O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. Soliyev A. S
Seminar mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Download 5.39 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Seminar mashg’ulotlari mavzulari
- Izoh
Seminar mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Seminar mashg’ulotlarida talabalar o’tilgan mavzular bo’yicha o’zlaridagi bilim va ko’nikmalari hamda malakalarini amaliy jihatdan mustahkamlab boradilar. Seminar mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda darslik va uslubiy qo’llanmalar asosida bilimlarni mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, mavzular bo’yicha ko’rgazmali o’quv vositalarni tayyorlash tavsiya etiladi. Seminar mashg’ulotlari mavzulari: Ijtimoiy ishda statistikaning nazariy asoslari Ijtimoiy statistika ko’rsatkichlari tizimi Statistik kuzatish ijtimoiy ishning usuli sifatida Ijtimoiy ishda svodkalash va guruhlashni qo’llash Ijtimoiy statistikada indekslar va ularni qo’llash Ijtimoiy statistikada o’rtacha miqdorlar va variatsiya ko’rsatkichlari Ijtimoiy statistikada dinamik qatorlar Ijtimoiy hodisalar o’rtasidagi bog’liqlikni statistik o’rganish Ijtimoiy ishda aholi statistikasi Ijtimoiy jarayonlar statistikasi Ijtimoiy ishda mehnat bozori statistikasi Aholi turmush darajasi statistikasi Aholi salomatligi statistikasi Aholining ijtimoiy tarkibi, shaxs, oila va mehnat jamoasi statistikasi Aholining bo’sh vaqti va uning sarflanishi Aholining turmush tarzi va turmush daraj Ahloqiy statistika Ta`lim statistikasi Izoh: Talabalar mana shu mavzularning kamida 10 tasini bajarishi kerak. Mustaqil ta`limni tashkil etishning shakli va mazmuni Mustaqilta`limquyidagi shakllarda tashkil etiladi:Ta`lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni, o’qitishning interfaol usullarini qo’llash talaba tomondan mustaqil tanlanadi. Talabalarning mustaqil ta`limini tashkil etish tizimli tarzda, ya`ni uzluksiz va uzviy ravishda amalga oshiriladi. Talaba olgan nazariy bilimini mustahkamlash, shu bilan birga navbatdagi yangi mavzuni puxta o’zlashtirishi uchun mustaqil ravishda tayyorgarlik ko’rishi kerak. mavzularni normativ-huquqiy hujjatlar va o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish; mavzular bo’yicha referat tayyorlash; seminar va amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish; ilmiy maqola va tezislarni tayyorlash; fanning dolzarb muammolarini qamrab oluvchi loyihalar tayyorlash; nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash; amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topish; o’rganilayotgan mavzu bo’yicha asosiy ilmiy adabiyotlarga annotatsiya yozish va boshqalar. Download 5.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling