O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev


-MAVZU: “O‘ZBEK TILI – DAVLAT TILI”


Download 2.38 Mb.
bet8/148
Sana05.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1692558
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   148
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

2-MAVZU: “O‘ZBEK TILI – DAVLAT TILI”
REJA:



  • O‘zbek tilining imlo qoidalari

  • “O‘zbek tili” matnni o‘qib tushunish.

  • “Men o‘zbek tilini o‘rganyapman” mavzusida suhbat.

  • Mutafakkirlarning til haqidagi fikrlaridan namunalar keltirish.



O‘zbek tilining imlo qoidalari
Lug`aviy, grammatik, uslubiy me’yorlar adabiy tilning h a m m a ko‘rinishlari uchun xarakterli, imlo va tinish belgilarga oid me’yorlar adabiy tilning faqat yo z m a shakli uchun, to‘g‘ri talaffuz me’yorlari esa faqat o g‘ z a k i nutq shakli uchun xosdir.
O‘zbek adabiy tili milliy tilning bir qismi bo‘lib fonetik, leksik, grammatik jihatdan sayqallashtirilgan, me’yorlashtirilgan tildir.
Adabiy til ikkita: og`zaki va yozma shaklga ega.
- og`zaki shakl – orfoepiyada
- yozma shakl – orfografiyada o‘rganiladi
ORFOGRAFIYA
Adabiy tilning yozma shaklini, to‘g`ri yozuv qoidalarini (imlo qoidalarini) o‘rganadi. Imlo qodalari quyidagi tamoyillarga – printsiplarga asoslanadi:
Fonetik yozuv- bu yozuv qoidasiga ko‘ra so‘z o‘zak-negizida birorta fonetik hodisa kuzatiladi. Fonetik hodisalarga asosga qo‘shimcha qo‘shilishi bilan yuz beradigan tovush tushishi, tovush almashishi, tovush orttirilishi hodisalari kiradi.
Tovush tushishi - bunga ko‘ra asosga qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida asosda unli yoki undosh tovush tushib qoladi. Masalan:

  • past, sust so‘zlariga –ay fe’l yasovchi qo‘shimchasi qo‘shilsa tovush tushadi: pasay, susay.

  • ikki, olti, yetti kabi sonlarga jamlovchi son qo‘shimchasi qo‘shilsa (-ov, -ala, -ovlon) asosdagi i unlisi tushib qoladi: ikkov, yettalasi, oltov.

  • men, sen kabi olmoshlariga qaratqich va tushum kelishiklari qo‘shimchasi (–ni,-ning) qo‘shilsa: meni, seni, mening, sening.

  • bag`ir, ko‘ngil, shahar kabi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilsa ikkinchi bo‘g`indagi a, i, u kabi unlilar tushib qoladi: shahri, ko‘ngli, bag`rim, burni kabi.

Tovush orttirilishi - bunda asosga qo‘shimcha qo‘shilishi bilan asos tarkibida undosh tovushlar orttiriladi:

  • achi, isi, sasi so‘zlariga –q so‘z yasovchi qo‘shimchasi qo‘shilsa tovush orttiriladi: achchiq, issiq, sassiq.

  • u, bu, shu ko‘rsatish olmoshlariga jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari (–ga, -da, -dan) hamda –day, -cha qo‘shimchalari qo‘shilsa –n tovushi orttiriladi: unga, bunga, shunga, unda, bundan, shundan, shuncha, bunday.

Tovush almashishi (o‘zgarishi)- bunda asosga qo‘shimcha qo‘shilganda bir tovush boshqa tovushga almashadi:

  • bo‘ya, tara, sana, sayla, tanla kabi so‘zlariga –q yoki –v qo‘shimchalari qo‘shilsa, asosdagi -a tovushi -o tovushiga almashadi: bo‘yoq, sanoq, taroq, saylov, tanlov.

  • yosh, son, ot kabi so‘zlarga –a qo‘shimchasi qo‘shilsa: son+a = sana, ot+a = ata.

  • -ga, -gani, -guncha kabi –g tovushi bilan boshlanuvchi qo‘shimchalar oxiri –k, q tovushlari bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilsa, asos yoki qo‘shimcha tarkibida tovush almashadi: tekkuncha, terakka,chiqqani, buloqqa, oqquncha.

  • oxiri –k,-q tovushlari bilan tugaydigan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda asos tarkibidagi jarangsiz tovush jarangli tovushga almashadi: buloq+i-bulog`i, yurak+i-yuragi, tilak+i-tilagi, bilak+i-bilagi. Lekin idrok, huquq, mashq, park, kabi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilsa. tovush almashishi yuz bermaydi: idroki, mashqi, huquqi, parki kabi.


Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling