O’quv dasturi


III modul. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlari 23-mavzu. Elementar hodisalar fazosi. Ehtimolning ta’riflari


Download 0.82 Mb.
bet7/17
Sana30.10.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1734283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
1 k O\'quv dast Amal matem Iqt 2023 (2) - для слияния

III modul. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlari 23-mavzu. Elementar hodisalar fazosi. Ehtimolning ta’riflari
Fanning predmeti. Fandagi dastlabki ta’rif va tushunchalar. Hodisalar ustida amallar. Kombinatorika elementlari. Ehtimolning klassik, statistik va geometrik ta’riflari. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanining mazmuni, predmeti va iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishdagi ahamiyati.


24-mavzu. Ehtimollarni qo‘shish va ko‘paytirish teoremalari
Ehtimollarni qo‘shish va ko‘paytirish teoremalari hamda ularning natijalarini tahlil qilish. Shartli ehtimollik. To‘la gruppa hosil qiluvchi hodisalar. Qarama-qarshi hodisalar. Kamida bitta hodisaning ro‘y berish ehtimolini hisoblash. Uni hodisalarning ehtimollarini hisoblashdagi qulaylik tugdiruvchi tomonlarini misollar yordamida tushuntirib berish.







25-mavzu. To‘la ehtimollik va Bayes formulalari
To‘la ehtimollik va Bayes formulalarini keltirib chiqarish va olingan natijalarni amaliy misollar yordamida tahlil qilish. Kichik ehtimolli hodisalarning amalda mumkinmaslik prinsipini amaliy misollar yordamida tahlil qilish. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fani iqtisodchiga iqtisodiy jarayon haqida mumkin qadar aniq tasavvur berishini va jarayonni boshqarish uchun kerakli yo‘nalishlar berishini tushuntirish.


26-mavzu. Erkli sinovlar ketma-ketligi. Bernulli sxemasi
Erkli sinovlar ketma-ketligining ta’rifi. Bernulli formulasi. Eng ehtimolli sonni topish formulasi. Bernuli sxemasini polinomial sxemaga umumlashtirish.


27-mavzu. Limit teoremalari
Laplasning lokal va integral teoremalari. Har bir sinashda juda kichik ehtimollik bilan ro‘y beradigan hodisalar uchun Puasson formulasi. Nisbiy chastotaning o‘zgarmas ehtimoldan chetlanishini baholash.




Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling