1- topshiriq. Matnga munosabat bildiring.
Navro‘z
Navro‘z (forschada “navro‘z” yangi kun ma’nosini anglatadi) - Turkiston, O‘rta va Yaqin Sharqda yashovchi o‘zbek, ozarbayjon, tojik, hind, fors va boshqa xalqlarning qadimiy va an’anaviy yangi yil bayrami. Quyosh hisobida yilning birinchi kuni bo‘lib, bahorgi tun va kunning tengligiga, ya’ni 21-22 martga to‘g‘ri keladi. Tarixiy manbalarga qaraganda, Navro‘zni bayram qilib o‘tkazish Ahmoniylar davri (miloddan avvalgi VI-V asrlar)dan boshlangan. Keyinchalik, Navro‘zda islom dinining ayrim marosimlarini ham o‘tkazish odat tusiga kiritilgan. Qadimda Navro‘z bayrami 6 kun davom yetgan, dalalarga ko‘chatlar yekilgan, ko‘chalar tozalanib, hasharlar uyushtirilgan, xullas, hammayoq pokiza yetilgan. Navro‘zga atab yoshlar yangi kiyimlar kiyganlar. Bayram kunlari har xil shirinliklar, sumalak, turli ko‘katlardan somsa, chuchvara kabi taomlar pishirilgan.
Navro‘z kunlarida turli ommaviy o‘yinlar, poyga musobaqalari, bog‘larda sayllar, maydonlar, konsert zallari va teatrlarda san’atkorlar, shoirlar, yozuvchilarning chiqishlari bo‘ladi, ota-onalardan, qarindosh-urug‘lardan xabar olinadi, yoru birodarlarnikiga mehmonga boriladi. Navro‘z kunlari gina-qudratlar unutilib, kishilar yaxshilikka intiladilar, yetim-yesirlarga va nogironlarga yordam berib, marhumlar qabrlarini ziyorat qilib, tartibga soladilar.
O‘zbekistonda 1989-yildan Navro‘zni keng nishonlashga ye’tibor berildi. 1990-yildan boshlab, O‘zbekiston hukumatining qaroriga binoan, 21-mart - Navro‘z milliy xalq bayrami sifatida belgilanib, dam olish kuni deb ye’lon qilindi.
2- topshiriq. O‘zbekiston hududi Navro‘z bayramida qanday bo‘lishini ta’riflab bering.
3-Topshiriq
Оtа-оnаgа hurmаt deganda nimani tushunasiz?
Milliy аn’аnаlаringizni bilаsizmi?
Siz qаndаy milliy urf-оdаtlаrni bilаsiz?
O ‘z milliy urf-оdаtlаringiz hаqidа gаpiring?
Tushunchalar tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: |