O‘zlashtirish
(o‘qitish)
natijalari
|
sog‘lom va bemor bolalar xususiyatlari, nazorat va maqsadli tekshiruv usullari, bolalarda uchraydigan yuqumli va yuqumsiz kasalliklar haqida ma’lumotga ega bo‘lib, ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
|
Bilim
|
pediatriya fanining rivojlanish tarixi;
bola organizmining anatomo-fiziologik xususiyatlari;
bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanish monitoringi;
muddatiga yetib tug‘ilgan va muddatiga yetmay tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish xususiyatlari;
bolalarning umumiy tekshirish usullarini o‘ziga xos xususiyatlari, klinik va bioximik tekshiruvlar ahamiyati;
chaqaloqlik davri kasalliklari;
bolalarda o‘tkir va surunkali kasalliklarning kechishi;
bolalarga ambulatoriya va uy sharoitida dori moddalarni enteral va parenteral usullarda qo‘llanish qoidadari;
sog‘lom va bemor bolalarni parvarishi;
bolalarda yuqumli kasalliklarning o‘ziga xos kechishi;
yuqumli kasalliklarga qarshi kurash choralari va bolalarda immunitetni kuchaytirish yo‘llari. Profilaktik emlashlar;
kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda bolalarga shoshilinch yordam ko‘rsatish;
baxtsiz hodisalarda tez yordam ko‘rsatish va ularni oldini olish.
|
Ko‘nikma
|
bolalarni subyektiv va obyektiv tekshirish usullari;
bolalarni laborator va instrumental tekshiruvlarga tayyorlash hamda material yig‘ish;
chaqaloqlarni birlamchi va kundalik parvarishini amalga oshirish;
bemor bolalarni davolash va hamshiralik parvarishini amalga oshirish;
sog‘lom va bemor bolalarni parvarishini amalga oshirish;
bolalarni tabiiy ovqatlantirishni va qo‘shimcha ovqatlar tayyorlash;
onalarga sog‘lom va bemor bolalarni parvarishini amalga oshirish bo‘yicha maslahaitlar berish;
amaldagi buyruqlar asosida profilaktik emlashlar o‘tkazish;
infeksiya o‘chog‘ida epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni o‘tkazish;
bolalarda yuqumli kasalliklarni oldini olish bo‘yicha profilaktik sanitariya-oqartuv ishlarini amalga oshirish;
asfiksiya, laringospazm, soxta krup, bronxial astma xurujida, kollaps, hushdan ketish, burundan qon ketganda, gipertoniya, talvasa, anafilaktik shok, oftob va sovuq urgandashifokorgacha bo‘lgan tez tibbiy yordam ko‘rsatish;
faoliyati doirasida tibbiy hujjatlarni rasmiylashtirish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |