2.3. O‘quv amaliyotni tashkil etishning asosiy tamoyillari
1. O‘quv amaliyotning DTSga muvofiqligi.
2. O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan. «O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining o`quv amaliyoti haqida»gi Nizomga mosligi.
3. O‘quv amaliyotning pedagogika universiteti oquv rejalari va amaliyot dasturlariga muvofiqligi.
4. O‘quv amaliyotda nazariya va amaliyot birligi.
5. O‘quv amaliyot natijalari muhokamasida oshkoralik.
6. O‘quv amaliyot natijalarini baholashda amaliyot ta’lim muassasasi rahbarlarining obyektivligi.
2.4. O‘quv amaliyot jarayonida kasbiy pedagogik ko‘nikma asoslarini egallash:
1. O‘quvchilar jamoasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quv-tarbiyaviy vazifalarini belgilash.
5. O‘quv -tarbiyaviy ishlarni kuzatish va tashkil qilish, unga tuzatishlar kiritish.
6. O‘quvchilar, o‘qituvchilar, sinf rahbarlari bilan hamkorlik qilish.
2.5. Amaliyotchi – talaba faoliyati mazmunining tarkibiy bosqichlari:
I. Tashkiliy ishlar:
Uzluksiz ta’lim tizimining umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quv-tarbiyaviy ishlar tizimi, pedagogik jamoa bilan tanishish.
2. O‘quv muassasasining moddiy-texnika ta’minoti va adabiyotlar ta’minlanganlik darajasi bilan tanishish.
3. O‘quv muassasasidagi ma’naviy-tarbiyaviy ish rejalari bilan tanishish.
4. Turkum fanlar o‘quv-uslubiy hujjatlari yuritilishi bilan tanishish.
II. O‘quv -uslubiy ishlar:
Amaliyotchi talabalar –
1. Ixtisoslik fanlari o‘qituvchilarining darslarini kuzatish va tahlil qilish.
2. O‘qituvchining baholash metodini o‘rganish.
3. “Kundalik.com” sayti bilan tanishish va unda ishlashni jarayonini o‘rganish.
4. Fan to‘garaklarini kuzatish.
5. PISA va PIRLS tadqiqotlarini o‘rganish.
6. Mavzular bo‘yicha ilmiy, uslubiy adabiyotlarni o‘rganish.
7. Sinf, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar rejasi bilan tanishish.
8. O‘qituvchining o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyalari bilan tanishish.
9. O‘quv muassasasida sinf rahbarlari ishini o‘rganish
10. O‘quv amaliyot yuzasidan hisobot hujjatlarini tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |