O‘quv amaliyot vazifalari:
Uzluksiz ta’lim tizimining umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quv-tarbiyaviy ishlar tizimi, pedagogik jamoa bilan tanishish. Amaliyotchi - talabalarda maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarida ta’limiy-tarbiyaviy ishlar tizimini har tomonlama o‘rganish, dars, darsdan tashqari turli ko‘rinishdagi ta’limiy-tarbiyaviy tadbirlarni kuzatish va tahlil qilish, o‘quv-malakalarini takomillashtirish.
O‘quv amaliyoti jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi:
o‘quv me’yoriy hujjatlar (namunaviy dastur, ishchi dastur, kalendar reja) bilan ishlash;
darslarni tahlil qilish va tahlilini yozish;
kutubxonada adabiyotlar bilan ishlash;
talabalarda tarbiyaviy ishga ongli, mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, tarbiyaviy ishni tashkil etish mahoratini tarkib toptirish;
guruh murabbiyining kasbiy ahamiyatli sifatlarini o‘zlashtirishni ta’minlash;
muayyan pedagogik vazifalarni amalga oshirish orqali pedagogik-psixologik bilimlarni amaliy faoliyat jarayonida mustahkamlash va boyitish;
tarbiyaviy ishni tashkil etishga doir ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish;
O‘quv amaliyoti davrida quyidagi pedagogik ko‘nikma va malakalarni egallashi zarur:
o‘quvchilar jamoasining ijtimoiy-psixologik va yosh xususiyatlarini hamda ma’naviy-ahloqiy, fuqarolik tarbiyasining umumiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda aniq tarbiyaviy vazifalarni belgilay olishi:
tarbiya jarayonini to‘g‘ri loyihalashtirish va rejalashtirish maqsadida o‘quvchilar jamoasi va o‘quvchi shaxsini o‘rganish;
O‘quv amaliyotining hajmi:
№
|
O‘quv amaliyotini
o‘tash davri
|
Haftalar
|
Ajratilgan bir haftalik soat
|
Ajratilgan umumiy soat
|
Semestr
|
1
|
3 hafta
|
12-14
|
30
|
90
|
2
|
Do'stlaringiz bilan baham: |