Oqsillarning hazm bo'lishi
O‘n ikki barmoqli ichakda oqsillarning hazm bo‘lishi
Download 24.42 Kb.
|
OQSILLARNING HAZM BO\'LISHI
O‘n ikki barmoqli ichakda oqsillarning hazm bo‘lishi
O’n ikki barmoqli ichakda oqsillarga va me’dadan otgan turli xil kattalikda polipeptidlarga pankreatik va ichak shirasining fermentlari ta’sir qiladi. Xususan, oshqozon osti bezining proteolitik fermentlari tripsin, ximotripsin, karboksipeptidaza A va B lar ta’sirida oqsil va polipeptidlardan turli xil kattalikdagi peptidlar va erkin aminokislotalar hosil bo‘ladi. Me’da osti bezi hujayralarida tripsinogen, ximotripsinogen profermentlari, A va B prokarboksipeptidazalari, proelastaza sintezlanadi. Tripsinogenning faollanishi ichak hujayralari ishlab chiqaradigan enteropeptidaza fermenti ishtirokida o‘tadi. Enteropeptidaza ham proteolitik fermentdir: U tripsinogenning Nichidagi geksopeptidini ajratadi, shuning natijasida molekula qolgan qismi konformatsiyasi o‘zgarib faol markaz yuzaga keladi tripsin fermenti hosil bo‘ladi. Me’da osti bezining boshqa hamma profermentlari ham qisman tanlab o‘tadigan proteoliz yoli bilan faol holga keladi, natijada ximotripsin, A va B karboksipeptidazalar, elastaza degan fermentlar hosil bo‘ladi. Tripsin, ximotripsin, elastaza fermentlari endopetidazalardir, va ma’lum peptid bog‘lariga ta’sir ko‘rsatadi. Tripsin asosal lizin va arginin aminokislotalarining karboksil guruhlaridan hosil bo‘lgan peptid bog‘lariga ta’sir etadi. Ximotripsin tirozin, fenilalanin va triptofan aminokislotalardan hosil bo‘lgan peptid bog‘lariga nisbatan faoldir. Elastaza esa polipeptid zanjirining lizindan hosil bo‘lgan peptid bog‘lariga ta’sir etadi. Karboksipeptidaza A rux tutuvchi fermentdir va polipeptid zanjirining C-uchidagi aromatik va alifatik aminokislotalarni gidrolizlaydi. Karboksipeptidaza B esa faqat Cuchidagi lizin va argininni gidrolizlamaydi. Ichak aminopeptidazalari rux yoki marganets va sistein ta’sirida faollashadi va polipeptid zanjirining N-uchidagi aminokislotalarni gidrolizlaydi. Dipeptidazalar dipeptidlarni gidrolizlaydi, kobalt, marganets va sistein ta’sirida faollashadi. Barcha hazm peptidgidrolazalarining birma-bir ta’sir ko‘rsatib borishi, oqsillarning aminokislotalargacha tola parchalanishini ta’minlab beradi. Oqsillarning me’dada qisman hazm bo‘lishi keyinchalik ingichka ichakda hazm bo‘lishini garchi yengillashtirsada, lekin mutlaqo shart deb hisoblanmaydi. Me’da butunlay kesib olib tashlangandan keyin (total rezeksiya qilinganidan so‘ng) oqsillar singishining sezilarli darajada izdan chiqmasligi shundan dalolat beradi. Me’da va ichak hujayralari bez hujayralarida fermentlarning nofaol o‘tmishdoshlari hosil bo‘lib turishi tufayli ovqatni hazm qiluvchi peptidgidrolazalar ta’siridan saqlanib boradi, bunday ferment o‘tmishdoshlari ishlanib chiqqanidan keyingina faol holga o‘tadi. Bundan tashqari, fermentlar me’da yoki ichak boshligiga tushar ekan, hujayralarning oqsillariga toqnash kelmaydi, chunki shilliq parda shilimshiq qatlami bilan, har bir hujayra esa plazmatik membrana tashqi yuzasining peptidgidrolazalar substratlari bo‘lib hisoblanmaydigan polisaxaridlar bilan himoyalangan bo‘ladi. Biroq me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligida sohasidagi proteinazalar ta’sirida hujayralar yemirilib turadi. Pankriatit otning (va u bilan infeksiyaning) pankriatik yolga o‘tishi natijasida rivojlanadigan kasallikdir. Natijada me’da osti bezining proteolitik fermentlari tripsin, ximotripsin, karboksipeptidaza A va B, elastaza va kollagenaza ushbu kasallikda faol holda ajralib chiqib, me’da osti bezi to‘qimalarini parchalashi mumkin. Shunga ko‘ra to‘qimalarni oz-ozini parchalanishini oldini olish va davolash maqsadida trasilol, kontrikaldan foydalanadi. Trasilol polipeptid tabiatga ega bo‘lgan modda bo‘lib, yuqorida qayd etilgan fermentlarning ingibitorlaridir (qora molning quloq oldi bezlaridan olinadi). Otkir pankreatit, pankreonekroz va surunkali pankreatitni davolashda ishlatiladi. Download 24.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling