2-topshiriq. Universitetda o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan reportaj tayyorlang.
3-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering.
Siz qaysi fakultetda tahsil olyapsiz? Qaysi yo‘nalishda?
Fakultetda nechta kafedra bor? Ularning nomini ayting.
Fakultetingiz kutubxonasi qayerda joylashgan?
Fakultetdagi ARMdan foydalanyapsizmi?
Fakultetdagi yetuk mutaxassis olimlarni eslang.
Universitet tarixi haqida nimalarni bilasi?
4-topshiriq. O‘zingiz o‘qiydigan fakultetning ilg‘or talabalari haqida maqola yozing.
5-topshiriq. Haftalik dars jadvalingizni o‘zbek va rus tilida yozing, fanlarning o‘zbekcha nomlanishiga e’tibor bering.
6-topshiriq. Avval adabiy tildagi so‘zlarni, keyin shu so‘zlarning Hazorasp shevasida qanday yekanligini qiyos qilib o‘qing. So‘ngra siz ham o‘z shevangizdagi so‘zlardan shu tarzda yozing.
Adabiy tilda:
buvi
buzoq
yong‘oq
yostiq
chumchuq
tog‘a
tuxum
chaqaloq
echki
|
Xorazmning Hazorasp shevasida:
momo
o‘jak
g‘o‘z
taka
secha
doyi
mayak, yumurta
bavaq, qo‘undoq bola
gechchi
|
7-topshiriq.“Men sevgan kasb” mavzusida insho yozing.
8-topshiriq. I. Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti haqida klaster tuzing va shu asosida matnni gapirib bering.
9-topshiriq.“Universitetda”, “Maktabda”, “Kutubxonada”, “Oshxonada”, “Shifokor huzurida” mavzularida suhbat matnini tuzing va yozing. Shu sohada ishlatiladigan so‘z va so‘z birikmalarini aniqlang, ularning tagiga chizing.
Matn mavzu bo‘yicha topshiriq.
“Sinkveyn” usulidagi topshiriqlarga namunalar:
Mavzu (ot): universitet.
Mavzu belgisi (sifat): katta, qadimiy.
Mavzuni yorituvchi harakat(fe’l): tayyorlaydi, o‘qitadi, bilim beradi.
Mavzuga oid 4 so ‘zdan iborat gap: Universitet – oily dargoh.
Mavzugaoid sinonim : oily ta’lim muassasasi.
1. Mavzu (ot):
Mavzu belgisi (sifat): ___________________ .
Mavzuni yorituvchi harakat(fe’l): __________ .
Mavzuga oid 4 so ‘zdan iborat gap: ________ .
Mavzuga oid sinonim:_______.
Do'stlaringiz bilan baham: |