O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev
Download 2.38 Mb.
|
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Do‘st Yor
- Ustoz Muallim
- Vatan Yurt
- 3-MAVZU: MILLIY QADRIYATLAR – MILLAT IFTIXORI
3-topshiriq. “Men o‘zbek tilini o‘rganayapman” mavzusida suhbat qiling.
4-topshiriq. “Har bir so‘z - sehr” o‘yini. Berilgan so‘zlardan so‘z birikmalari tuzing, shu birikmalarni hamda ularning sinonimlarini qo‘llab matn yarating (ustoz, o‘qituvchi, muallim; vatan, yurt, makon, diyor...). Masalan:
5-topshiriq. O‘ng tomondagi so‘zlardan chap tomondagi so‘zlarning sinonimlarini toping va har bir sinonimik qatorni alohida-alohida ko‘chirib yozing. Namuna: yuz, bet, aft, bashara, chehra, jamol, diydor, oraz, ruxsor.
6-topshiriq. Quyida berilgan sinonim otlar qatorini davom ettiring. Aldamchi, firibgar... Baxt, iqbol... Vatan, mamlakat... Gulshan, guliston... Dunyo, jahon... Janjal, to‘polon... Ovoz, un... Odam, bashar... Ishq, muhabbat... Chiqim, xarj... Yuz, oraz, ruxsor... O‘rtoq, birodar, ulfat... Hiyla, firib... G‘am, anduh, musibat... Kuch, majol, darmon... 7-topshiriq. So‘zlarni tartib bilan qo‘yib, gaplar tuzing. Talabalar, jo‘nab ketishdi, bugun, yordam berishga, paxtakorlarga. Singlisiga, Asror, sotib oldi, bir quti qalam, bir rasm daftar. Bo‘lmadi, o‘tgan yil, qishda, sovuq, qattiq. Cho‘mildik, yozda, suv omborida, Kattaqo‘rg‘on. Olindi, bu yil, paxtadan, mo‘l hosil. Ikkita, gilam, biz, sotib oldik, chiroyli. Singlisi, Javohirning, Madina, qiz, aqlli va kamtarin. O‘tadi, oqib, O‘zbekistondan, daryo, ikkita, katta. Ertalab, turasiz, har kuni, siz, soat nechada, uyqudan? 10. Universitetni, bitirgani, akam, yo‘q, hali. Mustahkamlash uchun savollar Turkiy tilda ijod qilgan qanday buyuk ijodkorlarni bilasiz? “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqidagi qonun” qachon qabul qilingan? Davlat tili haqidagi qonun nechta moddadan iborat? “Lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonun qachon qabul qilindi? O‘zbek tili qanday tillar oilasiga kiradi? Eski o‘zbek adabiy tilining asoschisi kim? Xalqimiz qanday yozuvlardan foydalangan? Qadimiy turkiy yozuv yodgorligi qanday nomlanadi? O‘zbek kirill alifbosiga qachon va nima sababdan o‘tilgan? O‘zbek tili qaysi tillardan ko‘p so‘z o‘zlashtirgan? O‘zbek (turkiy) tilidan boshqa tillarga qanday so‘zlar o‘zlashtirilgan? 3-MAVZU: MILLIY QADRIYATLAR – MILLAT IFTIXORI REJA: O‘zbek tilida so‘z yasalishi. “Navro’z” matni ustida ishlash. Mavzuga oid mashqlar va testlar bajarish. O‘zbek tilida so‘z yasalishi. So‘z yasalishi tilshunoslikning mustaqil sohasi bo‘lib, u yangi so‘z yasash, so‘z yasash usullari va vositalarini o‘rganadi. Tildagi so‘zlarning yasalish tarkibini hamda ularning yasalish usullarini aniqlash bu bo‘limning asosiy vazifasidir. So‘z yasash usullari: Qanday usul bilan bo‘lsa-da, yangi so‘z hosil qilishga so‘z yasalishi deyiladi. Hozirgi o‘zbek tilida so‘z yasalishining turli usullari mavjud. Ular quyidagilar: 1. Semantik usul. 2. Fonetik usul. 3. Abbreviatsiya usuli. 4. Affiksatsiya usuli. 5. Kompozitsiya usuli. Download 2.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling