O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev


DIALOGIK MATNNING MA’NO MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI


Download 2.38 Mb.
bet70/148
Sana05.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1692558
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   148
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

DIALOGIK MATNNING MA’NO MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI.
Matn ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: dialogik va monologik. Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat. Ikki kishi o‘rtasidagi dialog nutq savol-javob, buyruq-javob, xabar-e’tiroz kabi mazmunlarda bo‘lib, fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani ifodalaydi. Ko‘p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan savol, taklif, da’vat biror xabar, dalillar bilan xulosalanadi.
Dialogik matn tarkibida so‘roq olmoshlari, muomala odobiga oid so‘z va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi. Bunday matndagi gaplar asosan sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar faolishlatiladi.Dialogik matn so‘zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir.
25-MAVZU. USTOZ MAKTABI
Reja:

  • Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish.

  • Ustozlarga bag‘ishlangan she’r yod olish.

  • Monologik matn. Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang.



USTOZ
Insonning dunyoga kelishiga sababchi ota-onasi bo‘lsa, uning ilm-hunar o‘rganishi, hayotda o‘z o‘rnini topishida ustozning o‘rni beqiyosdir. Shu bois bo‘lsa kerak, o‘zbek xalqida “Ustoz otaday ulug‘” - degan naql bor.
Ilm shunday narsaki unga butun kuch sarf etilmasa qo‘lga kirmaydi. Insonda aql va ilm bo‘lmasa uni hech kim qadrlamaydi. Hunarmand kishi hech qachon xor bo‘lmaydi, og‘ir kunlarda xunar tufayli o‘z rizq-ro‘zini topadi. Mana shu ilm va hunarga bo‘lgan chanqog‘imizni faqat ustoz qondira oladi. Sharqda ustoz va murabbiylar qadimdan hurmat va e'tibor topgan. Fikrimizning tasdig‘i sifatida Alisher Navoiy ustozining nabirasiga otdan tushib salom bergani haqidagi hikoyani eslashning o‘zi kifoya. Shoir ahli ustozlar sha'niga ko‘plab she'rlar bitsa, qo‘shiqchilar uning madhini kuyga solib keladilar.
Qadimdan ota-bobolarimiz ustozlarga cheksiz ishonch bildirganlar, farzandini ustoz tarbiyasiga berar ekanlar “Eti sizniki, suyagi bizniki” deb aytganlar. Ya'ni ustozdan farzandiga nisbatan ham mehribon, ham qattiqqo‘l bo‘lishini istaganlar. Ustozlar esa yosh avlodga nafaqat, ilm yo hunar, balki yashash tarzi, hayot mazmunidan saboq berganlar.
Istiqlol yillarida ustozlar yanada e'tibor va qadr topdi. Yurtboshimizning tashabbuslari bilan 1-oktyabrning Ustoz va murabbiylar kuni sifatida umumxalq bayrami sifatida nishonlana boshlagani fikrimizning yorqin dalilidir. Bugungi kunda ta'lim sohasining ko‘plab vakillari davlatimizning eng yuksak mukofotlariga, xatto “O‘zbekiston qahramoni” unvoniga sazovor bo‘lgani ham yurtboshimizning, xalqimizning ustozlarga hurmati va ishonchi namunasi, deb bilish mumkin.
Ustoz bo‘lish oson emas. Muallim faqat biror narsani bilish emas, balki bilgan narsasini o‘quvchiga to‘g‘ri yetkaza olishi zarur, bu esa - bir san'atdir. Shu tufayli mashaqqatli kasb egalari va o‘z ishlarining fidoyisi bo‘lmish ustozlarimizning mehnatini qadriga yetish va ularga hurmat ehtirom ko‘rsatmog‘imiz lozim.



Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling