O’quv amaliyot mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi mavzu (nomi)
Download 236.5 Kb.
|
7 мавзу
PARRANDANI OZIQLANTIRISH.
PARRANDANI OZIQLANTIRISH TURLARI Qishloq xo’jalik parrandalari oziq tanlamaydi. Ularga har xil oziq berish mumkin: sutni qayta ishlash kombinati, go’sht kombinati tabiiy chiqindilari; mo’ynachilik xo’jaliklari chiqindisidan tayyorlanadigan qiyma; baliq sanoati tabiiy chiqindilari; go’sht, go’sht va suyak, baliq kit unlari; baliq moyi, kit moyi; texnikaviy yog’ kabilar; dehqonchilikdan olinadigan oziqlardan makkajo’xori doni, arpa, suli, bug’doy, javdar, no’xat va ularning kepaklari, ko’k ut yoki beda uni, ildizmevalar, kombisilos va shunga o’xshash boshqa oziqlar. Parrandaga faqat bir xil oziq berib boqish natija bermaydi. Uning talabini qondirib oziqlantirish uchun bir necha xil oziqlarni aralashtirib berish maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki bunda bir xil oziqning tarkibida bo’lmagan yoki talabni qondirish uchun yetishmagan -oziq moddani ikkinchi xil oziqni aralashtirish yo’li bilan to’ldiriladi. Natijada oziqlantirish samarasi ham yuqori bo’ladi. Keyingi yillarda parrandani maydalangan aralash yem bilan oziqlantirish qoniqarli natija bermoqda. Bu xil usul bo’yicha boqishda yem tarkibiga bir necha xil don oziqlar, chorva mahsulotlaridan iborat oziq komponentlari, ko’k o‘t, ignabargli o’simliklar hamda beda unlari, poroshok holatiga keltirilgan mineral moddalar, mikroelementlar, vitamin preparatlari, premikslar va zarurat bo’lsa, antibiotiklar, biostimulyatorlar kiritiladi. Ayni xil qorishma tarkibida parrandaning tana jismiga zaruriy oziq moddalarning hammasi mavjud bo’ladi. Ma’lumki, hozirgi sanoat parrandachiligida, ayniqsa parrandani batareya kataklarida asrab boqishda maydalangan aralash yem berib oziqlantirish samarali natijalar bermoqda, ya’ni parrandalarga kam oziq sarf qilib ko’p mahsulot ishlab chiqarishga erishilmoqda. Masalan, “Toshkent” parrandachilik fabrikasida 1979 yilda o’rtacha har 10 dona tuxum olish uchun 2,4 oziq birligi, 1 kg qo’shimcha vazn olishga 8,5 oziq birligi sarf bo’lgan. “Bo’stonliq” parrandachilik fabrikasida tegishlicha 2,4; 8,3 oziq birligi; ayrim parrandachilik xo’jaliklarida 2,19; 8,3 oziq birligi sarf bo’lgan. Bu fabrikalar tuxum ishlab chiqarish bo’yicha ixtisoslashgan. Shuning uchun qo’shimcha tirik vazn olishga qilingan sarf, go’sht ishlab chiqarish bo’yicha ixtisoslashgan xo’jaliklarga qaraganda yuqori. Go’sht ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Yangiyo’l broyler fabrikasida har 10 dona tuxum olishga 4,3 oziq birligi, 1 kg qo’shimcha tirik vazn olishga esa 5,9 oziq birligi sarf bo’lgan. Gosplemzavodda esa bu ko’rsatkichlar tegishli 3,5; 5,5 oziq birligi atrofida. Parrandani maydalangan aralash yem bilan boqish usuli uch turga bo’linadi: quruq yem berib boqish, oziqqa qorib berish, kombinatsiyalashgan xilda boqish. Download 236.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling