O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev


Download 2.38 Mb.
bet62/148
Sana05.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1692558
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   148
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Eslab qoling!
Huquqiy madaniyat— bu qonunni tushunish, bilish, hayotga tatbiq yetish, ijrosini ta’minlash, har bir shaxsning, fuqaroning ijtimoiy hayotda faol ishtiroki va bunday faollikni boshqalardan ham talab qilish jarayonidir.
4-topshiriq.
O‘z huquq va erkinliklaringizni bilasizmi? Shu haqda o‘rtog‘ingiz bilan suhbatga kirishing.


RASMIY-IDORAVIY USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI.
Diplomatik yozishmalarda, iqtisodiy, yuridik munosabatlar ifodasi bo‘lgan hujjatlarda, davlat idoralari, sudlar, savdoga doir muomalalarda rasmiy stil ishlatiladi. Rasmiy stil ish yuritish hujjatlarida qo‘llanadi. Bunga ariza, tushuntirish xati, e’lon, tarjimayi hol, ishonch qog‘ozi, tilxat, hisobot, notalar, buyruq va farmonlar, farmoyishlar, taklifnoma, rasmiy xatlar, tijorat yozishmalari kabilar kiradi. (Bu qog‘ozlarning qanday yozilishi haqida M.Aminov, A.Madvaliyev, N.Mahkamov, N.Mahmudovlarning «Ish yuritish» degan kitobidan har tomonlama ma’lumot olish mumkin).
Bu stilda adabiy me’yorga qat’iy rioya qilinadi, shevaga hos so‘zlar, jargonlar, har hil stilistik bo‘yoqqa ega bo‘lgan so‘zlar ishlatilmaydi. Bu stil qisqa, aniq, lo‘ndaligi bilan o‘ziga hoslikni ko‘rsatib turadi. Jumlalar ham inversiyasiz bo‘lishi lozim. Gaplarda ta’sirchanlik bo‘lmaydi. Rasmiy stilda yoziladigan ayrim hujjatlar shtampga o‘xshash maxsus tartib va shakl bilan yoziladi. Masalan, rasmiy xatlar, ariza, tushuntirish xati, bildirgi, ma’lumotnomalar, qarorlarni ko‘rsatish mumkin.
Hujjatlar stilida ot turkumiga oid so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Hatto, fe’l so‘zlar ishlatilganda, uning otga yaqin shakli harakat nomidan foydalaniladi. Masalan, qabul qilishingizni so‘rayman, qarorning bajarilishi, stipendiya tayinlash, talabalar safiga tiklash kabilar.
Fe’llar majhul nisbatda va buyruq-istak mayli shaklida qo‘llanadi. Bajarilsin, tayinlansin, amalga oshirilsin, qaror qilindi, ko‘rib chiqildi, eshitildi kabilar. Agar pul, buyum miqdori ko‘rsatilishi lozim bo‘lsa, oldin raqam bilan qavs ichida harflar bilan yoziladi.
SAVOLLAR

  1. Rasmiy stilning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

  2. Rasmiy stilning qanday ko‘rinishlari bor?

  3. Rasmiy stilning fonetik, leksik, grammatik xususiyatlari deganda nimani tushunasiz?

  4. Nima uchun ayrim hujjatlarning sintaktik qurilishi murakkab bo‘ladi?

  5. Diplomatik hujjatlar qaysilar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

Mustahkamlash uchun savollar

  1. O‘zbekiston konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?

  2. Konstitutsiyamizdagi qaysi modda boshqa hech bir mamlakat konstitutsiyasida berilmagan?

  3. Demokratiya nima?

  4. O‘z huquq va erkinliklaringizni bilasizmi?

  5. Yurt oldidagi burchingiz nimalardan iborat?

  6. Ota-ona oldidagi burchingiz-chi?

  7. Huquqiy madaniyat nima?




Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling