2-topshiriq. Xalqaro tashkilotlarning qisqartma nomlari ro‘yxatini tuzing.
3-topshiriq. Berilgan gaplarni namunada ko‘rsatilgandek ko‘chiring.
Namuna: Xat yozish uchun qog‘oz oldim. - Xat yozishga qog‘oz oldim.
1. Yangi filmni ko‘rish uchun kinoteatrga borish kerak. 2. Dori olish uchun dorixonaga bordim. 3. Yozda dam olish uchun soyga tushar edik. 4. Chana uchish uchun Chimyonga bordik. 5. Kechqurunlari sayr qilish uchun Milliy bog‘ga boramiz.
4-topshiriq. ”Tinchlik” so‘ziga sinkveyn tuzing va umumlashtiruvchi xulosa chiqaring.
“Sinkveyn” (5 qator) texnikasi
Maqsad - kategoriyasiga tavfsif berish
5-topshiriq. BMT faoliyati haqida taqdimot tayyorlang.
6-topshiriq. “O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari” mavzusida insho yozing.
7-topshiriq. Xalqaro tashkilotlarning qisqartma nomlari ro‘yxatini tuzing.
Mustahkamlash uchun savollar
Qanday xalqaro tashkilotlarni bilasiz?
O‘zbekiston qaysi xalqaro tashkilotlarga a’zo?
Siz O‘zbekistonni qanday xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lishini hohlar edingiz?
BMT qanday tashkilot va u qachon tashkil etilgan?
BMTning Nizomi qaysi davlat vakillari tomonidan ishlab chiqildi?
BMT nechta asosiy organdan iborat? Uning vazifalari nimalardan iborat?
O‘zbekiston BMTga nechanchi yilda qabul qilindi?
Yunesko qanday tashkilot?
O‘zbekiston Yuneskoga qachon a’zo bo‘ldi?
Yunesko keyingi yillarda qanday tadbirlarni amalga oshirdi?
Yuneskoning asosiy maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |