluvchi funksiyasi (oqsil garmonlar). Bular odam va hayvon
organizmida bo„lib ko„prok garmonlar tarkibida uchraydi. Masalan, oshkozon osti
bezlaridan ajralib chiquvchi
insulin garmoni tarkibiga kiruvchi oqsillar
organizmdagi qand almashuvini tartibga solib turadi.
Bu ko„rsatib o„tilgan asosiy funksiyadan tashqari oqsillar yana juda ko„p
biologik faol strukturalarning tuzilishida va funksiyasida ishtirok etadilar.
Sakkizinchi sinf oqsillari yuqorida keltirilgan
oqsillardan farqli ravishda
umumiy bir sinfga xos bulmagan boshqa turli xildagi funksiyalarni bajaruvchi,
ayrim hayvon va o„simliklargagina xos bo„lgan oqsillardir. Masalan, arktika
baliqlari qoni tarkibida shunday oqsillar topilganki,
ular antifriz funksiyasini
bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: