O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. Soliyev A. S


Download 5.39 Mb.
bet10/84
Sana11.11.2023
Hajmi5.39 Mb.
#1765656
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   84
2. Ma`ruza mashg’ulotlari
Ijtimoiy ishda statistikaning nazariy asoslari. Ijtimoiy statistikaning kelib chiqishi va taraqqiyot bosqichlari. Ijtimoiy statistikaning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy statistikaning va axborot. Ma`lumotlar va ularning turlari. Hisobot va statistika. Statistik hisob turlari: operativ—texnika, buxgalteriya va statistik. Statistik qonuniyatlar va qonunlar. Ijtimoiy statistikaning qonunlari tabiati. Ijtimoiy statistikaning ko’rsatkichlari. To’plam. To’plam birligi, belgisi, variatsiya va variant. Ijtimoiy statistika fanining tabaqalanishi. Statistika usullari: klassifikatsiyalash, svodkalash, guruxlash, turli umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni hisoblash va grafiklarni tuzish. Jadvallar tuzish.
Ijtimoiy statistika ko’rsatkichlari tizimi. Ijtimoiy statistikaning ko’rsatkichi. Ijtimoiy statistika ko’rsatkichlari ahamiyati va vazifalari. Ijtimoiy statistika ko’rsatkichlari tizimi. Ko’rsatkichlarning turlari va klassifikatsiyalari. Statistik ko’rsatkichlarning asosiy belgilari. Xatolar. Absolyut, nisbiy va o’rtacha mikdorlar. Ko’rsatkichlarning o’zaro bog’likligi. Hodisa va jarayonlar o’rtasidagi bog’liklik. Tushunchalarning tarkibiy qismlarini ajratish. Iktisodiy statistikaning asosiy makroko’rsatkichlari. Korxonalar faoliyatining mikroko’rsatkichlari. Atrof muxitni baxolovchi ko’rsatkichlar. Ijtimoiy statistika ko’rsatkichlar tizimining rivojlanishi.
Statistik kuzatish ijtimoiy ishning usuli sifatida. Ijtimoiy ishda statistik ma`lumotlar tushunchasi va manbalari. Ijtimoiy ishda statistik kuzatish va uning bosqichlari. Ijtimoiy ishda statistik kuzatish turlari, ko’rinishlari va shakllari. Ma`lumotlarni to’plash va qayta ishlash usullari. Statistik kuzatishni tashkil etish. Statistik kuzatish rejalari va qoidalari. Kuzatish ob`ekti, sub`ekti va birligi. TSenz. Umumiy va tanlanma kuzatish. Bosh va tanlanma umumlashtirish. Reprezentativlik. To’plam birliklarini tanlash qoidalari. To’plamni shakllantirish usullari. Tanlash turlari: individual, mexanik, stratifitsirovanlashgan, takroriy va notakroriy. Tanlanma kuzatish xatolari. Tanlash xatolarini aniqlash. Tanlanmani etarli miqdorini aniqlash. Baxolarni bosh to’plamga taqsimlash.
Ijtimoiy ishda svodkalash va guruhlashni qo’llash. Ijtimoiy statistikada klassifikatsiyalash va guruhlash. Svodkalash. Svodkalash boskichlari. Hisobot materiallarini guruhlashni xususiyatlari va maxsus tashkil etilgan kuzatish. Klassifikator. Ijtimoiy statistikadagi asosiy klassifikatsiyalashlar. Ob`ektlarni aniq sinflarga bo’lish. Nomenklatura. Guruhlashlar. Guruhlashlarni asosiy turlari. Guruhlashning belgilari. Guruhlashning belgilarini tanlash. Guruhlar miqdorini aniqlash. Guruhlash oraliqlari. Atribut va miqdoriy belgilar bo’yicha guruhlash. Qayta guruhlash. Guruhlash turlari: tipologiya, tuzilmaviy va analitik. Muhim iqtisodiy guruhlash va klassifikatsiyalashlar. Hududiy va tarmoq guruhlashlari. Taqsimlash qatorlari va turlari. Taqsimlash qatorlarini grafik tasvirlash. Statistik hodisalarni grafik usulida o’rganish. Grafik turlari va elementlari. Grafik tuzish usullari va undan foydalanish. Jadvallar va jadval tuzish qoidalari. Jadvalda ega va kesimni aniklash. Jadval tuzish tamoyillari.
Ijtimoiy statistikada indekslar va ularni qo’llash. Ijtimoiy statistikada indeks tushunchasi. Indeks mohiyati. Indekslashtirilayotgan miqdorlar. Indekslar vazni. Joriy va bazis miqdorlari .Individual va yig’ma indekslar. Natijaviy va omilli ko’rsatkichlar. Indekslashtirilayotgan miqdorlarni o’lchash muammolari. Agregat indekslar. O’rtacha indekslar: tortilgan, o’rtacha garmonik na o’rtacha indekslar: doimiy va o’zgaruvchan vaznli borliqlig’i. Tarkibiy siljishlar indeksi. Hududiy indekslar: vaznni tanlash muammosi va indekslarni hisoblash misollari: o’rtacha oddiy, o’rtacha geometrik. Zanjirli indekslarning o’zaro bog’liqligi. Tarkibiy siljishlar indeksi. Hududiy indekslar: vaznni tanlash muammosi va indeksni hisoblash misollari.
Ijtimoiy statistikada o’rtacha miqdorlar va variatsiya ko’rsatkichlari. Ijtimoiy statistikada o’rtacha miqdorlar ko’rsatkichlar. O’rtacha moxiyati va ahamiyati. O’rtacha va nisbiy miqdorlar usuli. Umumiy va xususiy o’rtachalar. O’rtachalar o’rtasidagi bog’liklik. O’rtacha mikdorlarning kamchiliklari. Ijtimoiy statistikada o’rtacha mnqdorlarning asosiy turlari va shakllari. O’rtacha arifmetik va uni xususiyatlari. O’rtacha garmonik, o’rtacha geometrik va boshka o’rtacha mikdorlar. O’rtacha shakllarni tanlash. O’rtacha mikdorlarni tanlash tamoiillari. Moda va mediana. Variatsiya. Ijtimoiy—iqtisodiy jarayonlar belgilarining variatsiyasi sabablari. Ijtimoiy statistikada variatspon qator (variatsiya turlari). Variatsion qatorlar xarakteristikasi: variatsion kenglik, o’rtacha mutlok tafovut, dispertsiya, o’rtacha kvadratik tafovut. Variatsiya koeffitsenti. Dispersiya turlari. Ijtimoiy statistikada variatsion katorlarda o’rtacha miqdorni hisoblash usullari.
Ijtimoiy statistikada dinamik qatorlar. Ijtimoiy statistikada dinamik qatorlar tushunchasi va turlari. Ma`lumotlarni taqqoslanishi va ma`lumotlarni taqqoslash shakliga keltirish usullari. Dinamik qatorlarni tuzishning asosiy qoidalari. Dinamik qatorlarning statistik ko’rsatkichlari. Qatorlarning o’rtacha darajasi. Mutlaq nisbatan o’sish. O’sish sur`atlari. Nisbatan o’sish sur`atlari. Ijtimoiy statistikada dinamik qatorlarni taxlil qilish usullari. Dinamik qatorlarni qayta ishlashning tahliliy usullari. Barqarorlik va tebranish. Dinamik qatorda trendlar. Trend turlari. Qatorda trendni tekshirish: oraliq, tebranuvchan va seriyali usul, Koks va Styuart mezonlaridan foydalanish. Tekislash. Oraliqlarni yiriklashtirish. Sirg’aluvchi o’rtachalar. Analitik tekislash. Mavsumiy tebranishlar tahlili. Mavsumiy tebranish to’lqinlarini o’lchash usullari. Dinamik qatorlarning o’zaro bog’liqligini tahlil qilish. Ijtimoiy statistikada avtokorrelyatsiya va uni yo’qotish.
Ijtimoiy hodisalar o’rtasidagi bog’liqlikni statistik o’rganish. Hodisalar va statistik ko’rsatkichlar o’rtasidagi aloqalar. alokalarni turlari va shakllari. Hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlar turlari va shakllari. Aloqalarni statistik o’rganish vazifalari. Sifatli tahlil axamiyati. O’zaro aloqalarni o’rganish usullari: korrelyatsion taxlil, balans usuli va boshqalar. Korrelyatsiya turlari. Juft va kup sonli korrelatsiyani qo’llash. Regression tahlil. Korrelatsion tahlilni qo’llashning asosiy shartlari. Juft va ko’psonli regressiya. Regressiyani tekislash. elastiklik koeffitsentlari. Parametrik va noparametrik aloqalarni o’rganish usullari. Korrelyatsion-regression tahlil natijalarini baholash. Tadqiqotlariing noparametrik usullari aniqligini baholash.
Ijtimoiy ishda aholi statistikasi. Axoli statistik tadqiqot ob`ekti sifatida. Aholini xarakterlovchi ma`lumotlar. Aholishunoslik qonunlari. Aholini o’rganish vazifalari. Aholi tarkibi, soni va joylashuvini aniqlash usullari. Hududlar bo’yicha aholi soni, tarkibi va joylashuvi. Doimiy va mavjud aholi kategoriyasi. Demografik jarayonlar. Axoli xarakati: tabiiy va mexanik. Tug’ilish, o’lish va tabiiy o’sish ko’rsatkichlari. Aholi migratsiyasini o’rganish. Migratsiya turlari. Aholining kelajakdagi sonini hisoblash. Aholi harakati istiqbollari, uni tarkibi va joylashuvining o’zgarishi.
Ijtimoiy jarayonlar statistikasi. Ijtimoiy jarayonlar statistikasi predmeti va usullari. Ijtimoiy jarayonlarning axborot manbalari. Ijtimoiy jarayonlar ko’rsatkichlari tizimi. Ijtimoiy jarayonlar stistikasi rivojlanishi muammolari.
Ijtimoiy ishda mehnat bozori statistikasi. Ijtimoiy ishda mehnat bozori statistikasi mazmuni va vazifalari. Mehnat resurslari. Ishchi kuchi. Mehnat resurslariiing yoshi, jinsi va boshqa belgilari bo’yicha tarkibi. Bandlik va ishsizlik. Axolini bandlik maqomi va bandligi bo’yicha klassifikatsiyalash. Mehnatda band bo’lganlarni tarmoqlar, mashg’ulot turlari va daromadlar manbaiga qarab guruhlanishi. Band bo’lgan shaxslar soni va tarkibini aniqlash. Mehnat resurslari balansi. Ishchi kuchi miqdori va harakati ko’rsatkichlari. Ishchi kuchi balansi. Ishchi kuchi qo’nimsizligi. Axolini bandlik va ishga joylashish ko’rsatkichlari. Imkoniyati cheklanganlar bandligi muammolari. Ish vaqti va undan foydalanish. Ish vaqti fondi. Ish vaqti balansi. Ish vaqtidan foydalanish va yo’qotish ko’rsatkichlari. Mehnat kelishmovchiliklari statistikasi.
Ish xaqi va ishchi kuchi xarajatlari statistikasi. Ish xaqi fondi tarkibi, shakllanishi va undan foydalanish. O’rtacha ish xaqi darajasi va o’zgarishi ko’rsatkichlari. Ish xaqi va uning o’zgarishiga ta`sir etuvchi omillar tahlili. Ish kuchi xarajatlari statistikasi. Mehnat muhofazasi. Ijtimoiy ishda mehnat sharoiti. Ijtimoiy ishda kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish.
Aholi turmush darajasi statistikasi. Axoli turmush darajasi ko’rsatkichlari tizimi haqida umumiy tasavvur. Aholi real daromadlari, ish xaqi mikdori, tarkibi va o’zgarishini statistik o’rganish. Aholi xarajatlari va iste`molipmng asosiy yo’nalishlarini statistik tahlil etish. Nominal ish xaqi, uni darajasi va uzgarishi. Hayot qiymati indeksi. Narxlarning o’zgarishi va uni yashash darajasigi ta`siri. Axoli daromadlarining boshqa manbalari. Aholi daromadlari tarkibi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston axolisidaromadlari tarkibining o’zgarishi. Aholi xarajatlari va moddiy nematlar va iste’moli darajasini statistik o’rganishniig asosiy yo’nalishlari.
Iste`mol savati va uni hisoblash usullari. Iste`mol byudjeti: minimal, o’rtacha va haqiqiy. Jamg’arilgan boylik va aholining uy—joy bilan ta`minlanganlik ko’rsatkichlari. Aholi daromadlarining differentsiatsiyalashuvi, kambag’allik darajasi va chegarasini o’rganish usullari. Aholi turmush darajasini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar. O’zbekiston aholisining ijtimoiy jihatdan stratifikatsiyalashuvi.
Aholi salomatligi statistikasi. Aholi salomatligi statistikasi predmeti. Aholi salomatligini o’rganish uchun axborot manbalari. Aholi salomatligi statistikasi ko’rsatkichlaritizimi: aholi kasallanishlarining asosiy kasallik guruhlari bo’yicha, onalar kasalliklari va o’limi, 14 yoshgacha bo’lgan bolalar va o’smirlar kasalliklari va o’limi, chaqaloqlari o’limi, kasbiy kasalliklar va nogironlik darajasi, aholi salomatligini baholash ko’rsatkichlari, umr davomiyligi va uning prognozi, sog’lom turmush davomiyligi. Sog’liqni saqlash tizimi va tibbiy xizmatlar rivojlanishi ko’rsatkichlari.
Aholining ijtimoiy tarkibi, shaxs, oila va mehnat jamoasi statistikasi. Bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida aholining ijtimoiy tarkibining differentsiatsiyasini statistik o’rganishning ahamiyati. Aholining ijtimoiy tarkibi dinamikasi. Bozor munosabatlari rivojlana borgan sari aholining tarkibini o’zgarishi. Aholining guruhlari orasidagi tafovutini statistik o’rganish. SHahar va qishloq aholisi tafovuti. Jismoniy va aqliy mehnat bilan band bo’lgan aholi tafovuti. Aholining daromadlari va iste`mol darajasi bo’yicha tafovuti. Aholining yashash sharoitlari bo’yicha tafovuti. Oila va shaxsning statistik o’rganishning ahamiyati va vazifalari. SHaxs ijtimoiy munosabatlarining ob`ekti va sub`ekti. Ijtimoiy munosabatlarning shaxs rivojlanishiga ta`sirini statistik o’rganish.
SHaxs iste`mol darajasini va ushbu darajaning qondirilishini statistik o’rganish. Oila jamiyatining birlamchi bo’linmasi, oilalar soni, tarkibini statistik o’rganish. Oilalarni rivojlanishiga ta`sir etuvchi omillar. Bozor munosabatlari sharoitida davlatni oilalarga yordam berishi. Kam ta`minlangan oilalar ijtimoiy statistikasi. Oila va shaxsni o’rganishda maxsus kuzatishlarni o’tkazish. Oila va uning iqtisodiy, madaniy, maishiy va ma`naviy ahvoli to’g’risidagi ma`lumotlar manbai va ularning tahlil qilish yo’llari.
Ijtimoiy xizmat mehnat jamoasini statistik o’rganishning ahamiyati va vazifalari. Mehnat jamoasini iqtisodiyotni boshqarishda qatnashishini ifodalovchi statistik ko’rsatkichlar. Mehnat jamoalari to’g’risidagi ma`lumotlar manbai va ularni statistik tahlil qilishning asosiy yo’nalishlari.
Aholining bo’sh vaqti va uning sarflanishi. Aholini bo’sh vaqtini statistik o’rganishning ahamiyati va vazifalari. Konstitutsiya aholining dam olish huquqlari haqida. Ish vaqtini qisqartirishni iqtisodiy asoslari. Aholi vaqti fondi va uning tarkibi. SHahar va qishloq aholisining vaqt byudjeti va uning ko’rsatkichlari. Aholining bo’sh vaqtidan foydalanishini ifodalovchi ko’rsatkichlar. Bozor munosabatlarining rivojlanishini aholining vaqt byudjetiga ta`siri. Aholining ishdan bo’sh vaqtini sarflashi to’g’risida alohida ijtimoiy guruhlar, shahar va qishloq aholisi bo’yicha farqini o’rganish.
Aholining turmush tarzi va turmush darajasiAholining turmush darajasini ifodalovchi statistik ko’rsatkichlar tizimi. Aholining moddiy va ma`naviy turmush darajasini ifodalovchi statistik ko’rsatkichlar tizimi. Aholining madaniy turmush darajasini ifodalovchi statistik ko’rsatkichlar tizimi. Aholining ehtiyojlari asosida “Iste`mol savatchasini” aniqlash va eng kichik ehtiyojlar miqdorini hisoblash. Xar xil daromadli oilalar iste`moli hajmi va tarkibini hisoblash. Xar xil daromadli oilalar, shahar va qishloq aholisi, xar xil ijtimoiy guruhlar turmush darajasi o’rtasidagi tafovutlar. Inflyatsiyaning turmush darajasiga salbiy ta`siri va uni statistik o’rganish. Iste`mol tovarlari indekslari va ularning aholi turmush darajasiga ta`siri. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini aholi turmush darajasiga ta`siri.
Ahloqiy statistika. Ahloqiy statistika predmeti. Jamiyat ahloqini tavsiflovchi jarayonlar haqida axborotlar manbai. Ahloqiy statistika ko’rsatkichlari tizimi. Jinoyatlar va huquqbuzarliklar ko’rsatkichlari. Jinoiy statistika ko’rsatkichlari. Jinoyatchilar soni ko’rsatkichlari. Qamoq jazosini o’tayotganlar va oqlanganlar soni ko’rsatkichlari. Ma`muriy va fuqarolik qonunbuzarliklar. Ijobiy holatlar: sponsorlik, donorlik, vasiylik. Ahloqiy statistika muammolari.
Ta`lim statistikasi. Ta`lim statistikasi ko’rsatkichlari tizimi. Ta`lim statistikasi vazifalari. Ijtimoiy ish xodimlarini o’qitish statistikasi. Jamiyat ma`lumotlilik salohiyatini o’rganish uchun ma`lumotlar manbai. Aholi ro’yxati. Davlat va nodavlat muassasalarining joriy statistik hisobotlari. Aholi ma`lumoti darajasi dinamikasi. Ta`lim statistikasi muammolari.






Download 5.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling