54
Samarqand Davlat universiteti
Raqamli texnologiyalar fakulteti
Dasturiy injiniring kafedrasi
“Tizimli dasturlash” fani
MA’RUZALAR MATNI
DARS ISHLANMASI
Ma’ruza № 1
Mavzu: Kirish. Programma ta’minoti strukturasi
Reja:
1. EHM arxitekturasi va programma ta’minoti.
2. Tizimli va amaliy programma ta’minoti.
3. Sistemaviy programmalash.
4. Mashina, operatsion tizim va vositalar.
Darsning maqsadi:
a) Hisoblash tizimining apparat va programma ta’minoti
bilan chuqurroq tan-
ishtirish.
b) Tizimli va amaliy programma ta’minoti strukturasi haqida talabalarda asosiy
bilimlarni hosil qilish.
d) Sistemaviy dasturlashning muhimligi va xususiyatlarini ochib berish.
Tayanch iboralar: Hisoblash tizimi, arxitektura, programma
ta’minoti, platforma, kontroller, tizimli programma, operatsion sistema.
Dars o’tish vositalari: sinf doskasi, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza
matnlari , kompyuter, ma’ruza bo’yicha slaydrlar.
Dars o’tish usuli: namoyish-dasturiy
vositalarni ishlatish,
jonli muloqotli
ma’ruza
Darsning xrono xaritasi – 80 minut
1. Tashkiliy qism: xonaning tozaligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning
davomati(2 minut).
2. Talabalar bilimini baholash: o’tilgan mavzuni qisqacha takrorlash talabalar
55
bilan savol - javob o’tkazish (10 minut).
3. Yangi mavzuning bayoni: mavzuni jonli - muloqatli tushintirish (55 minut).
Do'stlaringiz bilan baham: