Oqsillarning hazm bo'lishi


Ichakda aminokislotalarning so‘rilishi


Download 24.42 Kb.
bet4/7
Sana28.03.2023
Hajmi24.42 Kb.
#1305182
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
OQSILLARNING HAZM BO\'LISHI

Ichakda aminokislotalarning so‘rilishi
Oqsil gidrolizining mahsulotlari oshqozon-ichak yolidan asosan erkin aminokislotalar korinishida soriladi. Aminokislotalar so‘rilishi maxsus transport tizimlari ishtirokida kechadi. Bu jarayon faol transport bo‘lib Na+ gradiyenti bo‘lishini talab qiladi va Na, K-ATF-aza ishtirokida bo‘ladi. Aminokislotalarni tashish uchun taxminan 5 spetsifik transporterlar mavjud:
- neytral alifatik aminokislotalar uchun;
- siklik aminokislotalar uchun;
- asosiy aminikislotalar uchun;
- kislotali aminokislotalar uchun;
prolin uchun.
Bunda aminokislota Na+ bilan birikkan holda ichak epiteliysi membranasidan o‘tadi (simport usuli), Na+ esa hujayradan ATF-aza yordamida chiqarilib yuboriladi. Aminokislotalarni ikkinchi tashish usuli γ-glutamiltransferaza fermenti ishtirokida kechadi. Glutation uning kofermenti hisoblanadi. Birinchi bosqichda glutationning γ-glutamil qoldig‘i tashilayotgan aminokislotaga birikadi, hosil bo‘lgan dipeptid esa hujayra ichiga o‘tadi. Ikkinchi bosqichda dipeptiddan erkin aminokislotani ajralishi kuzatiladi, glutation esa resintezlanadi.
Ichakda juda oz miqdorda dipeptidlar va gidrolizmanmagan oqsillarni pinositoz yoli bilan so‘rilishi kuzatiladi va hujayra lizosomalari ta’sirida gidrolizlanadi. Chaqaloqlarda proteolitik fermentlar faolligining sustligi va ichak shilliq qavatining o‘tkazuvchanligining yuqoriligi natriv oqsillarni so‘rilishi va shuning natijasida organizmning sezuvchanligini oshishi kuzatiladi. Bu esa ovqat allergiyasini kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Hazmlanish jarayonlarini boshqarilishi
Oziq mahsulotlarni hazm bo’lishi me’da-ichak yollarida sintezlanuvchi gormonxos moddalar tizimi bilan boshqariladi (jadval). Shulardan gista’min gistidinni dekarboksillanishidan hosil bo‘ladi, gastrin, sekretin va xolesistokinin peptidlardir. Qolganlarining kimyoviy tuzilishi aniqlanmagan (23-jadval).
Ularning hosil bo‘lishi ovqatga va uning tarkibiga bog‘liq. Me’daga ovqat tushganda gista’min va gastrin sintezlanib, o‘z navbatida HCl va pepsinni ajralishiga olib keladi. Ximusni o‘n ikki barmoqli ichakka o‘tishi me’da suyuqligi ajralishini tormozlovchi enterogastronni qonga ajralishiga turtki bo‘ladi. Ximusni ichakka o‘tishi sekretin, xolesistokinin-pankreozimin, ximodenin, enterokrinin ishlab chiqilishiga sabab bo‘ladi. Bu jarayon esa hazmlanish uchun kerak bo‘ladigan pankreatik va ichak shirasini ajralishiga olib keladi.

Download 24.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling