O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. Soliyev A. S
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari
Download 5.39 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. O’quv fanini o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari
Statistik ko’rsatkich tushunchasi, namoyon bo’lish shakllari va turlari. Dinamik qatorlarni qayta ishlashning tahliliy usullari. Tanlamaing zaruriy miqdorini aniqlash: tanlash usuli va tarxi. Hodisalar va statistik ko’rsatkichlar o’rtasidagi aloqalar. Tadqiqotlarning noparametrik usullari aniqligini baholash. Milliy schetlar tizimi (MST): asosiy tushunchalar, kontseptsiyalar va ta`riflar. Aholi statistik tadqiqot ob`ekti sifatida. Aholi migratsiyasini statistik o’rganish. Ishsizlik statistikasining maqsadi va vazifalari. Aholi real daromadlari, ish haqi miqdori, tarkibi va o’zgarishini statistik o’rganish. Aholi harajatlari va iste`molining asosiy yo’nalishlarini statistik tahlil etish. Mustaqillik yillarida O’zbekiston aholisi daromadlari tarkibining o’zgarishi. Jamiyat ahloqini tavsiflovchi jarayonlar haqida axborotlar manbai. Davlat va nodavlat muassasalarining joriy statistik hisobotlari. Aholi daromadlarining differentsiatsiyalashuvi, kambag’allik darajasi va chegarasini o’rganish usullari. Aholi turmush darajasini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar. Izoh: Fan ishchi dasturini shakllantirish jarayonida mustaqil o’zlashtirish shart bo’lgan mavzular ro’yxati mazkur ruyxat asosida bulgialab olinadi. 1. O’quv fanini o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar Ijtimoiy ishda «ijtimoiy statistika» fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: ijtimoiy statistika fanining ob`ekti, ijtimoiy statistikaning nazariy asoslari, ijtimoiy statistikada vujudga keluvchi muammolar, statistik tahlildan foydalanish muammolari tasnifi, statistik masalalarni tuzish muammolari, ijtimoiy statistika tushunchasini aniqlashdagi yondashuvlar haqida tasavvurga ega bo’lishi;, statistik ko’rsatkichlar tizimini, ko’rsatkichlarni turlari va klassifikatsiyalarini, statistik kuzatish va uning bosqichlarini, svodkalash va guruhlashni, variatsion katorlarda o’rtacha miqdorni hisoblash usullarini, o’rtacha miqdorlar ko’rsatkichlarini aniqlashni bilishi va ulardan foydalana olishi. Ijtimoiy statistika fanining o’ziga xos tushunchalari, ijtimoiy statistika atamalari, shakllanish va rivojlanish yo’nalishlari, har xil daromadli oilalar iste`moli hajmi va tarkibini hisoblashni, bugungi ahvoli va istiqboli xususida statistik tahlil qilish, ijtimoiy hodisalar bilan bog’liq statistik muammolar va jarayonlarni bilishi hamda mustaqil tahlil qila olish, ijtimoiy hodisalar o’rtasidagi bog’liqlikni statistik tahlil qila olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. Download 5.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling