O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev
Download 2.38 Mb.
|
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinkveyn” usulidagi topshiriqlarga namunalar: Matn mavzu bo‘yicha topshiriq.
- “Sinkveyn” usulidagi topshiriqlarga namunalar
- SOHA LUG‘ATLARI. ULARDA TERMINLAR VA BIRIKMALARNING BERILISHI.
2-topshiriq. “Metall” so‘ziga sinkveyn tuzing.
“Sinkveyn” usulidagi topshiriq “Sinkveyn” usulidagi topshiriq shartlari 5ta punktdan iborat bo‘ladi: 1-punktda ma’lumot so‘ralayotgan mavzu ot so‘z turkumida beriladi. U bitta so‘zdan iborat bo‘lishi kerak. 2-punktda shu mavzuni ifodalovchi ot so‘z turkumidagi so‘zning belgisini ifodalovchi ikkita sifat so‘z turkumidagi so‘zlar yoziladi. 3-punktda shu mavzuni ifodalovchi ot so‘z turkumidagi so‘zning harakatini ifodalovchi ucht afe’l so‘z turkumidagi so‘zlar yoziladi. 4-punktda shu mavzuni ifodalovchi ot so‘z turkumidagi so‘z ishtirokida to‘rtta so‘zdan iborat gap yoziladi. 5-punktda shu mavzuni ifodalovchi ot so‘z turkumidagi so‘zga sinonim so‘z topib yoziladi. “Sinkveyn” usulidagi topshiriqlarga namunalar: Matn mavzu bo‘yicha topshiriq. 1.Mavzu (ot): Oltin. 2.Mavzu belgisi (sifat):_______________________________. 3.Mavzuni yorituvchi harakat(fe’l): _____________________. 4.Mavzuga oid 4 so ‘zdan iborat gap: ___________________. 5.Mavzuga oid sinonim _______________________________. “Sinkveyn” usulidagi topshiriqlarga namunalar: 1. Mavzu (ot): ______________________________. 2.Mavzu belgisi (sifat):________________________. Mavzuni yorituvchi harakat(fe’l):_____________. Mavzuga oid 4 so ‘zdan iborat gap:____________ . Mavzuga oid sinonim:_______________________. SOHA LUG‘ATLARI. ULARDA TERMINLAR VA BIRIKMALARNING BERILISHI. O‘zbek tilshunosligida terminlarni o‘rganish, ularni tartibga solish, terminologik lug‘atlar tuzish kabi qator chora-tadbirlar XX asrning 20-yillari o‘rtalaridan boshlangan. Zero, ayrim leksikografik ishlarni hisoblamaganda, o‘zbek tilini ilmiy asosda o‘rganish, hozirgi o‘zbek tilshunosligining fan sifatida yuzaga kelishi ham shu davrdan boshlangan. Albatta, terminlarni o‘rganish ehtiyoji o‘z-o‘zidan kelib chiqqan emas, barcha bilim sohalari bo‘yicha o‘zbek tilida ta’lim berishni yo‘lga qo‘yish, bilim sohalarining sezilarli darajada rivojlana borishi, ilmiy tafakkur doirasining kengayishi, sobiq ittifoqdagi milliy tillar, jumladan, o‘zbek tili lug‘at tarkibining boyib borishi, binobarin, tilda terminlarning ko‘payib borishi ularni (terminlarni) har tomonlama o‘rganish va tartibga keltirishga turtki bo‘lgan edi. O‘zbek tilshunosligida turli fan sohalariga oid terminologik tizimlarni lingvistik jihatdan har tomonlama ham ilmiy, ham amaliy o‘rganish, asosan, 1950-yillardan keyin izchilroq tus ola boshladi; termin va terminologiyaning nazariy masalalariga bag‘ishlangan maqolalar ayrim fan sohalari terminlarini lingvistik jihatdan tahlil etishga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyalari yuzaga keldi, mukammal terminologik lug‘atlar yaratishga kirishildi. Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy jihatlarini yanada chuqurroq o‘rganish, termin qo‘llashni tartibga solish davlat ahamiyatidagi masalaga aylandi. 1984-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi qoshidagi Respublika Muassasalararo terminologik komissiya (RMTK)ning tashkil etilishi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika terminologiya qo‘mitasining ish boshlashi, terminologiya masalalariga bag‘ishlab Respublika miqyosida bir necha ilmiy-amaliy, ilmiy-nazariy konferensiyalarning o‘tkazilganligi fikrimizning yaqqol dalilidir. Muhimi shundaki, RMTK o‘z faoliyati davomida “O‘zbek tili terminologiyasi” nomli byulleten nashr etishni yo‘lga qo‘ydi, unda o‘zbek tili terminologiyasining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan qator maqolalari bilan birga, har bir qo‘llanuvchi terminlarning ro‘yxati ham berib borildi.. Xususan, uning tashabbusi bilan terminlarni nomlash prinsiplari ishlab chiqildi va e’lon qilindi. Atamaqo‘m mana shu prinsiplarga suyanib, ilm-fan, ishlab chiqarishning turli sohalariga oid terminologik lug‘atlar seriyasiga chiqara boshladi. Download 2.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling