O’quv amaliyot mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi mavzu (nomi)
Download 236.5 Kb.
|
7 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’qitish vositalari Ma’ruza matni O’qitish sharoiti.
- Qayta aloqaning usul va vositalari Og’zaki: savol – javob O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
- Ish bosqichlari va vaqti Faoliyat mazmuni O’qituvchi
- Tashkiliy qism: 1.1
- 2- bosqich Asosiy (210 daqiqa) 2.1
- 3-bosqich yakuniy (10 daqiqa) Mashg’ulot yakuni 3.1
- 7- Mavzu (nomi)
- QO’YLARNI ASRASH VA BOQISH
- tog’
O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
7- Mavzu (nomi) Qo’y va echkilarni oziqlantirish. Qishloq xo’jaligi parrandalarini oziqlantirish. Reja: Qo’ylarni asrash va boqish. Qo’ylarni go’sht uchun boqish. Parrandalarni oziqlantirish. Parrandani oziqlantirish turlari. QO’YLARNI ASRASH VA BOQISH QO’YLARNI ASRASH. Suruvdagi qo’ylarning yoshi, biologik xususiyatlari, fiziologik holati va mahsuldorlik ko’rsatkichlariga qarab, ularning har birining ehtiyojini qondiradigan darajada oziq me’yorlar bilan ta’minlab borish lozim. Buni amalga oshirish ko’proq qo’ylarni asrash sharoitlariga bog’liq. Har qanday zot qo’y o’ziga xos biologik xususiyatga ega. Shuning uchun ular yilning fasl o’zgarishiga hamda urchitilayotgan qo’yxonalarning tabiiy sharoitiga qarab, turlicha asraladi. O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’istonning cho’l va sahro hududlarida, Qirg’iziston, Tojikiston respublikalarining tog’ va tog’ bag’ri mintaqalarida qo’ylar butun yil mobaynida yaylovlarga haydab boqib asraladi. Kuz, fasli issiq kelgan yillarda qo’ylar yaylovlardan yaxshi foydalanadi. Kuzning ob-havo sharoiti yoz oylariga nisbatan salqin bo’lishi qo’ylarning ishtahasini ochadi va ular yaylov o’tlari bilan yaxshi oziqlanadi. Shuningdek, bu davrda cho’l, yarim sahro va sahro yaylovlarida o’sadigan ko’pgina o’simliklarning nami ketib, urug’i pishadi. Natijada oziqalarning to’yimliligi ortadi. Bunday dag’al xashaklarni ishtaha bilan yegan qo’ylar jadal semiradi. Vujudiga teriosti yog’ qatlami, dumba yog’i, ichki krem yog’ zaxiralari hosil qiladi. Semiz qo’ylar qish sovuqlarida oziq yetishmay qolishiga qaramay sog’lom saqlanadi va erta bahor yaxshi, tetik, risoladagidek o’sib rivojlangan, sog’lom qo’zi beradi. Ko’pchilik xo’jaliklarda (ayniqsa, qorako’lchilik mintaqalar xo’jaliklarida) kuzda sero’t o’tloqlar bo’lmaganligi sababli qo’ylar yaxshi semirmay qoladi va qishda ob-havo sovuq kelsa, yana ham oriqlab ketadi. Bunday holatning oldini olish uchun qo’ylar qishlaydigan joyga ma’lum miqdorda to’yintirilgan yem va dag’al oziq jamg’arib qo’yilgan bo’lishi kerak, shundagina qo’ylarni qish sovuqlaridan sog’lom to’la-to’kis saqlab qolish mumkin. Bundan tashqari, qo’ylarni qish faslida asrash uchun qishlov joylari shamoldan pana qilib, baland qurilgan bo’lishi lozim. Qishlov joylarida qor, yomg’ir yog’ib turgan kunlarda qo’ylarni asrash uchun maxsus kasharlar (usti va yon tomonlari devor bilan o’ralgan bostirma) kurilgan bo’lishi kerak. Havo yog’magan va izg’irin sovuq bo’ron bo’lmagan ochiq havoda, yaylov qor bilan qoplangan bo’lishiga qaramay, qo’ylar yaylovlarga haydab boqiladi. Agar kashar bo’lmasa, qishlik yaylovlarda qo’ton (yon tomonlari devor bilan o’ralgan, ammo tepasi-usti ochiq, inshoot- joy) kurilgan bo’lishi va qo’ylar shu yerda saqlanishi kerak. Qo’tonlarda qoldirilgan qo’ylar kechalari ham bir necha soat davomida qo’ton atrofida yayratib boqib kelinadi. O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’istonda qishning oxirgi oyida qo’ylarni asrashga yaxshi e’tibor berish va kashar atrofidagi yaylovlardagina boqib turish lozim. Chunki bu davrda ob- havo sharoiti juda ham o’zgaruvchan bo’lib, tez-tez qor, yomg’ir, bo’ron turadi. Ayni hollar ro’y berishi bilan kashar atrofida boqilayotgan qo’y suruvlari darhol kasharga kiritilishi va sovuqdan ehtiyot qilinishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Bahor fasli boshlanib, kunlar isishi bilan qo’ylar qo’zilatish yaylovlariga haydab ketiladi. Bahorda ham yomg’irli, sovuq shamolli, ba’zan ho’l qor yog’ib o’tadigan kunlar bo’lib turadi. Shuni hisobga olib, qo’zilatish yaylovlarida qo’zilarni yoki sovliqni quruq sharoitda asrash uchun yog’in-sochindan pana joylar kurib qo’yilishi zarur. Iloji bo’lgan xo’jaliklar qo’yxonalar, yomg’irda qolib ho’llangan qo’zilar junini quritish maqsadi bilan isitiladigan xonalar kurib qo’yish samarali natijalarni beradi. Ayniqsa, tog’ bag’ri hududlaridagi qo’ychilik xo’jaliklarida isitiladigan xonalar qurilishi maqsadga muvofiqdir. Ukraina, Rossiya, Belorussiya va Boltiq bo’yi davlatlarida qo’ylar qish oylarida maxsus qurilgan issiq qo’yxonalarda asraladi va qo’ldan oziq berib boqiladi. Qo’zilatish tadbiri bu mintaqalarda qishning yanvar oyida o’tkaziladi. Ana shu bois ayni davlatlar qo’ychiligida qo’zilarni asrash uchun “Teplyak”lar deb nomlanuvchi isitiladigan xonalar qurilgan bo’ladi. Download 236.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling