O‘quv dastur


O‘quv rejaga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fan nomi


Download 0.89 Mb.
bet144/170
Sana13.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1266245
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   170
Bog'liq
40920101 - Tibbiy-ijtimoiy ishlar (2)

O‘quv rejaga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fan nomi

  1. Mehnat huquqi;

  2. Fuqarolik va oila huquqi;

  3. Biznesni tashkil etish va yuritish;

  4. Jamiyat sog‘lig‘ini saqlash va tibbiy statistika;

  5. Jamoada tibbiy-ijtimoiy ish.

O‘qitishni tashkiliy shakli

N-nazariy ta’lim;
A-amaliy ta’lim;



Dasturga qo‘yilgan talab

Majburiy

O‘qitish tili

Guruhga tayinlangan dars tili asosida

Baholash tartibi

Joriy baholash tartibiga asoslanib

O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash

Yozma, og‘zaki, savol-javob,munozara,test, amaliy topshiriqni bajarish



2.O‘quv dasturi mazmuni



Mavzular nomi

Mavzuning qiskacha mazmuni

Jami

O‘qitishning tashkiliy

Mustakil
ta’lim

1

Ijtimoiy ta’minot fanining tushunchasi, mazmuni va tizimi.
Ijtimoiy ta’minot turlari.

O‘zbekkiston Respublikasi Konstitusiyasida belgilangan fuqarolarning ijtimoiy
ta’minot sohasidagi huquqlari.Ijtimoiy ta’minot fani tushunchasi. Ijtimoiy
ta’minot turlari. Pensiya va nafaqa tushunchasi va ularning turlari. Ijtimoiy ta’minotning uslubi va tizimi. Ijtimoiy ta’minotning boshqa huquqiy fanlar bilan
aloqadorligi.



2

N




2

Ijtimoiy ta’minotning asosiy tamoyillari

Ijtimoiy ta’minotning tamoyillari tushunchasi va turlari.Ijtimoiy
ta’minot asosiy tamoyillarining mohiyati va mazmuni. Ijtimoiy ta’minotning
umumiyligi va hammaga baravarligi. Ijtimoiy ta’minot turlarining xilma-xilligi va ko‘p qirrraliligi. Ijtimoiy ta’minotning davlat va jamoat mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi.Ijtimoiy ta’minotning jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida fuqarolar
ehtiyojini qondirishi uchun yetarli darajada belgilanishi.
Ijtimoiy ta’minotni davlat boshqaruv organlari va jamoat tashkilotlari orqali
mehnatkashlarning o‘zlari tomonidan boshqarilishi.



2

N




3

Ijtimoiy ta’minotning asosiy manbalari

Ijtimoiy ta’minotning asosiy manbalari tushunchasi va ularning turlari.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi - ijtimoiy ta’minot huquqining asosiy manbai sifatida.
Ijtimoiy ta’minot huquqining maxsus manbalarining umumiy tavsifi.
Aholi ijtimoiy muhofazasiga doir hukumat qarorlari va boshka me’yoriy hujjatlar.



2

A

2

4

Ijtimoiy ta’minotda huquqiy munosabatlar

Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlar tushunchasi.Ijtimoiy ta’minot bo‘yicha huquqiy munosabatlarning asosiy turlari: moddiy ta’minlanish va ijtimoiy xizmat turlari.
Ijtimoiy ta’minotga doir huquqiy munosabatlarining vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lish asoslari. Yuridik faktlar va ularning turlari.

2

A

2

5

Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi

Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasini tashkil qilish tartibi va maqsadi. Byudjetdan tashqari pensiya jamag‘armasining vazifalari, huquq va burchlari.

2

N

2

6

Mehnat staji va uning ijtimoiy ta’minot huquqini amalga oshirishdagi ahamiyati

Mehnat staji tushunchasi, uning turlari, tavsifi va ijtimoiy ta’minotdagi ahamiyati.
Umumiy mehnat staji, imtiyozli mehnat staji va maxsus mehnat staji.
Mehnat stajini hisoblash tartibi. Ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan faoliyat
turlari. Imtiyozli ish staji, imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan stajga hisoblanadigan faoliyatning boshqa turlari. Maxsus mehnat staji. Imtiyozli pensiya tayinlashda ish stajini o‘zaro qo‘shib hisoblashning o‘ziga xos xususiyati. Ish stajini tasdiqlash tartibi. Ish stajini tasdiqlovchi hujjatlarga umumiy tavsif. Guvohlar ko‘rsatmasi asosida ish stajini tasdiqlash qoidalari.

4

N A

2

7

Yoshga doir pensiyalar



Yoshga doir pensiya tushunchasi va uning turlari. Umumiy asoslarda yoshga doir pensiya tayinlash shartlari. Yoshga doir pensiya mikdori (tayanch, ortiqcha staj uchun oshirish va ustama haqlar) tushunchasi va uni hisoblab chiqarish tartibi. Yoshga doir pensiyalarni ish staji uchun oshirish tartibi.
To‘liqsiz ish staji bilan yoshga doir pensiya. Muddatidan ilgari pensiya tayinlash
shartlari. Imtiyozli pensiyalar va ularning turlari.Yoshidan kat’i nazar imtiyozli pensiya tayinlash shartlari. Umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya tayinlash shartlari.
Umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya tayinlash shartlari.

4

N A

2

8

Nogironlik pensiyalari

Nogironlik pensiyasi tushunchasi. Nogironlik sabablari va turlari.
Nogironlik pensiyasining mikdorlari (tayanch, ortiqcha staj uchun oshirish va ustama haqlar)
tushunchasi. Ish staji to‘liq bo‘lmaganda nogironlik pensiyasi tayinlash shartlari, hisoblash tartibi va miqdorlari.
Nogironlik pensiyasini tayinlash muddatlari.

4

N A

2

9

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari

Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tushunchasi. Marhumning mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari doirasi va qaramoqda bo‘lganlik tushunchasi. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash shartlari.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi miqdorini (tayanch, ortiqcha staj uchun oshirish va ustama haqlar) aniqlash tartibi. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash muddatlari. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasidan ulush ajratish qoidalari.

4

A

2

10

Pensiyalarni hisoblab chiqarish va qayta hisoblash



Pensiya mikdori tushunchasi. Pensiya miqdorini aniqlash uchun o‘rtacha ish haqini
aniqlash .
Pensiya hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi va to‘lov turlari.
Pensiya tayinlash chogida mehnat stajining ahamiyati
Pensiya tayinlashda ustamalar qo‘llash tartibi.
Pensiyalarni qayta hisoblash.

4

N A

2

11

Pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilish



Pensiya tayinlash uchun murojaat qilish tushunchasi. Pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza va uni berish tartibi.
Yoshga doir, nogironlik, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarni tayinlash uchun talab qilinadigan hujjatlar.

4

N A

2

12

Pensiyalarni to‘lash tartibi

Pensiyalarning to‘lovini tashkil etishning umumiy qoidalari.
Ishlovchi pensionerlarga pensiya to‘lash tartibi.
Ishlamaydigan pensionerlarga pensiya to‘lash tartibi.

4

N A

2

13

Nafaqalarni tayinlash va to‘lash

Nafaqalar tushunchasi, uning turlari va umumiy tavsifi. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni tayinlash va to‘lash. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi. Homiladorlik va tug‘ish ta’tili nafaqasi. Dafn marosimi uchun beriladigan nafaqa. Byudjet hisobidan to‘lanadigan ijtimoy nafaqalar va ularning turlari.

4

A

2

14

Nogironlarning tibbiy-ijtimoiy va kasbiy
reabilitasiyasi

Nogironlarning tibbiy-ijtimoiy va kasbiy reabilitasiyasi tushunchasi.
Nogironlarni ishga joylashtirishning huquqiy asoslari.

4

N A

2

15

Fuqarolarni protez ortopedik buyumlari bilan
ta’minlash shartlari va tartibi

Fuqarolarni protez ortopedik buyumlari va harakatlanish vositalari bilan ta’minlash tartibi. Protezlashning maqsadi – nogironni ijtimoiy foydali mehnatga jalb
etish va shu bilan birga uni jamiyatning to‘la huquqli a’zosiga aylantirish. Nogironlarni
maxsus harakat vositalari bilan ta’minlash sohasidagi me’yoriy hujjatlar.

4

A

1

16

O‘zgalar yordamiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz pensionerlarni ijtimoiy
himoyalash.



O‘zgalar yordamiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz pensionerlarni ijtimoiy himoyalash
tushunchasi.
O‘zgalar yordamiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz pensionerlarni ijtimoiy himoyasi turlari va shakllarini rivojlantirish hamda uni takomillashtirish.
Uyda tibbiy- ijtimoiy xizmat ko‘rsatish - qariyalar va nogironlarga ijtimoiy- maishiy xizmat ko‘rsatishning turlaridan biridir.

4

N A











Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling