O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev


Download 2.38 Mb.
bet47/148
Sana05.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1692558
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   148
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

1994 yili Windows va Macintosh operatsion tizimlar uchun mo’ljallangan Mosaic brauzeri, ko’p o’tmay Netscape Navigator va Microsoft Internet Explorer brauzerlarining naqli paydo bo’lishi – WWW shuhratining, demakki Internetning dovrug’i go’yo portlash ta’siridek oshib, dastlab AQShda, so’ngra butun dunyoda ommalashib ketishiga sabab bo’ldi.
1995 yili NSF Internet uchun mas’uliyatni xususiy sektor zimmasiga yukladi va ayni shu fursatdan e’tiboran Internet bugungi kunda siz bilan biz tanish bo’lgan Internet tarmog’i sifatida mavjud bo’lib kelmoqda.


2-topshiriq. Ta’lim jarayonida eng ko‘p foydalaniladigan internet saytlari ro‘yxatini tuzing va tavsiya qiling.
3-topshiriq. Internet madaniyati haqida matn tuzing.
4-topshiriq. Internetdan foydalanish to‘g‘risida polilog tuzing va uni instsenirovka qiling.


So`zlashuv uslubi va uning xususiyatlari.
So’zlashuv uslubi til birliklarini tanlash va ularni qo’lllashning nisbatan erkin uslubidir. Bu uslub xususiyatiga ko’ra ikki turga: adabiy so’zlashuv uslubi va oddiy so’zlashuv uslubiga ajratiladi.
Adabiy so’zlashuv uslubi umumxalq adabiy tilining keng tarqalgan va barcha sohalar uchun mos turi bo’lib, u adabiy me’yorlarga moslashtirilgan, ishlangan va tartibga solingan bo’ladi. Mazkur uslub kundalik muloqot uchun xizmat qiladi, o’qitish ishlari, tarbiya va tashviqot shu uslubda olib boriladi, badiiy adabiyot shu uslubda yaratiladi.
Oddiy so’zlashuv uslubi nutq jarayonida adabiy til hamda sheva elementlarini ishtirok etishi, fikriy idrokni keng qamrovli bayon etishi bilan tavsiflanadi. Bu uslubda so’z tartibi qoidaga nomuvofiq bo’lishi, ko’chma, obrazli emotsional vositalar ko’proq dialogik shaklda bo’lib, to’liqsiz gaplar va imo-ishoralarning ko’p ishlatilishi, takrorlar, talaffuzda erkinlik yaqqol namoyon bo’ladi. Oddiy so’zlashuv uslubi badiiy asarda personajlar nutqini individuallatirishda keng qo’llanadi.




Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling