O’quv amaliyot mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi mavzu (nomi)
Kombinatsiyalashgan (uyg’unlashtirilgan) tur bo’yicha oziqlantirish
Download 236.5 Kb.
|
7 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Kombinatsiyalashgan (uyg’unlashtirilgan) tur bo’yicha oziqlantirish. Hozirgi davrda eng ko’p qo’llaniladigan oziqlantirish usuli bu, bir kunning o’zida quruq omixta yem, butun holdagi don, qorilgan yem berilsa, kunduzi qorilgan aralash yem, kechki oziqlantirishda butun don berishdan iborat. Donning 1/3 qismi undirib berilsa ham bo’ladi. Uyg’unlashtirilgan turda oziqlantirishning qulayligi shundaki, parrandaga butun don, undirilgan don, quruq omixta yem, qorilgan yem, sabzi, lavlagi, bryukva kabi ildizmevalar, poliz ekinlari mevasi, kombisilos, maydalangan ho’l beda, achitqilar, obrat, tvorog, sut zardobi, tabiiy baliq go’sht kombinati tabiiy chiqindilari, go’sht qiymasi kabi xilma-xil oziq berilishi mumkin.
Qorilgan oziq bilan boqishning hamda uyg’unlashtirilgan turda oziqlantirishning bir qancha kamchiliklari ham bor: Qorilgan yemni tayyorlash, ulushlash va tarqatish uchun murakkab mexanizm uskunalar o’rnatilishi kerak. Yem tayyorlash uchun mexanizmlar ham ma’lum vaqt ishlashi va uni ishlatish uchun ishchi vaqta sarflanishi lozim. Buning ustiga qorilgan yem mexanizmning ishchi qismlariga yopishib qoladi. Yopishgan yem har doim tozalanib turilishi kerak. Buning uchun ham ishchi soati sarflanadi. Yem oxurlarda turib qolib oxur devorlariga yopishib qolsa, achiydi, unda har xil mikroblar rivojlana boshlaydi. Bunday oziqni yegan parrandalarning ichi o’tadi. Me’da faoliyati o’zgaradi, ichak kasalligiga chalinadi. Yem berilgandan so’ng oziq, oxurlari tozalab yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi kerak. Ma’lumki, bu ishlar juda ko’p mehnat va vaqt talab qiladi. Qorilgan yem oziq oxuriga bir tekis tushmaydi. Oxurning bir joyiga oz, ikkinchi joyiga ko’p tushib qoladi. Ko’p tushgan qismida parrandalar to’dalanib ketadi. Bu holda agar mayda jo’ja bo’lsa, bosiladi, shikastlanadi, ustma-ust bo’lib to’dalanish natijasida tagiga tushib qolgani bosilib halok bo’ladi. Shuningdek, parranda bir tekisda o’sib rivojlanmaydi. Oziq bilan yaxshi ta’minlana olmaganlari mayda, nimjon va pachoq bo’lib qoladi. Quruq oziq berilganda bunday hol bo’lmaydi. Yem oxurlarga bir tekis qalinlikda tushadi va parrandalarning hammasi oxurning uzunligi bo’ylab tizilib turib oziqlanadi. Bir joyga uyilish, bir-birini bosish kabi holatlar ro’y bermaydi. Omixta yemni quruq berilganda yuqorida qayd qilingan kamchiliklar bo’lmaydi. Shu asosda ma’lum darajada mehnat unumdorligi ortadi. Brotsevskiy parrandachilik fabrikasida 3000 ta tovuqni boquvchi ishchi qorilgan yemni qo’lda tarqatib berishga 3,5 soat vaqt ketkazdi, quruq, omixta yem tarqatishga esa salkam 2 soat vaqt sarfladi. Qorilgan yem tarqatish uchun ketgan ortiqcha vaqtni qisqartish hisobiga parranda boqarga birkitiladigan parranda bosh sonini 30% oshirish mumkin. Agar oziqni qorib tayyorlash uchun ketadigan vaqtni ham hisoblansa, parrandani birkitish me’yorini 50% ga oshirsa ham bo’ladi. quruq yem berishda agar parrandaxonadagi ish jarayonlari mexanizmlar yordamida bajarilganda ish unumdorligi yanada yuqori bo’ladi. Bunda har bir parrandaboqarga 10—12 ming tovuq birkitish mumkin bo’ladi. Akademik S. I. Smetnevning ko’rsatkichlari bo’yicha go’sht uchun boqilayotgan tovuqlarga quruq omixta yem berib oziqlantirilganda parrandaning o’rtacha tirik vazni qorilgan yem bilan boqilgan tovuqqa qaraganda 4% ko’p bo’ldi. Tovuq go’sht uchun so’yilganda odam iste’mol etadigan qismi 7% ko’p bo’lganligi aniqlandi. Amaliy ishlar jarayonida erishilgan muvaffaqiyatlar parrandani quruq holdagi aralash yem bilan oziqlantirish qorilgan oziq berib boqishga qaraganda samarali ekanini isbotladi. Demak, endilikda parrandachilik xo’jaliklari quruq, turda oziqlantirishga o’tishlari maqsadga muvofiq bo’ladi. Ma’lumki, bunda tarqatiladigan yem parrandaning hayoti va faoliyati uchun zarur bo’lgan hamma moddalar bilan to’yintirilgan bo’lishi lozim. Oziq tarkibiga kiritiladigan ingridientlar tegishli yiriklikda bo’lishi lozim. Aralash yem tarkibiga qo’shiladigan mikroelement, vitamin, aminokislota va biopreparatlarning hammasi kukun holatda bo’lishi kerak. Bu holda ular yem tarkibiga yaxshi va bir tekis aralashadi. Oziq tarqatib berilganda yemga aralashgan mikroqo’shimchalar ham oxur bo’ylab deyarli teng qalinlikda tushadi, parrandaning hammasi to’liq ta’minlanadi. Natijada ular jadal o’sadi, yaxshi rivojlanadi, vaqtida voyaga yetib mahsulot bera boshlaydi. Nazorat savollari: Qo’ylarni asrashning qanday usullari mavjud? Qo’ylarni boqishning qanday turlari mavjud? Parrandalarning necha xil oziqlantirish turlari mavjud? Parrandalarga quruq yem berib boqish tartibi bilan tanishtiring. Qozib berishning ahamiyati qanday? Kombinatsiyalashgan usulda oziqlantirish qanday? Download 236.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling