O‘quv dasturining nomi
|
Tibbiy terminologiya va lotin tili
|
Ajratilgan soat
|
40
|
Mavzular soni
|
20
|
Dasturning maqsadi
|
o‘quvchilarda ta’lim tarbiya, qonun va qoidalardan hamda didaktik tamoyillaridan kelib chiqib, o‘quvchilarning lotin tili va tibbiy terminologiya modulini asosini o‘zlashtirishga, shuningdek, bu bilimlarni amaliyotda qo‘llash, shakllantirishga va o‘quvchilarga tibbiy atamalarni lotin va yunon dubletlarini o‘rganish yo‘li bilan yunaltirilgan o‘z kasbiy mahoratlarini kengaytirish va rivojlantirish, ularning kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishlarida kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish.
o‘quvchilarning ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirgan holda kasbiy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi;
-o‘quvchilarning mazkur yo‘nalishdagi bilimlarini xalqaro standartlarga muvofiq ravishda egallashini ta’minlash;
-bakalavriyat o‘quvchilarini to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatish;
- grammatik formalarni tushunish va atamalarning ma’nosini bilish;
-mustaqil ravishda lug‘atsiz yoki lug‘at bilan anotomik, klinik va farmasevtik atamalarni tarjima kila olish va tuzishga qaratilgan
|
O‘zlashtirish
(o‘qitish)
Natijalari
|
Modulni yakunlagan o‘quvchi biladi va bajara oladi:
–anatomik, klinik va farmasevtik atamalarni tuza olishni;
–lotin va yunon tilida inson organizmini ifodalovchi so‘zlarni bilishi va ulardan anatomiya, patologik va fiziologik anatomiya, farmakologiya va barcha mutaxassislik modullarda foydalana olishni;
–berilgan tibbiy terminlarni tushunib va ularni qo‘llashni;
–anatomik,klinik va farmasevtik terminologiyasi asosida lug‘at boyligiga ega bo‘lishni;
–berilgan kasalliklarni mazmunini ochib berishni;
–reseptni savodli va xatosiz yozishni
|
Bilim
|
–lotin tili va tibbiy terminologiya modulning xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
–grammatika elementlari (tibbiy atamashunoslikda qo‘llaniladigan ot va sifatlarning turlanishi, moslashuv dastur bo‘yicha fe’l, old qo‘shimchalar,son va sifatdosh)ni;
–faol so‘z boyligi tarzida 900-800 ta leksik va so‘z yasash birliklarini bilishi va ulardan foydalana olishi
|
Ko‘nikma
|
–lotin tilida o‘qish va yozish;
–tibbiy-anatomik, klinik, farmasevtik atamalarni, aforizmlarni lotin tiliga va lotin tilidan tarjima qilish;
–termin elementlar bo‘yicha klinik atamalarni tuzish va umumiy mazmunini aniqlovchi topshiriqlarni bajarish;
–asosiy mazmunni bildiruvchi ma’noli qisimlarga ajratish;
–farmasevtik atamalarni tuza bilish;
–reseptlarni savodli yozish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak
|
Malaka
|
–atamalarni to‘g‘ri talaffuz qilish;
–ixtiyoriy tibbiy atamalarni tuza olish va tushuntira bilish;
–reseptlarni tez va savodli yoza olish.
–bilim va ko‘nikmalar keyingi kurslarda mazkur fanni davomli o‘zlashtirish jarayonida mustahkamlanadi va malakalariga ega bo‘lishi kerak
|
|