O’quv dasturi


Download 0.82 Mb.
bet6/17
Sana30.10.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1734283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
1 k O\'quv dast Amal matem Iqt 2023 (2) - для слияния

20-mavzu. Aniq integral
Egri chiziqli trapetsiya yuzini hisoblash masalasi. Aniq integralning ta’rifi. Aniq integralning xossalari. Integrallanuvchi funksiyalar sinfi. Aniq integral uchun о‘rta qiymat teoremasi. Nyuton-Leybnits formulasi. O‘zgaruchilarni almashtirish va bо‘laklab integrallash usullari. Iste’molchining va ta’minotchining ortiqcha foydasi.
Cheksiz oraliqda chegaralangan funksiyadan integral. Chekli oraliqda chegaralanmagan funksiyadan integral. Aniq integralni taqribiy hisoblash: tо‘g‘ri tо‘rtburchaklar, trapetsiya va Simpson formulalari. Aniq integralning geometrik va iqtisodiy ma’nosi. Yoy uzunligini hisoblash. Yassi sirt yuzini hisoblash. Aylanma jism hajmi va sirtini hisoblash. Vaqtning ma’lum oralig‘ida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi. Pul oqimini diskontlash masalasi.


21-mavzu. Birinchi va ikkinchi tartibli differensial tenglamalar
Differensial tenglamalar haqida asosiy tushunchalar. Differensial tenglamalar yechimi. Birinchi tartibli differensial tenglamalarga doir umumiy masalalar. Koshi masalasi yechimining mavjudligi va yagonaligi. О‘zgaruvchilarga ajraladigan tenglamalar. Chiziqli differensial tenglama. Bernulli tenglamasi. Ishlab chiqarishning tabiiy о‘sish modeli. Konkurensiya sharoitida ishlab chiqarishning о‘sishi. Keynsning dinamik modeli.
Ikkinchi tartibli bir jinsli differensial tenglamaning umumiy yechimi va yechimlarning fundamental sistemasi. О‘zgarmas koeffitsiyentli ikkinchi tartibli chiziqli differensial tenglamalar. Ikkinchi tartibli bir jinsli bо‘lmagan differensial tenglamalar.


22-mavzu. Chiziqli differensial tenglamalar sistemasi
Differensial tenglamalar sistemasi haqida umumiy tushunchalar. Birinchi tartibli chiziqli differensial tenglamalar sistemasini yuqori tartibli bitta tenglamaga keltirish va ularning ekvivalentligi. Differensial tenglamalar sistemasini yechish usullari: a) ikkinchi tartibli differensial tenglamaga keltirish yordamida; b) Vronskiy determinantidan foydalangan holda.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling