O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. Soliyev A. S
-MAVZU: IQTISODIY INDEKSLAR
Download 5.39 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.Tayanch atama va tushunchalar.
- IV.Tashkiliy qism
- Tadqiqot oldida turgan vazifalarga qarab quyidagi indekslar mavjud
10-MAVZU: IQTISODIY INDEKSLAR.
Reja: 1.Iqtisodiy indekslarning mohiyati va ularning va ularning vazifalari. 2.Individual (alohida) va agregat indekslar. 3.O’rtacha indekslar. O’zgaruvchan va o’zgarmas tarkibli tuzilmaviy siljishli indekslar. 4.Hududiy va o’zaro bog’langan indekslar. I.Tayanch atama va tushunchalar. Iqtisodiy indeks, individual indeks, agregat indeks, o’rtacha indeks, hududiy indeks, o’zaro bog’langan indeks, to’plam, tadqiqot, shartnoma, analitik joriy davr, bazis davr, ko’rsatkich Laspeysrli baho indeksi, umumiy indeks. II. Darsning jihozi: Ma’ruzalar matni darsliklar, o’quv majmua, testlar yozilgan kartochkalar, doska, bo’r. III. Darsninpg maqsadi: Talabalarga iqtisodiy indekslarning mohiyati, ularning vazifalari, individual indekslar, agregat indeks, o’rtacha indeks, hududiy indeks, o’zaro bog’langan indeks, to’plam, tadqiqot, shartnoma, analitik joriy davr, bazis davr, ko’rsatkich Laspeysrli baho indeksi, umumiy indekslar haqida ma’lumot berish. IV.Tashkiliy qism: Talabalar bilan salomlashib, navbatchi yordamida davomatni aniqlash, jahon yangiliklaridan so’rash, jurnal bilan ishlash. V. Yangi mavzu bayoni. Indeks so’zi lotincha «indes» atamasidan olingan bo’lib, belgi, ko’rsatkich degan ma’nolarni bildiradi. Indeks – bu murakkab iqtisodiy hodisalarning o’zgarishlarini foizlar hisobida umumlashtirib ifodalovchi ko’rsatkichdir. Indekslar ijtimoiy-iqtisodiy tahlillarda hodisalar o’zgarishlarini umumlashtirib ta’riflovchi qurol sifatida keng qo’llaniladi. Aynan shu xususiyatlari bilan ular nisbiy miqdorlardan farq qiladi. Indekslar yordamida turli xildagi quyidagi masalalar yechiladi: -Murakkab to’plamlarning ikki va undan ortiq davrlar ichida o’rtacha o’zgarishi aniqlanadi; -Murakkab to’plamlar bo’yicha shartnoma va davlat buyurtmalarining o’rtacha bajarilish darajasi hisoblanadi; -Murakkab to’plamlarning turli obyekt yoki xududlar miqyosidagi o’zaro nisbatlari aniqlanadi; -Murakkab to’plamlar o’rtasidagi bog’lanish kuchi va ularga ta’sir etuvchi omillarning roli aniqlanadi; Tadqiqot oldida turgan vazifalarga qarab quyidagi indekslar mavjud: -Dinamika indekslar. -Shartnoma va davlat buyurtmalarining bajarilishi indekslari. -O’zgaruvchan va o’zgarmas tarkibli, tuzilmaviy siljishlar indekslari. -Hududiy indekslar. -Analitik indekslar. Dinamika indekslari ikki va undan ortiq davrlar ichida o’rganilayotgan hodisalarning haqiqatda qanday o’zgarishini ifodalaydi. Shartnoma va davlat buyurtmalari bajarilishi indekslari, 1chidan korxona bilan korxona o’rtasidagi shartnomalarning, 2chidan korxonalar tomonidan davlat buyurtmalarining haqiqatda qay darajada bajarilganini belgilaydi. Hududiy indekslar turli obyekt yoki xududlarga tegishli iqtisodiy hodisalarning o’zaro nisbatini ko’rsatadi. Analitik indekslar yordamida turli unsurlardan tashkil topgan murakkab iqtisodiy hodisalarning umumiy o’zgarishlari, ularning shakllanishida ayrim omillarning roli aniqlanadi. Indekslarni hisoblashda ikkita davr qatnashadi: -joriy davr -bazis davr. Indekslarni tuzishda quyidagi shartli belgilar qo’llaniladi:
Laspeyrs baho indeksi misolida agregat indekslarga asos soldi. Hozirgi kunda Noashe indekslari hisoblash uchun qabul qilingan. [Mavjud ma’lumotlar asosida agregat indekslarni hisoblash imkoniyati bo’lmagan hollarda o’rtacha indekslar qo’llaniladi. Murakkab iqtisodiy hodisalarning hududlar bo’yicha hisoblangan ko’rsatkichlar nisbati statistikada hududiy indekslar deb yuritiladi.] Hududiy indekslar alohida va umumiy ko’rinishda bo’ladi. Alohida hududiy indekslar ko’rsatkichning hududlar bo’yicha bo’lgan nisbatini tavsiflaydi.] A V M: Baho indeksi RA RB ip = pA PB Tannarx indeks SA SA icA=SA SB [O’zaro bog’langan indekkslar yordamida hodisalar o’rtasidagi bog’lanishni, natijaviy belgining umumiy o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar kuchini tahlil qilish imkoniyati tug’iladi.] Shahar dehqon bozorida sotilgan olmagan narxi oktyabr oyida 110 so’mni noyabr oyida esa 130 so’mni tashkil etgan. Baho indeksini aniqlang: ip =pi : po ip =130 = 1,182 yoki 118,2 % (+18,2%) 110 Demak noyabr oyiga kelib oktyabr oyidagiga nisbatan olmaning narxi 18/,2 % ga oshgan.
Tovar oboroti indeksini aniqlaymiz. Ipq =∑p1 q1 = 1400*400+800*1500+160*280 = ∑po qo 1200*500+600*1800+100*300 =560000+120000+44800=724800 =o,982 yoki 98,2% (-4,8%) 600000+108000+30000 738000 Demak tovar oboroti joriy davrga kelib, bazis davriga nisbatan 1,8% ga pasaygan. Narx o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun narx umumiy indeksi hisoblanadi: Ipq =∑p1 q1 = 1400*400+800*1500+160*280 = ∑po q1 1200*400+600*1500+100*280 =560000+120000+44800=724800 =1,212 yoki 121,2% (+21,2%) 480000+90000+28000 598000 Mahsulot tannarxini umumiy indeksini agregat formula yordamida hisoblang? 105,6 Mahs.turi. Mah.birligi. Tannarxi. Bazis Joriy Joriy davrda ish.chiq.mah. 55,3 58,4 15,4 62,1 64,2 12,6 It =∑p1 q1 ∑po q1 Indekslar murakkab hodisaning ayrim unsurlari uchun ham, umumiy murakkab hodisa uchun ham hisoblanishi mumkin. Shunga qarab ular alohida va umumiy indekslarga bo’linadi. Alohida indekslar mohiyati jihatidan dinamika nisbiy miqdorlariga yaqin b/b o’rganilayotgan hodisa yo miqdorini, yo bahosini vaqt ichida o’zgarishini ifodalaydi. Amaliyotda asosan quyidagi alohida indekslar qo’llaniladi:
Agregat indekslar turli xildagi unsurlardan tuzilgan murakkab iqtisodiy hodisalarning o’rganilayotgan davrlar ichida o’rtacha o’zgarishini ta’riflaydi. Amaliyotda quyidagi agregat indekslar qo’llaniladi: 1. Miqdor indeksi Iq =∑q1 po ∑q1 po 2. Baho indeksi Ip =∑ro r1 ∑ro r1 3. Tannarx indeksi Is =∑c1 q1 ∑co q1 4. Vaqt sar. Indeksi It =∑to q1 ∑t1 q1 5. Xarajat indeksi Iqs =∑q1s1 ∑qo co 6.Tovar, oborot qiymat indeksi Iqp =∑q1 p1 ∑qopo Download 5.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling