O’quv amaliyot mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi mavzu (nomi)


Download 236.5 Kb.
bet6/7
Sana04.04.2023
Hajmi236.5 Kb.
#1328113
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7 мавзу

Quruq yem berib oziqlantirish. Bunday oziqlantirish uchun maydalangan quruq yem yoki donador omixta yemdan foydalaniladi. Ayrim holda yem tarkibiga butun holdagi don ham aralashtirib berilishi mumkin. Mineral mod­dalar, mikroelementlar oldin kukun holatiga keltirilib, so’ngra yemga aralashtirib yuboriladi. Vitamin bi­lan to’yintirish uchun esa quruq va mayda holdagi vitamin preparatlari qo’shiladi yoki vitaminlarga boy bo’lgan barra beda uni, achitqilar qo’llaniladi. Shuni ham e’tiborda tutish kerakki, vitaminlar oziq tarkibiga aralashgan holda uzoq saqlanmaydi. Ular tez kunda yemiriladi va yo’q bo’ladi. Buning oldini olish uchun yemga aralashtirilgan vitaminlar o’z vaqtida yemirilmaydigan turg’un holatga keltirilib (stabillashtirilib) qo’yilishi kerak. Agar turg’unlik holatiga keltirish me’yori belgilanmasa, oziqni parrandaga berish oldidan aralashtirilishi lozim.
Go’sht kombinati chiqindilari, baliq chiqindilari be­rish mo’ljallansa, yem majmuiga kiritishdan oldin quritiladi va maydalanadi; suyak, go’sht, go’sht va suyak unlari bir tekisda qilib maydalanadi, keyin yemga aralashti­rilishi mumkin.
Qorilgan oziq berib boqish. Mayda holdagi yem suv, obrat, sut zardobi, sigir suti, suyak yoki go’sht qovurmasida, baliq yoki go’sht qiymasida qoriladi. Qorilgan oziq g’arg’usha bo’lishi, ya’ni uvalanib turadigan bo’lishi kerak. Buning uchun suyuq aralashma 40% dan ortiq olinmasligi lozim. Aks holda qorishma hamirga o’xshab qoladi. Uni parrandaga berilganda ularning burun parraklariga yopishadi va berkitib qo’yadi. Natijada parranda nafas ololmay qiynaladi. Patlariga ham yopishadi. Hamirga esa chang, to’zon, axlat yopishadi va parrandaning pari-pati ifloslanadi.
Qorilgan yem bilan boqishda parrandaga yedirishga mo’ljallangan don undirib berilishi mumkin. Odatda kunlik oziq me’yorining 1/3 qismi undirilgan don qilib beriladi. Undirilgan don kombisilos bilan almashtirib ham beriladi. Qish oylarida havo sovuq bo’lsa, yem qorish uchun olingan suyuqlikni isitish kerak bo’ladi.
Qorilgan oziq ko’p qilinmaydi. Uning me’yori par­randa 40—50 minut davomida oziqlanishiga mo’ljallab tayyorlanadi. Oziq oxurchalarida yem qolmasligi kerak. Agar, bordi-yu, bir oz yem qolguday bo’lsa, uni darhol qirib tozalab olish lozim. Aks holda qolgan yem achiydi. Bun­day oziq parrandaning oziq hazm qilish fiziologiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

Download 236.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling