1.4-rasm. α-spiralning strukturasi va o`lchamlari
β-struktura. Bu strukturada molekulalar polipeptid zanjirining har xil qismlari orasida o`zaro vodorod bog`lari bo`ladi, zanjirlar cho`zilib bir-biriga parallel, uzunasiga, yonma-yon yotadilar. Yon tarmoqlari qog`oz sathiga nisbatan perpendikulyar joylashadilar. β-struktura qat-qat buklangan deb ham ataladi. Ular ikki turga bo`linadi. Oqsilning 1 ta polipeptid zanjirining ma’lum qismlarining
buklanishidan hosil bo`lgan qatlamlar – kross-beta-shakl (qisqa β-struktura) deyiladi. Uning vodorod bog`lari polipeptid zanjirning har bir bukilgan joyidagi peptid guruhlari o`rtasida hosil bo`ladi. β -strukturaning boshqa bir turi – to`liq β - struktura butun polipeptid zanjiriga tegishli bo`lib, bu zanjir egilgan shaklga ega. U aralash parallel joylashgan polipeptid zanjirlarning o`rtasidagi peptidlararo vodorod bog`lari bilan bog`lab turiladi.
1.5-rasm. Antiparallel β-struktura va uning buklanishi.
To`liq beta-struktura ikki ko`rinishda – parallel va antiparallel bo`lishi mumkin: agar har ikkala zanjirning N-oxirgi tomonlari bir tomonga yo`nalgan bo`lsa, bunday joylanish parallel, agar zanjirning N-oxirgi tomonlari qarama-qarshi yo`nalishga ega bo`lsa, antiparallel joylashgan bo`ladi.
α-spiral ma’lum ta’sir natijasida (masalan, suvda ishqor ta’sirida isitilganda) cho`zilib, zanjir ichidagi vodorod bog`lari uzilib, beta-strukturaga o`tadi. Bunday
holat masalan, soch oqsili – keratinda kuzatiladi. Soch ishqoriy yuvish vositasida yuvilganda alfa-keratinning spiral strukturasi osongina buziladi va u beta-keratinga o`tadi (yuvilgan soch to`g`rilanadi).
1.6-rasm. β-strukturaning sxematik ko`rinishi. a-parallel zanjir; b-antiparallel zanjir.
Do'stlaringiz bilan baham: |