O‘quv dastur


Tuzuvchilar: A.K. Jamolov


Download 0.89 Mb.
bet48/170
Sana13.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1266245
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   170
Bog'liq
40920101 - Tibbiy-ijtimoiy ishlar (2)

Tuzuvchilar: A.K. Jamolov- Siyob Abu Ali
ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi
texnikumi o‘quv ishlari buyicha
direktor o‘rinbosari Pedagogika
fanlari buyicha PhD falsafa Doktori


Yu.Sh Ruzimurotova-
Siyob AbuAli
ibn Sino nomidagi jamoat
salomatligitexnikumi oliy toifali o‘qituvchisi


M.R.Raximova 1-RespublikaAbuAli
ibn Sino nomidagi jamoat
salomatligitexnikumi katta toifali o‘qituvchisi


Taqrizchilar:
Aminov Z.Z - SamDTI Jamoat
salomatligi va sog‘liqni
saqlashmenejmenti
kafedrasi mudiri PhDdosent


O.M.Ibragimov- Siyob Abu Ali ibn
Sino nomidagi Jamoat salomatligi
texnikumi direktori
1. O‘quv dasturi umumiy talablari



Dastur nomi

Valeologiya

Ajratilgan soat

40

Mavzular soni

15

Dasturning maqsadi

  • Valeologiyaning turli xil-tibbiy, tabiiy, biologik, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, ma’rifiy, ma’naviy va boshqa fanlar asosida vujudga kelgan integrativ fan ekanligini ta’kidlash. Valeologiya - inson salomatligi to‘g‘risidagi fan ekanligini isbotlash. «O‘zligini anglash»ning valeologik ahamiyatini tushuntirish. Har bir inson organizmidagi o‘z ichki imkoniyatini (potensialini) mustahkamlashga intilishi kerakligiga da’vat etish. Organizm quvvatini-salohiyatini oshirishlikda barcha imkoniyatlardan samarali foydalanishlikka intilishi kerakligini eslatib o‘tish. Har bir shaxs o‘zi va boshqalar uchun «Soglom turmush tarzini» yaratishligi. «Soglom avlod orzusi»da yashashlik va unga erishishlikka imkoniyat yaratishlik. Salomatlikni saqlash, mustahkamlash va uzoq umr ko‘rishlikka da’vat etishlik.

O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari

  • Valeologiya haqida tushuncha va valeologiya fanining usullarini;

  • Odam organizmini ichki imkoniyatlarini oshirish yo‘llari;

  • Aholi sog‘lig‘ini mustahkamlash va kasalliklarni oldini olish asoslarini o‘zlashtiriladi.

  • Salomatlikni saqlash va mustahkamlashga qaratilgan ijobiy xayot tarzini shakllantiriladi.

- Profilaktik tibbiyotning muammolari, salomatlikni asrash va mustahkamlash masalalarini aniqlashni o‘rganiladi.

Bilim

  • Valeologiya integrativ fan sifatida mavjud barcha fanlarning yutuqlaridan inson salomatligi uchun ulardan foydalanishlik (anatomiya, fiziologiya, gistologiya, embriologiya, biologiya, bioximiya, biofizika, psixologiya, gigiyena, ekologiya vaboshqalar).

  • O‘zligini anglashlikning ilmiy asosda tushuntirishlik va uning valeologik ahamiyatini ta’kidlash.

  • Inson organizmining birqancha a’zolar va tizimlar (sistemalar)dan iborat ekanligi hamda ularning bir butunligi va o‘zaro-uzviy bogliqligining valeologik ahamiyatini tushuntirish.

  • Turli xil yuqumli va boshqa kasallikpardan saqlanishlikka undash.

  • Narkomaniya va toksikomaniyaning organizmga salbiy ta’sir etishligi va umr zavoli ekanliklarini (narkotik va psixotron moddalar, alkogolli ichimliklar iste’mol qilishlik, chekish va boshqalarning salbiy ta’sirlari) tushuntirish.

  • OITS (SPID) va OITV (VICh) – infeksiyaning o‘ta zararli ekanligi va uning profilaktikasiga undash.

  • Yod, temir va boshqa mikroelementlar tanqisligi natijasida turli xil kasalliklarning kelib chiqishini oldini olishlikka da’vat etishlik.

  • Rak, tuberkulyoz, diabet, semirishlik, infarkt, insult, turli xildagi infeksion kasalliklar, jinsiy a’zo va teri kasalliklari, skleroz, jinsiy ojizlik va boshqalarni oldini olishlik

  • Ruhiy va jismoniy tarbiyalarni o‘ta barvaqg boshlashlikning valeologik ahamiyatini tushuntirish.

  • Har bir shaxs, eng avvalo, o‘z salomatligining mustahkamligi ustida qayg‘urishi va shu kabilarga da’vat etishlikdan iboratdir.

Ko‘nikma

  • Salomatlik miqdorini o‘rganish;

  • Individual sog‘lomlashtirish dasturlarini amaliyotga tadbiq etish;

  • Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;

  • Aholiga ta’sir ko‘rsatishning individual, guruh va populyasion darajalari aniq mexanizmlar va organizmning rezervlarini aniqlash;

  • Aholi bilan ish olib borishda maqsadli guruhlar, tamoyillar, standartlar va algoritmlardan foydalanish mexanizmlari yoritib berish;

  • Antistress dasturlarini yaratish;

  • Profilaktik tibbiyotning muammolari, salomatlikni asrash va mustahkamlash masalalarini aniqlash.

O‘quv rejasiga muvofik uzaro bog‘lik bo‘lgan fanning nomi

“Hamshiralik ishi”, “Gerontologiyada hamshiralik ishi”, “Pediatriyada hamshiralik ishi”, “Akusherlik va ginekologiyada hamshiralik ishi”, “Jamoada hamshiralik ishi”



O‘qitishning tashkiliy shakli

N –nazariy ta’lim;



Dasturga qo‘yilgan talab

Majburiy

O‘qitish tili

Guruxga tayinlan dars tili asosida

Baxolash tartibn

Joriy baxolash tartibiga asoslanib

O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baxolash

Yozma, og‘zaki, savol-javob, munozara, test, amaliy topshirik


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling