O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev


Sohaviy terminlar va ularning qo‘llanishi


Download 2.38 Mb.
bet24/148
Sana05.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1692558
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   148
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Sohaviy terminlar va ularning qo‘llanishi.
Atamalar – ilm-fan, texnika, san’atga xos so‘zlardir. Atamalar ilmiy nutqda qo‘llaniladi. Masalan, teorema, sinus, tenglama, kasr, integral.
Atamalar va kasb-hunarga xos leksika
So‘zlar atamalarga hamda kasb-hunarga xos so‘zlarga bo‘linadi. Atamalar ma’lum bir fanga oid bo‘lib, shu sohaga tegishli so‘larni tashkil etadi. Ma’lum bir kasb-hunarga oid so‘zlar ham majudki, ular asosan shu kasbning so‘zlari hisoblanadi.
Masalan, tikuvchilikka oid so‘zlar – igna, qaychi, ip, andoza, chok, angishvona, astar.
Ixtisoslikka oid so‘zlarni nutqda to‘g‘ri tanlash va qo‘llash ham nutq madaniyatining, ham kasbiy bilimdonlikning muhim sharti hisoblanadi.
So‘z tanlashda quyidagilarga e’tibor beriladi:

  • so‘zning lug‘aviy manosini bilgan holda tanlash;

  • tanlangan so‘zni aniq talaffuz eta olishni nazarda tutish;

  • so‘zning suhbatdoshlarga tushunarli bo‘lishini hisobga olish;

  • so‘zning ma’no xususiyatlariga asoslanib, uni nutq maqsadiga muvofiq tarzda tanlash;

  • so‘zni matn mazmuniga mos tarzda tanlash;

  • baynalmilal atamani adabiy tilning leksik me’yoriga muvofiq holda tanlash;

  • so‘z, atamani matnning uslubiy xususiyatiga mos ravishda tanlash.

Ixtisoslikka oid matn tuzishda quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim:

  • matnning qaysi nutq uslubida yozilishi kerakligini oldindan bilish;

  • ixtisoslikka oid so‘z va shartli belgilarni to‘g‘ri tanlay olish va o‘rinli joylashtirish;

  • so‘z va atamalarni imlo me’yorlariga rioya qilgan holda yozish;

  • kasbdoshlarga unchalik tanish bo‘lmagan yoki faol qo‘llanmaydigan atama, shartli belgi yoki qisqartmalarga qavs ichida izoh berish;

  • ixtisoslikka oid atamalarni boshqa tillarda o‘zlashtirish va so‘z yasashda milliy tilning tabiatini nazarda tutish;

  • kasb-hunar so‘zlari va atamalarining o‘rinsiz takroalanishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularning ta’sirchanligini oshirish maqsadida leksik, morfologik va sintaktik sinonimiya imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanish va boshqalar.



Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling