O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. Soliyev A. S
-Mavzu: Makroiqtisodiy salohiyat statistikasi
Download 5.39 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch atama va tushunchalar
- IV.Tashkiliy qism
7-Mavzu: Makroiqtisodiy salohiyat statistikasi.
Reja: 1.Makroiqtisodiy salohiyat, iqtisodiy salohiyat. 3.Tabiiy salohiyat, iellektual salohiyat aholining bilim saviyasi 4.Texnika-texnologiya salohiyat, meshnat salohiyati. 5.Ilmiy-ma’rifiy salohiyat. Tayanch atama va tushunchalar: Salohiyat statistika, potensial intellekt, ijodiy qobiliyat.iqtisodiy salohiyat, mehnat salohiyati, ilmiy – ma’rifiy salohiyat, tabiiy salohiyat, sosial ta’minot, boshqarish mudofaa. II. Dars jihozi: Ma’ruzalar matni, fotosuratlar jamlamasi, doska, bo’r. III.Dars maqsadi: Talabalarga salohiyat statistika, potensial intellekt, ijodiy qobiliyat.iqtisodiy salohiyat, mehnat salohiyati, ilmiy – ma’rifiy salohiyat, tabiiy salohiyat, sosial ta’minot, mutlaq qo’shimcha o’sish o’rtacha tortilgan arifmetik haqida ma’lumot berish. IV.Tashkiliy qism: Talabalar bilan salomlashib, navbatchi yordamida davomatni aniqlash, jahon yangiliklaridan so’rash, jurnal bilan ishlash. V. Yangi mavzu bayoni. [Biror bir mamlakat yoki region salohiyati deganda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy potensiali, uning qudrati, milliy boyligi tushuniladi. Sosial tushunchasi bevosita aholi, uning turmush tarzi va darajasi hamda intellektual salohiyati bilan bog’langan. Sosial salohiyat deganda aholi soni, tarkibi, dinamikasi va uning intellektual iqtidori tushuniladi. Intellektual salohiyat deganda aholining bilim saviyasi, ish tajribasi va mahorati, tadbirkorligi tushuniladi. Bu salohiyat aql-idrok, bilim va ijodiy qobiliyatdan tashkil topadi.] Uning tarkibiga ilmiy-texnikaviy g’oyalar va ishlanmalar ilmiy kashfiyotlar ham kiradi. [Iqtisodiy salohiyat – jamiyatning ishlab chiqara bilish qobiliyatidir. Bu qobiliyat ishlab chiqarish resurslari soni, miqdori va sifati bilan belgilanadi]. [Iqtisodiy salohiyat milliy boylikning asosiy qismini tashkil qiladi. Iqtisodiy salohiyatning to’rt xil unsuri mavjud. Texnika-texnologiya salohiyat. Mehnat salohiyati. Ilmiy-ma’rifiy salohiyat. Tabiiy salohiyat Texnika-texnologik salohiyat – bu mamlakatdagi asosiy fondlar, mashina – mexanizmlar soni, ularning tarkibi, texnikaviy darajasi va nihoyat texnologik tizimlar majmuasidir. Mehnat salohiyati – mamlakatdagi mehnatga layoqatli, bilim va malakaga, ishlab chiqara olish qobiliyatiga ega bo’lgan kishilar majmuasidir. Ilmiy – ma’rifiy- salohiyat – ilm-ma’rifatga xizmat qiluvchi xizmat qiluvchi inson resurslari, fan erishgan darajadir]. Uning uch asosiy unsuri mavjud: -jamlangan ilmiy ma’lumotlar, kashfiyotlar; -ilm-ma’rifat ahlining ilmiy-pedagogik va kasbiy mahorati hamda bilimdonligi; Ilm-ma’rifatning moddiy bazasi, ya’ni ilm-ma’rifat ixtiyoridagi moddiy resurslar kiradi. [Tabiiy salohiat-tabiiy resurslar, yer, suv zaxiralari, o’rmon, yer osti boyliklari, iqlim qulayliklari majmuasi]. O’rganilayotgan obyektga qarab iqtisodiy salohiyat ikki ko’rinishda bo’lishi mumkin: -makroiqtisodiy salohiyat; -mikroiqtisodiy salohiyat. Mikroiqtisodiy salohiyat – mamlakat yoki uning regionlaridagi iqtisodiy salohiyatdir. Mikroiqtisodiy salohiyat – korxona, tashkilot, firma, uy xo’jaligi ixtiyoridagi iqtisodiy salohiyatdir. Makroiqtisodiy statistika sosial salohiyatini o’rganishni aholi sonini o’rganishdan boshlaydi. Quyidagilar aholi sonini aniqlash manbai bo’lib hisoblanadi: -vaqti-vaqti bilan o’tkazilib turadigan aholi ro’yxati; -aholining tabiiy o’sishi yoki kamayishi bo’yicha ma’lumotlar. -aholining migrasiyasi bo’yicha ma’lumotlar. Aholini umumiy soni quyidagicha aniqlanadi: A=Ao+(TS-O’S)+(KLS-KTS) Bu yerda: Ao-Aholining yil boshidagi soni. TS-Joriy yilda tug’ilganlar soni. O’S-Joriy yilda o’lganlar soni. KLS-Joriy yilda kelganlar soni KTS-Joriy yilda ketganlar soni. Aholining o’rtacha sonini aniqlashda turlicha formulalar qo’llaniladi: 1. Faqatgina yilninn boshi va oxiridagi aholi soni keltirilgan bo’lsa, u holda aholining o’rtacha soni oddiy arifmetik formula yordamida hisoblanadi: Ā=Ao+A1 2 Bu yerda: Ā-aholining o’rtacha soni; Ao-aholining yil boshidagi soni; A1-aholining yil oxiridagi soni; 2. Agar axoli soni bir yil ichidagi oylar boshida teng intervallarda keltirilgan bo’lsa, u holda aholining o’rtacha soni o’rtacha xronologik formula yordamida hisoblanadi: Ā=1A1+A2+A3+…1 An 2 2 n-1 Agar aholi soni bir necha yillar boshida teng intervallarda keltirilgan bo’lib, jami yillar bo’yicha aholining o’rtacha sonini aniqlash lozim bo’lsa, bunday hollarda ham o’rtacha xronologik formuladan foydalaniladi. 3. Agar aholi soni bir yil ichidagi oylar bo’yicha teng bo’lmagan intervallarda keltirilgan bo’lsa, u holda aholining o’rtacha soni o’rtacha tortilgan arifmetik formula yordamida hisoblanadi. Ā=∑ Ā*t ∑ t Aholining qo’shimcha o’sish sur’atini ikki usulda aniqlash mumkin: - mutlaq qo’shimcha o’sish - nisbiy qo’shimcha o’sish. Mutalq qo’shimcha o’sish yoki kamayish aholining yil oxiridagi soni (A1)dan, uning yil boshidagi soni (Ao) ni ayirish yo’li bilan aniqlanadi: A=A1-Ao Nisbiy qo’shimcha o’sish yoki kamayish kii usulda aniqlanadi: -qo’shimcha o’sish yoki kamayish koeffisiyenti ko’rinishida -o’rtacha yillik o’sish yoki qo’shimcha o’sish koeffisiyenti ko’rinishida. Qo’shimcha o’sish kleffisiyenti (K1Ku) quyidagicha aniqlanadi: KKu=(A1-A0)=∆A Ao Ao O’rtacha yillik o’sish sur’ati o’rtacha geometrik formula yordamida aniqlanadi: Ka =n√k1.k2. k3. …kn ] O’rtacha yillik qo’shimcha o’sish (kamayish) sur’ati (∆KA) o’rtacha o’sish (kamayish) sur’atidan 100 sonini ayirish yo’li bilan aniqlanadi: ∆KA =KA-100 Iqtisodiyotning markazlashtirilgan rejalashtirish sharoitida xalq xo’jaligi tarmoqlari tasnifi amal qilib kelgan. Unga binoat barcha tarmoqlar ikkita soha bo’yicha guruhlangan: Ishlab chiqarish sohasi. - Sanoat; -Qishloq xo’jaligi; -O’rmon xo’jaligi; -Qurilish; -Savdo va tayyorlov tashkilotlari. -Moddiy texnika ta’minoti. 2. Noishlab chiqarish sohasi; -uy-joy kommunal xo’jaligi va aholiga maishiy xizmat ko’rsatish; -Sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sosial ta’minot; -Xalq ta’limi; -Madaniyat va san’at; -boshqarish; -Mudofaa; Xalq xo’jaligini bu tartibda guruhlash iqtisodiyotni ma’muriy buyruq bilan boshqarish sharoitida vujudga kelgan bo’lib; markazlashgan rejalashtirish uslubi va yalpi statistik kuzatishga asoslangan edi. Bunday tasnif bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera olmaydi. Chunki unga asoslanib: -Noishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilgan ijtimoiy xizmatni aniqlash; -Tarmoqlarni mulk shakllariga ajratib o’rganish; -Bozor infrastrukturasini statistik tahlil qilish; -Tadbirkorlikning yangi strukturasiga oid ko’pgina ko’rsatkichlarni aniqlash imkoniyati bo’lmaydi. Bu muammolar yechimini topishning eng muqobil yo’li xalqaro amaliyotda qabul qilingan milliy schyotlar tizimiga, xalq xo’jaligining sektorli-tarmoq ishsizlikni darajasi mehnat resurslaridan foydalanish darajasini tavsiflaydi. U quyidagi cha hisoblanadi: Kid =UC.100 MR Kid –ishsizlik darajasi UC-ishsizlar soni [Makroiqtisodiy statistika mehnat resurslari, iqtisodiy faol aholining tarkibini quyidagi atributiv (sifat) belgilar asosida guruhlab o’rganadi: -Mulkchilik shakllari bo’yicha; -Tarmoqlar bo’yicha; -Mashg’ulotlar bo’yicha; -Ijtimoiy guruhlar bo’yicha; -yoshi va jinsi bo’yicha; -Ma’lumoti bo’yicha; -hududlar bo’yicha; -Millati bo’yicha:] Mehnat resurslarini mulkchilik shakllari bo’yicha o’rganishda ularni asosan ikki guruhga, ya’ni: -davlat sektori -nodavlat sektorida band bo’lganlarga bo’lib o’rganiladi. Hozirgi vaqtda iqtisodiyotning nodavlat sektorida ish bilan bandlik hissasi 70% yetdi. Mehnat resurslarini tarmoqlar miqyosida o’rganish; -Mehnat taqsimotidagi qonuniyatlarni; -Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish yo’nalishini aniqlash imkoniyatini beradi. Qishloq xo’jaligi tarmog’ida band bo’lganlarning salmog’i juda ham yuqori bo’lsa, u holda mazkur mamlakat iqtisodiyoti agrar iqtisodiyot hisoblanadi. Agar bu salmoq uncha yuqori bo’lmasa, u holda mazkur mamlakat iqtisodiyoti agrar – industrial iqtisodiyot hisoblanadi. Agar qishloq xo’jaligi tarmog’ida band bo’lganlar salmog’i boshqa tarmoqlarda band bo’lganlar salmog’idan past bo’lsa, u holda mazkur mamlakat iqtisodiyoti industrial – agrar iqtisodiyot hisoblanadi. Sanoatda band bo’lganlarning salmog’i qishloq xo’jaligida band bo’lganlar salmog’idan yuqori bo’lsa, u holda mazkur. Download 5.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling