O‘quv dastur


Download 0.89 Mb.
bet18/170
Sana13.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1266245
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   170
Bog'liq
40920101 - Tibbiy-ijtimoiy ishlar (2)

Basketbol:
Basketbolchining maydondagi harakatlari: yurish, yugurish, yo‘nalishni o‘zgartirib yurish va yugurish; maydonda joy tanlash, to‘xtashlar va burilishlar, sakrashlar. To‘pni bir yoki ikki qo‘llab ilish. Yuqorilab ketayotgan to‘pni ilish. Pastlab ketayotgan to‘pni ilish, maydondan sapchigan to‘pni ilish. To‘pni ikki qo‘llab ko‘krakdan uzatish yelkadan bir qo‘llab pastdan uzatish usullarini o‘rgatish. To‘pni yerga urib olib yurish. To‘pni bir qo‘l bilan ketma-ket yerga urib olib yurish texnikasini mustahkamlash. To‘pni yo‘nalish balandligini o‘zgartirib yerga urib olib yurishngi o‘rgatish. Joyida turgan holda yelkadan bir qo‘llab to‘pni savatga tashlashni mustahkamlash. Harakat jarayonida to‘pni bir qo‘llab savatga tashlashni o‘rgatish. Jarima to‘plarni tashlash. Zona bo‘ylab turli himoya guruhlarini o‘rgatish. Ikki tomonlama o‘quv o‘yini.
Voleybol:
Voleybol o‘yinining jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirishdagi ahamiyati. Voleybol o‘yinining musobaqa qoidalari. Voleybol maydonida o‘yinchilarning harakatlari: oldinga, orqaga uzatish. To‘pni ikki qo‘llab ko‘p marta bosh ustida yuqoriga uzatib o‘ynash. To‘pni pastdan to‘g‘ri o‘yinga kiritish va kiritilgan to‘pni qabul qilib ikkinchi, uchinchi zonaga to‘g‘ri uzatib berish. To‘pni yon tomondan o‘yinga kiritish. To‘pni ikki qo‘llab pastdan qabul qilish. To‘rdan qaytgan to‘pni qabul qilish usulini o‘rgatish. To‘pni pastdan bir va ikki qo‘llab uzatish. Hujum zarbi berish va to‘siq qo‘yish bilan tanishish. Ikki tomonlama o‘quv- mashg‘ulot o‘yini. Taym-brek” usulida hisobni sanashni o‘rgatish.
Qo‘l to‘pi:
Qo‘l to‘pi bilan shug‘ullanuvchilar uchun xavfsizlik qoidalari. Qo‘l to‘pi o‘yinchisining harakatlari: yurish, yo‘nalishni o‘zgartirib yugurish, maydonda joyni tanlash, sakrash. To‘pni ikki qo‘llab ko‘krakda ilish, har xil balandlikda uchib o‘tayotgan to‘plarni ilish. To‘pni yelka balandligida tirsakni bukib uzatish. To‘pni yondan, pastdan uzatish. To‘pni yerga urib olib yurish, juft bo‘lib harakat jarayonida to‘pni uzatib olib yurish. To‘pni tayanch holatda darvozaga tashlashni o‘rgatish. Zona himoyalaridan 6*0,5*1 sistemalarini o‘rgatish. O‘quv mashg‘ulot o‘yini.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling