Oqsillarning hazm bo'lishi
Endogen oqsillarining to‘qimalarda parchalanishi
Download 24.42 Kb.
|
OQSILLARNING HAZM BO\'LISHI
Endogen oqsillarining to‘qimalarda parchalanishi
Organizmda to‘qima oqsillari doimo yangilanib turadi. Bir sutkada odam oqsilining 400 g yangilanadi. Oqsillarning yangilanish tezligi turlichadir: bir necha daqiqadan to 80-120 kungachadir. Shulardan taxminan 100 g aminokislotalar to‘liq parchalanishga uchraydi. Toqima oqsillarini gidrolizi to‘qima proteinazalari katepsinlar ishtirokida boradi. Ular asosan lizosomalarda bo‘lib, gidrolitik fermentlar hisoblanadi. Ammo katepsinlar boshqa hujayra organoidlarida, mitoxondriyalarda, endoplazmatik turda, gialoplazmada ham uchraydi. Lizosomal katepsinlar kislotalidir, boshqa qismlaridagilari esa neytral yoki kuchsiz ishqoriydir. Gidrolizga uchraydigan oqsil apparat Golji va endoprlazmatik turda autofagosomani hosil qiladi, so‘ng birlamchi lizosoma bilan qoshilib autolizisga uchraydi. Ularning ta’sirini sitoplazmatik katepsinlar toldirib turadi. Katepsinlar nafaqat pH muhiti, balki spetsifikligi bilan ham farqlanadi. Ular ekzo- va endopeptidazalarga bo‘linadi, faol markazning katalitik guruhiga qarab tiol, asparagin va serinli katepsinlarga bo‘linadi. Tiol katepsinlarga: Katepsin B (pH 5,5-6,0), endopeptidaza hujayra ichi oqsillarini gidrolizlaydi (glikoliz fermentlari, immunoglobulinlar, miofibrill oqsillari, kollagen, gemoglobin) hamda oshqozon osti bezida proinsulinni insulinga aylantiradi. Katepsin N (kollagen parchalovchi ferment) endopeptidaza hisoblanadi va faqat kollagenga ta’sir etadi. Nativ kollagen uchun pH 3,8, eruvchi kollagen uchun esa pH 6,0. Odamning taloq va yoldosh to‘qimalarining lizosoma va sitoplazmasida topilgan. Katepsin H endopeptidaza va aminopeptidazadir. Ular asosan sitoplazmaning suvda eruvchi oqsillarini gidrolizmaydi, pH 6,0-7,0, uning faolligi odam jigarida yuqoridir. Katepsin L endopeptidaza, pH 5,0, barcha to‘qimalarda topilgan va sitoplazmadagi tez almashinadigan oqsillarini gibrolizlaydi. Katepsin C ekzopeptidaza, pH 5,0-6,0, N-uchidagi bog‘larga ta’sir etadi. pH 7,0-8,0 atrofida polimeraza faoliyatiga ega. Katepsin S endopeptidaza, pH 3,0-4,0, taloq va limfatik tugunlarda topilgan. Download 24.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling