O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev
Download 2.38 Mb.
|
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13-MAVZU: OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI REJA
- 1-topshiriq.
Muhokama uchun savollar:
1. Badiiy asar tilini qaysi fan tekshiradi? 2. Ayni kuz vaqti. Mayin shabada esadi. Yaproqlar oltin rangda. Dala va bog‘larda ish qizg‘in. Dehqon bog‘da anor ko‘myapti. U kuchli qadoq qo‘llari bilan anorning tikanli tanasini, hurpaygan novdalarini bog‘layapti. Anor tupini poxolga o‘rab, tuproq bilan ko‘myapti. Yuqoridagi badiiy tasvirdan asosiy fikr ifodalangan gapni toping. 3. Asosan badiiy uslubga xos bo‘lgan izn (izn bermoq) so‘zining sinonimini toping. 4. Quyidagi matn qaysi uslubga tegishli? Jo‘yaklarda suv bir hovuch ko‘z yoshiday miltirab oqib turibdi. Quyosh qaymoq surtilgan shirmon nondek ufqqa qizarib bota boshladi 13-MAVZU: OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI REJA: Ommaviy axborot vositalarining faoliyati haqida fikr bildirish. “XXI asrda axborotning o‘rni” mavzusida esse yozish. Publitsistik uslub va uning xususiyatlari 1-topshiriq. Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlang va bahs-munozarada ishtirok eting. Mamlakatimizda istiqlolning ilk yillaridan demokratik huquqiy davlat qurish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish yo’lida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, axborot va so’z erkinligini ta’minlash, ushbu sohani liberallashtirish O’zbekistonda demokratik, huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishning muhim ustuvor yo’nalishi sifatida belgilandi. 1991 yili O‘zbekistonda 395 ta OAV faoliyat yuritgan bo’lsa, bugun ularning soni 1437 taga etdi. Ayni vaqtda, mavjud nodavlat bosma OAV jami bosma OAVning 62,7 foizini tashkil etmoqda. 1990 yilda 9 nashriyot bor edi, bugun ularning umumiy soni 112 ta. Yaratilayotgan imkoniyatlar tufayli matbaa korxonalarining soni ham yil sayin ortib bormoqda: 1990-2016 yillardagi bosmaxonalar soni 149 tadan 1719 taga etdi. Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari uchun turli imtiyozlar belgilashga qaratilgan qonunchilik tobora takomillashtirilmoqda. Xususan, 2011- yil 30- dekabrda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish uchun qo’shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklari berish to’g’risida”gi qaror buning yorqin isbotidir. Mazkur qaror axborot sohasida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash bo’yicha OAV imkoniyatini kengaytirib, iqtisodiy asoslarini mustahkamlamoqda. Zero, iqtisodiy erkin, baquvvat va mustaqil ommaviy axborot vositalari jamoatchilikka tahliliy, tezkor va xolis ma’lumot etkazib berish imkoniga ega. 2015 yilda “O’zbekistonda Internet jurnalistikasini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika konferentsiyasi o’tkazilgani ayni muddao bo’ldi. Buning natijasida fond yuqori malakali jurnalist, tahlilchi va sharhlovchilar tayyorlash, nufuzli xalqaro media kompaniyalar, xorijiy hamkasblar bilan samarali ijodiy aloqalar o’rnatish, yosh mutaxassislarning kasb mahorati va tajribasini oshirish borasida izchil ishlarni amalga oshirdi. Ko’z o’ngimizda yangi axborot jamiyati shakllanmoqda. Axborot strategik va iqtisodiy resursga aylanmoqda. Axborot jamiyatining taraqqiyoti davlatlarning barqaror iqtisodiy rivojini ta’minlash, fuqarolarning turmush darajasini oshirish, mamlakatlar va mintaqaviy birlashmalar taraqqiyotining muhim va ustuvor sharti sifatida belgilanmoqda. Bugun media-makonda axborot jurnalistik faoliyatning yangi turi – onlayn jurnalistikasining rivojlanib borayotganini inkor etib bo’lmaydi. Uning kelajakdagi istiqboli mamlakatdagi demokratik islohotlar, bozor munosabatlari va ta’lim sohasidagi islohotlarga bevosita bog’liq. Internet jurnalistikasi bugun o’zining ilk taraqqiyot bosqichlarini boshidan o’tkazmoqda. Bu jurnalistlarga taklif etilayotgan cheksiz imkoniyatlar beruvchi texnologiyalar orqali namoyon bo’layotir. Bugun hayotning o’zi OAV oldiga fikrlar xilma-xilligi, mamlakatimiz va xorijda ro’y berayotgan voqea-hodisalarni hisobga olgan holda, xalqimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiq va oshkoraligini yanada to’liq ta’minlash, O‘zbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan tashqi hamda ichki siyosatni yanada faol yoritish vazifasini qo’ymoqda. Buning uchun mamlakatimizda barcha shart-sharoit yaratilgan. Download 2.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling