O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev


-topshiriq. Matndagi ajratilgan so`zlarni izohlang va ularni rus tiliga tarjima qiling


Download 2.38 Mb.
bet73/148
Sana05.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1692558
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   148
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

1-topshiriq. Matndagi ajratilgan so`zlarni izohlang va ularni rus tiliga tarjima qiling.
IKKI BUYUK ALLOMA
O’lkamiz geologiyasi va foydali qazilmalariga oid dastlabki ma’lumotlar o’z zamonasining buyuk allomalari bo’lgan Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino asarlarida o’z aksini topgan.
Beruniyning foydali qazilmalarning paydo bo’lishi, tog’ jinslarining yemirilishi va yer qobig’ida og’irlikning muvozanatlanib turishi uchun yer osti tog’ jinslarining foydalanish holatlari kabi masalalar haqidagi fikrlari, yer osti foydali qazilma boyliklarini qidirish ishlarida juda katta ahamiyatga ega.
Uning bu sohadagi eng qimmatli xizmatlaridan biri – minerallarning fizikaviy xossalarini ta’riflab, ularning tarqalgan joylari haqida ma’lumot beradi. Farg’ona vodiysidan asfalt, neft, qora mum, mo’miyo, simob, temir, mis va boshqa foydali qazilmalar olish mumkinligini isbotlaydi.
Beruniyning xulosalari O’rta Osiyo yer osti boyliklarini qidirish yo’lida qimmatbaho manba bo’lib kelmoqda.
Ibn Sinoning “Kitob ush-shifo” asarida turli tibbiyot ilmlari qatori geologiya va mineralogiyaga oid ma’lumotlar keltirilgan. U tog’larni tashkil etuvchi toshlar uzoq vaqt davom etuvchi turli tabiiy jarayonlar (qotish, birikish) natijasida asta-sekin vujudga kelishini ko’rsatadi. Ibn Sino mineralogiya fanining rivojiga ulkan hissa qo’shgan. U minerallarni 4 guruhga: toshlar, eriydigan jismlar, oltingugurtli yonuvchi jismlar, tuzlarga ajratadi.
Kon qidirish va qazib olishga urunishlarning eng rivoj topgan davri ham shu ikki alloma – Beruniy va Ibn Sino yashab ijod qilgan IX – XI asrlarga to’g’ri keladi.
MEXANIKA
Mexanika – (yunoncha so’z bo’lib, “mashina tuzish san’ati” demakdir) – jismlarning siljishlari va siljishlarda ular orasidagi o’zaro ta’sir haqidagi fan. Mexanika deganda, odatda, Nyutonning mexanika qonunlaridan iborat klassik Nyuton mexanikasi tushuniladi. Bu mexanika yorug’likning vakuumdagi tezligi(S) ga nisbatan kichik bo’lgan makroskopik jismlar haraktini o’rganadi.
Mexanikaning kinematika, dinamika, statika bo’limlari bor. Mexanikaning xulosalari amaliy fanlarda: mashina va mexanizmlar nazariyasi, qurilish mexanikasi, gidravlika, materiallar qarshiligi, kosmik uchish apparatlari va boshqa sohalarda qo’llaniladi.
2-topshiriq. Ajratilgan so’zlar lug’atini tuzing.
3-topshiriq. Matndagi fe’llarning tagiga chizing.



Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling