O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev


Download 2.38 Mb.
bet40/148
Sana05.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1692558
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   148
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Adabiyotlar ro‘yxati:

1. A.Nurmonov, A.Sobirov, Sh. Yusupova. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”.T.- 2002.


2. H.Uzoqov, O‘.Mirzakarimova, R.Saidova.”O‘zbek tili amaliyoti”. T.- 1993.
3. Sh.Rahmatullayev, A.Hojiyev. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”.T.-2003.
4. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo‘minov nomidagi falsafa va huquq instituti. “Mustaqillik izohli ilmiy- ommabop lug‘ati”. T.-1998.
12-MAVZU: ADABIYOT – MA’NAVIYATNI YUKSALTIRUVCHI MANBA


REJA:

  • Adabiyot – so’z san`ati.

  • A. Qodiriy hayoti va ijodi. “O’tgan kunlar” romani.

  • Nutq uslublari. Badiiy uslub va uning xususiyatlari.



1- topshiriq. Matnni o‘qing. Matndagi termin va iboralarning ma’nosini izohlang.

Adabiyot — ma’naviyatni yuksaltiruvchi manba


Asrlar mobaynida badiiy ijod, badiiy adabiyot – milliy ma’naviyatimiz ko‘zgusi bo‘lib kelgan. Buni o‘zbek she’riyatining gultoji deya e’tirof etilgan Mir Alisher Navoiy davridan to bugungacha o‘tkir qalam sohiblari yaratishgan badiiy ijod mahsullariga payvand milliy qadriyatlarimiz, ma’naviyatimiz rivoji misolida kuzatishimiz mumkin.


Sobiq mustabid tuzum davrida milliy qadriyatlarimizga, ma’naviyatimizga, jumladan, milliy adabiyotimizga ham beshafqat tajovuz qilingan edi. Adabiyotimizning XX asr boshlaridagi asl darg’alaridan Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Usmon Nosir kabi o‘nlab yozuvchi shoirlari qatag‘on qurboni bo‘lgani millat qalbidagi bitmas jarohatdir.
Ona Vatanimiz mustaqilligi butun jamiyatga qaytadan hayot baxsh etdi! Nomlari, asarlari taqiqlab qo‘yilgan yozuvchi va shoirlarimizning xotirasi e’zozlanib, ularning adabiy merosi qaytadan tiklandi. Katta hayot tajribasiga ega bo‘lgan yozuvchilarimiz o‘tish davrining qiyinchiliklariga qaramasdan, qalb amri bilan o‘z ijodiga sodiq qolib, milliy o’zligimiz hamda ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash va yuksaltirish yo’lida faol xizmat qilib kelmoqda.
Chinakam yozuvchi odamlarning dardu g’ami bilan yashashi, xalq ichiga kirib borishi, o’zi uchun ilhomni, yangi mavzularni shu hayotdan, unda bo’layotgan o’zgarishlardan olishi kerakligi kunday ravshan. Biroq, bugungi shiddat bilan o’zgarayotgan zamonning o’zi o’rtaga ulkan va dolzarb muammolarni qo‘yayotganini ham aslo unutish mumkin emas. Bunday muammolarni ta’lim va tarbiya, ma’naviyat, madaniy hayotni rivojlantirish orqaligina hal etish mumkinligini chuqur anglaymiz. XXI asrning qanchalik shiddatli ekanini ko’rib turibmiz. Bugun har qanday axborot, yangilik zumda kurrai zaminga nur kabi taralmoqda. Adabiyot bo’stonida yaratilgan badiiy asarlar ham internet nashrlari orqali juda tezlik bilan o’quvchilarga etib bormoqda. Shu asnoda intellektual salohiyat, tafakkur va ma’naviyat asri o’zining shaklu shamoyilini topmoqda. Shunga monand adabiyot ixlosmandlarining ongu tafakkuri ham o’zgacha shakllanmoqda. Biz ilgari ko’rmagan, duch kelmagan ayrim muammolar ham shu asnoda paydo bo’layotir. Bu — milliy mentalitetimizga to’g’ri kelmaydigan yot g’oyalar bilan bog’liq muammolar hisoblanadi.
Bugunning yoshlari o’zlarini qiziqtirgan axborot va ma’lumotlarni asosan internet orqali olyapti. Shunday ekan, ana shu ta’sirchan zamonaviy axborot vositalari yordamida ham adabiyotimizni keng targ’ib etish maqsadga muvofiqdir. Shu o’rinda aytish mumkinki, bugungi kunda milliy internet tarmoqlarimizda qator veb-saytlar bu borada salmoqli vazifalarni amalga oshirmoqda.. Zero, milliy adabiyot — ma’naviyat poydevori hisoblanadi. Shunday ekan, chinakam ijod va iste’dod mahsuli bo’lgan asarlarni keng kitobxonlar ommasiga etkazish davr talabidir. Bu ezgu yo’lda ijodkorlar, nashriyotlar, bosma nashrlar tahririyatlari qo’lni qo‘lga berib, barcha mavjud vositalardan unumli foydalanishlari maqsadga muvofiq.



Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling