Oqsillarning hazm bo'lishi


-jadval Hazmlanish jarayoni boshqaruvchilari va ularning xususiyatlari


Download 24.42 Kb.
bet5/7
Sana28.03.2023
Hajmi24.42 Kb.
#1305182
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
OQSILLARNING HAZM BO\'LISHI

23-jadval
Hazmlanish jarayoni boshqaruvchilari va ularning xususiyatlari

Boshqaruvchi

Hosil bo‘lish joyi

Ta’sir etish joyi

Ta’siri

Gista’min

Me’da shilliq qavati

Me’da shilliq qavatining asosiy va qoplovchi hujayralari

Me’dada HS1 va qisman pepsinogenni ajralishini kuchaytiradi

Gastrin

Me’da shilliq qavati

Me’da shilliq qavatining asosiy va qoplovchi hujayralari kuchaytiradi.

Me’dada HS1 va pepsinogenni ajralishini

Enterogastron

O’n ikki barmoqli ichak shilliq qavati

Me’da shilliq qavati hujayralari

Me’dada HS1 va pepsinogenni ajralishini tormozlaydi

Sekretin

Ingichka ichak shilliq qavati

Me’da osti bezi iva jigar

Pankreasda suv va gidrokarbonatlarga boy suyuq pankreatik shirani ajralishini kuchaytiradi










Jigarda ot hosil bo‘lishini jadallashtiradi

Xolesistokinin- pankreozimin

Ichak shilliq qavati

Me’da osti bezi va otpufagi

Pankreasda fermentlarga boy pankreatik shirani ajralishini jadallashtiradi va otpufagini qisqarishiga olib keladi.

Ximodenin

Ichak shilliq qavati

Me’da osti bezi

Me’da osti bezida oqsillarni va ayniqsa ximotripsinogenni sekretsiyasini medakuchaytiradi










Pankreozimindan farqli olaroq, boshqa fermentlarga ta’sir etmaydi

Enterokrinin

Ichak shilliq qavati

Ichak shilliq qavati

Ichak bezlari faoliyatini oshiradi.

Villikinin

Ichak shilliq qavati

Ichak shilliq qavati vorsinkalari

Ichak vorsinkalari. harakatini kuchaytiradi va shu bilan ximusni ichakda harakatini ta’minlaydi.


Ichakda aminokislotalarning chirishi va jigarda chirish mahsulotlarini zararsizlantirilishi
Ma’lumki, ichak mikroorganizmlari ozlarining osishi uchun ovqat bilan ma’lum bir aminokislotalarning bo‘lishiga muhtojdir. Ichak mikroflorasida hayvonlar to‘qimasi fermentlaridan farq qiluvchi fermentlar sistemasi yigindisi mavjud bo‘lib, ovqat aminokislotalarining xilma-xil o‘zgarishlarini katalizlaydi (shu jumladan, odam organizmiga xos bo‘lmagan, xususan, chirishlik, parchalanish). Shu tufayli ichakda aminokislotalar parchalanishini zaharli moddalari fenol, indol, krezol, skatol, vodorod sulfid, metilmerkaptan hamda organizm uchun zaharli bo‘lmagan birikmalar spirtlar, aminlar, yog‘ kislotalari, ketokislotalari, oksikislotalari va boshqalar hosil bo‘lishi uchun optimal sharoit vujudga keladi. Ichak mikroorganizmlari faoliyati ta’sirida aminokislotalarning bu kabi o‘zgarishlariga ichakda oqsillarning chirishi deb ataladi. Chunonchi, oltingugurt tutuvchi aminokislotalarning (sistin, sistein va metionin) ichakda asta-sekin va tola parchalanishi natijasida vodorodsulfid (H2S) va metilmerkaptan (CH3SH) hosil bo‘ladi. Diaminokislotalar ornitin va lizin, dekarboksillanish jarayoniga uchrashi natijasida tegishli aminlar hosil bo‘ladi putresin va kadaverin.
Aramatik aminokislotalar fenilalanin, tirozin va triptofaninning bakterial dekarboksillanishidagi tegishli aminlar feniletilamin, parooksifeniletilamin (yoki teromin) va indoliletilamin (tripta’min) hosil bo‘ladi. Ichak mikroblarining fermentlari, ushbu jarayondan tashqari, siklik aminokislotalar yon zanjirlarini parchalashi natijasida (xususan, tirozin va triptofanni) tegishli zaharli moddalar: krezol va fenol, skatol va indol hosil bo‘ladi.
Zaharli moddalar (krezol, fenol, skatol, indol) darvoza venasi orqali so‘rilgandan so‘ng jigarga tushadi va sulfat kislotasi yoki glyukuronat kislota bilan kimyoviy birikib, zararsiz juft kislotalar hosil bo‘ladi (masalan, fenolsulfat kislota yoki skatolsulfat kislota). Ushbu kislotalar esa siydik bilan ajralib chiqadi. Jigarda arilsulfattransiraza va UDF glyukuroniltransferaza fermentlari bo‘lib sulfat kislota qoldig‘ini uning bog‘langan shakli 3-fosfoadenozin-5-fosfosulfatdan (FAFS) hamda glyukuronat kislota qoldig‘ini uning bog‘langan shakli uridildifosfoglyukuronat kislotadan (UDFGK) yuqorida ko‘rsatilgan zaharli moddalarga o‘tkazilishini katalizlaydi. Indol (skatol kabi) dastlab indoqsilgacha oksidlanadi (skatol skatoqsilgacha), so‘ngra bevosita FAFS yoki UDFGK bilan fermentativ reaksiyaga kirishadi. Chunonchi, indol efirsulfat kislota korinishida bog‘lanadi. Uning kaliyli tuzi hayvon indikani deb atalib, siydik bilan ajralib chiqadi. Odam siydigida indikan miqdoriga qarab ichakda oqsillar chirish tezligi va jigarning funksional holati haqida xulosa qilish mumkin.
Klinikada ko‘pincha jigarning funksiyasi va uning zaharli moddalarni zararsizlantirish rolini aniqlash uchun benzoat kislota qabul qilingandan so‘ng gippur kislotasi hosil bo‘lishi va siydik bilan ajralib chiqish tezligi bo‘yicha xulosa qilish mumkin.

Download 24.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling