O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev


Download 2.38 Mb.
bet147/148
Sana05.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1692558
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   148
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

13-modda. Fuqarolik holatini qayd etuvchi hujjatlar shaxsning kim ekanligini va uning huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar davlat tilida rasmiylashtiriladi.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslar davlat tashkilotiari va muassasalariga, jamoat birlashmalariga arizalar, takliflar, shikoyatlar bilan davlat tilida va boshqa tillarda murojaat qiiish huquqi ta'minlanadi.
15-modda. O‘zbekiston Respubiikasida yasovchi shaxslarning o‘z millatidan qat'iy nazar o‘z ismini, ota ismi va familiyasini milliy tarixiy an'anlarga muvofiq yozish huquqiga egadirlar.
16-modda. Televideniye va radio eshittirishlari davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda olib boriladi.
17-modda. Nashrlik faoliyati davlat tilida, ehtiyojlarni hisobga olgan holda esa boshqa tillarda ham amalga oshiriladi.
18-modda. Pochta-telegraf jo‘natmalari davlat tilida yoki fuqarolarning xohishiga ko‘ra boshqa tilda amalga oshiriladi.
19-modda. Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, tamg`alari, ish qog`ozlarining matnlari davlat tilida bo‘ladi. O‘zbekiston hududida joylashgan xalqaro tashkilotlar va muassasalar, qoshma korxonalarning, shuningdek milliy madaniyat jamiyatlari va markazlarining muhrlari, tamg`alari, ish qog`ozlari matnlarining tarjimasi davlat tilida takrorlanadi.
20-modda. Lavhalarda, e`lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali va og`zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin.
21-modda. Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot davlat tilidagi va boshqa tillardagi yorliqlar, yo‘riqnomalar, etiketkalar bilan ta'minlanadi va e`lon qilinadi.
22-modda. Respublikaning ma'muriy-hududiy birliklari, maydonlari, ko‘chalari va geografik ob'ektlarning nomlari davlat tilida aks ettiriladi.
23-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomsi matnlari, agar shartnomaning o‘zida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat tilida va ahdlashuvchi tomonning tilida yoziladi.
24-modda. O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillariga mensimaslik xusumat bilan qarash ta'qiqlanadi. Fuqarolarning o'zaro muomalalarni ta`lim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik, qiladigan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.


Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling